11
issiqqa va sovuqqa chidamli. Mevasining ta’m va tovar sifatlari yaxshi, asosan erta
va o‘rta pishar navlardir.
Qayd etilgan olmaning madaniy navlari guruhlaridan yangi nav olishda
birlamchi material sifatida foydalanish mumkin. Yangi nav olishda olmaning
yovvoyi guruhlaridan ham keng foydalanish zarur. Ular ham zamonaviy nav uchun
zarur bo‘lgan muhim xo‘jalik belgilariga ega.
Respublikamiz olma navlari
majmuini yaxshilash, yangi navlar ishlab chiqarish va chet el seleksiyasining eng
yaxshi navlarini introduksiya qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Respublikamizda olma seleksiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan
iborat:
erta yoz muddatlarida (iyun) pishadigan, ho‘l va qayta ishlangan holda
iste’mol etishga yaroqli;
kech kuzda (oktabr) pishadigan, mevalari ho‘l holda kamida 150-200 kun
saqlanadigan;
mevalarining o‘rtacha og‘irligi 150-200 g. keladigan vitaminlarga,
mikroelementlar va biologik faol moddalarga boy, ta’m va tovar sifatlari yuqori
(4-5 ball) bo‘lgan;
respublikamizning barcha iqlim va ekologik sharoitlariga moslashgan,
Renet Simirenko va Oq Rozmarin tipidagi navlar;
asosiy kasalliklarga, vegetatsiya va tinim davrida stress omillarga
(qurg‘oqchilikka, issiqqa, past haroratlarga) chidamli;
sug‘orish, o‘g‘itlash va boshqa agrotexnik tadbirlarga sezgir;
shox-shabbalari kichik, mexanizatsiya, shakl berish va hosilni terish
uchun qulay bo‘lgan, kuchsiz o‘suvchi, spur tipidagi hosil beruvchi;
kech gullaydigan, o‘zini-o‘zi changlaydigan, muntazam hosil beruvchi
navlar ishlab chiqarish kerak.
Olma seleksiyasida navlar aro va turlar aro chatishtirish ko‘proq qo‘llaniladi.
Geografik jihatdan uzoq joylashgan, ya’ni har xil ekologik sharoitlarda
shakllangan ota-ona juftlarini chatishtirish eng yaxshi natijalar beradi. Geografik
jihatdan uzoq joylashgan ota-ona juftlarini tanlashda zamonaviy chet el navlaridan
12
foydalanish kerak. Ular ko‘pchiligi kuchsiz o‘suvchi, shox-shabbalari kichik va
spur tipida hosil beruvchi navlar jumlasiga kiradi.
Shuning uchun mahalliy
navlarni G‘arbiy Yevropa va Amerika navlari bilan chatishtirish kerak. Mahalliy
tez hosilga kiruvchi, kuchsiz o‘suvchi navlarni introduksiya qilingan spur tipidagi
navlar bilan; mevalari qishda yaxshi saqlanadigan mahalliy navlarni eng yaxshi
chet el qishki navlari bilan; seleksiyada chet el
navlaridan foydalanilganda
retsipron chatishtirish tavsiya etiladi.
Chatishtirish natijasida olingan duragay urug‘larini saqlash, ekish, nihollarni
o‘stirish, tanlash, sinash va eng istiqbolli nihollarni ko‘paytirish, hamda nav sinash
hay’atiga topshirish umumiy qabul qilingan qoidalar asosida bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: