11
Сб. исследования по истории народов Востока. - М.-Л., 1960. -
С.238.
84 Султанов Т. Памятники исторической литературы Средней Азии и Восточного
Туркестана XV - XIX вв: Дисс... локт. ист. наук. - Л., 1988. - С. 3 92.
170
devon hisob-kitoblarini yaxshi bilar edilar. Chingizxon sulolasi
davrida Movarounnahr, Xuroson, Eronda devon va mahkama
xodimlarining barchasi uyg‘urlardan edi. U yg‘ur harfi bilan
hujjat
to‘ldiradigan
Turkiston
xonlarining
kotiblari
va
amaldorlariga nisbatan
asl
m a’nosi
budda
ruhoniylarini
anglatuvchi “baxshi” (sanskritcha “bxikshu”) istilosi qo‘llanardi.
V.V.Bartoldning taxminicha, “mazkur kotiblar chig‘atoy xonlari
dargohida musulmon madaniyati vakillaridan ko ‘ra taxtga
yaqinroq turganlar va tarixiy voqealarni zikr etib borish
tamoman ularning qo ‘llarida bo‘lgan”.85 Tarixchi olim Chin
gizxon davrida butparast uyg‘urlar dini jihatidan m o‘g ‘ullarga,
tili jihatidan esa Markaziy Osiyo xalqlariga yaqin bo‘lganliklari
uchun m o‘g ‘ul xonlari ulardan unumli foydalanganlar va
tabiiyki, uyg‘urlar musulmonlardan ko ‘ra m o‘g ‘ullarga yaqinroq
hisoblanganlar, deb xulosa chiqaradi. M o‘g ‘ullar istilosining
dastlabki davrlarida balki shunday bo‘lgandir. Jahongir Amir
Temur
K o‘ragonning
tarixi
yoritilgan
“Zafarnoma”da
Sharafiddin Ali Yazdiy yozuv-chizuv ishlarini olib boruvchi
kishilami “baxshiyoni turk” deb atagan.86 Bundan m a’lum
bo‘iadiki, Temur saroyida yozuv-chizuvlami asosan o ‘zbek
kotiblari olib borishgan. Biroq kotib o‘rnida “baxshi” so‘zini
ishlatish m o‘g‘ul xonlaridan an ’ana boMib qolgani sababli har
ikki istiloh bir ma’noda qo‘llangan. Demak, Temur davrida
kotiblarning baxshi nomi bilan atalishiga an’ana deb qarasak,
unda M irzo Haydar Navoiyni “uyg‘ur baxshilaridan” deb
atayotganida
uning
millatini
emas,
balki
ajdodi
saroy
kotlblaridan demoqchiligi m a’lum boTadi.
Endi Mirzo Haydarning Navoiy nasabini saroy
kotiblariga olib borib taqashi qay darajada haqiqatni
ifodalashi
masalasiga
e’tibomi
qaratsak.
“Temur
tuzuklarida”da kotib- yozuvchilar haqida ba’zi gaplar
mavjud. Masalan, Temur farzandlariga bir guruh kishilardan
85
Султанов Т. Памятники исторической литературы. - С. 104 - 105.
86 Шарафиддин Али Яздий. Зафарнома. К^лёзма. УзРФА ШИ, инв. №4472. 996-варак.
171
iborat yozuvchilar tayinlashni, ular majlislarda belgilangan
ishlar, tadbirlar, muhim masalalami voqea-tafsilotlari bilan
yozib borishlarini, hukmdor chiqargan hukmu farmonlarni
batafsil qalamga olib, sultonning voqea dal'tariga yozib
borishlarini, saltanat oshxonalarining har birida yozuvchilar
bo‘lib,
kundalik
kirim-chiqimlarni
yozib
turishlarini
ta ’kidlaydi.87
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki,
kotiblar saroyda o‘rtamiyona vazifalarga ega boisalar-da,
hukmdorning bevosita nazorati ostida, unga yaqin bo‘lish
imkoniyatiga
ega
ekanlar.
“Tarixi
Rashidiy”dan
boTak
inanbalar. xususan, original uslubda yaratilgan “Bobumoma”
yoki Navoiy bilan shaxsan tanish, ulug‘ amirning o ‘zidan va
hamsuhbatlaridan aniq m a’lumotlar olgan Xondamir, Faxriy,
Zayniddin Vosifiy,
qolaversa.
bizgacha
yetib
kelmagan
manbalarga boy Hirot kutubxonasiga egalik qilgan Som mirzo
Safaviy
asarlarida
Navoiy
ajdodining
temuriylarga
ko‘kaldoshligi, ulaming amirlar sulolasidan ekanligi bir ovozdan
tasdiqlangan. Saroy kotiblari baxshilar hukmdorning ishonchli
kishilaridan sanalar ekan, agar Navoiy bu tabaqaga mansub
boTganida Hirot tarixcbilari bu haqda ishora berib o ‘tishlari
lozim edi. Navoiyning o ‘zi ota-bobolari temuriylar saitanatida
«ulug4 marotibg‘a sazovor va biyik manosibga komgor bo‘lg‘on
erdilar» degan ekan, birinchi navbatda, uning o ‘ziga ishonmoq
kerak. Mirzo Haydaming asossiz xulosasi, afsuski, keyingi
davrlarda yanada rivojlantirib yuborilganini ko‘rish mumkin.
Keyingi asrlarga taalluqli manbalaming Navoiy davri,
ya’ni ilk manbalardan ancha farq qiluvchi jihati, ularda tekshirib
ko‘rilmagan turli m a’lumotlami qo'shib bayon etish holatining
ustuvorligida ko‘rinadi. Masalan, Abdulmo‘minxonning “Tom
ut-tavorix” (1598 yil, Buxoro) to‘pIamida keltirilgan Navoiyning
tarjimai
holi
shoir
zamondoshlarining
yozib
qoldirgan
m a’lumotlariga umuman mos kelsa-da, Davlatshoh Samarqandiy
87 Темур тузуклари. - Б.86.
172
q o ‘
Hagan “otasi Chig‘atoy elining mashhurlaridan” iborasiga
Mirzo Haydarda keltirilgan “Kichkina” nomini qo‘shish va bu
ikki iboradan so‘ng “baxshi” atamasini ildirish orqali keyingi
davr manbalariga “yangi” m a’lumotni taqdim etgan88. Shu
qabildagi m a’lumotlar Mahmud bin Valining “Baxr ul-asror”89,
Faxmiyning “Tazkirat ush-shuaro”90 asarlarida,
Shari Ij on
Mahdum Sadr Ziyoning bayozida ham uchraydi.91
Biz
qolim izdagi manbalarni Navoiy tatjimai holi ko‘rinishlari
bo'yicha guruhlashtirganimizda m a’lum bo ‘ldiki, “Tarixi
Rashidiy”dagi m a’lumotga suyanish faqat 0 ‘rta Osiyoda
yaratilgan asarlardagina uchrar ekan. E’tibor bering-a, “Balir ul-
asror” Balxda, “Tom ut-tavorix” Buxoroda, Faxrniy tazkirasi
Samarqandda, Sadr Ziyo asarlari Buxoroda yaratilgan. Tarixchi
T. Sultonov ham “Tarixi Rashidiy”ning 0 ‘rta Osiyo va Sharqiy
Turkistondan
tashqarida,
xususan,
Yaqin
Sharqda
tarqalmaganligini alohida qayd etgan.92 Bu esa Navoiyning
“baxshi” !ardan ekanligi haqidagi m a’lumot Mirzo Haydarning
ijodi ekanligi va keyingi davr asarlarida uchrashi undan
ko‘chirish oqibatida ro ‘y berganligini tasdiqlaydi.
-
XIX asrlarga taaliuqli manbalarda yana bir qusur uch
raydi.
Bu Navoiy davri manbalaridagi
m a’lumotlaming
o‘zgartirilganida ko‘zga tashlanadi. Jumladan, Darvish Ali
Changning 1572 - 1573 yillari yaratgan “Tuhfat us-surur” yoki
“Risolai musiqiv” nomi bilan mashhurlik tutgan musiqa
nazariyasiga oid asarida keltirilgan Navoiy tarjimai holida
“Alisherning otasi zaif inson bo‘lsa-da, o ‘zi ustida ishlashni
83
Мазкур китъа А.Хайитметов маколасида келтирилган. Каранг: Навоий
хакида янги маълумотлар // Шарк юлдузи. 1972; №9. - Б. 184.
84
Махмуд бин Вали. Бахр ул-асрор. Kj/лёзма. УзРФА ШИ, инв. №1375.
160а-варак.
90 Абдуяматлаб Фахмий. 'Газкират уш-шуаро. Кулёзма. УзРФА ШИ, инв. №2331. 36-’-
варак.
л Шарибжон Махдум Садр Зиё. Баёз. Кулёзма. УзРФА ШН, инв. №2315.
20
!<-варак.
92
Султанов Т. Памятники исторической литературы. - С.275.
173
qo‘ymas edi” degan jum la mavjud.93 Agar unga ishonilsa,
G ‘iyosiddin Kichkina haqidagi tasavvurimiz boshqa yo‘nalish
kasb etishi mumkin. Ammo qiyosiy tekshirishlar m a’lumotning
Davlatshohdan olinganligini ko‘rsatdi. M uallif Davlatshohning
“Sipohiy b olish ig a qaramay, fozillikni tashlamadi” iborasini o ‘z
tushunchasiga muvofiq talqin qiiganligi ravshanlashdi. XVIII
asrda Hindistonda yashab, ijod etgan Vola Dog‘istoniyning
“Riyoz
ush-shuaro”
tazkirasida
“Navoiy
chig‘atoy
sultonzodalaridan” deb keltirilishi94 uning Navoiy davri
rnanbalaridagi m a’lumotlaming umumiy ruhiyatidan chiqargan
shaxsiy mulohazasi deyish mumkin. XIX asrda yaratilgan
“Ro‘zi
ravshan”
tazkirasida
esa
“Navoiy
chig‘atoy
sultonlaridan” deb bitilganligi, o ‘z navbatida, Vola xulosasining
o ‘zgartirilgan variant! ekanligi aniqlandi. Bunday misollar k o ‘p
b o ‘lib, ilk m a’lumotlar keyingi davr asarlarida umumlashtirib
borilavergan
va
zamonlar
o ‘tgani
sari
Navoiy
davri
rnanbalaridagi m a’lumotlar o ‘z asliyatidan ancha uzoqlashib
ketgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |