11
Маориф ва укит>вчи. 1926. №12. - Б.38 - 39.
152
materiallarida aks etgan Navoiy hayoti va ijodi talqini davr
mafkurasiga zid deb topildi, uni targ‘ib qilishga jiddiy qarshilik
ko‘rsatildi. Bu xususda sharqshunos Ye.E.Bertels shunday
yozgandi: «Navoiyshunoslikning bu bosqichiga xos xususiyat
sifatida shuni aytish mumkinki, Navoiy haqida faqat milliy
burjuaziya vakillari ma’ruza qilib, uning nomidan o‘z maqsadlari
yo‘lida foydalanishga harakat qildilar. Shu jihatdan bu davrda
chiqqan ishlar foydasiz bo‘lib, hatto g‘ayriilmiy va zararli edi.
Bokuda nashr etilgan «Navoiy» to‘plami (1926) eskirgan
raateriallar asosida yozilgan va asosiy masalalami butunlay
noto‘g‘ri
yoritgan
maqolalardan
iborat.
Ammo
ushbu
muvaffaqiyatsiz yubileyga SSSR Fanlar akademiyasi darhol
javob qaytardi».37
Tezda Toshkentda, kommunistlar iborasi bilan aytganda,
«sotsialistik platforma»dagi Navoiy konferensiyasi chaqirildi.
Maqsad Boku qurultoyi «panturkistik» g‘oyalarining xalqlar
orasida targ‘ib etilishiga yo‘l qo‘ymaslik va Navoiyning
buyukligini hukmron feodal sinfga qarshi chiqqan oddiy xalq
namoyandasi
obrazi
orqali ko‘rsatish edi.
Ilk qurultoy
material laridagi
milliy
iftixor tuyg‘ulariga
«panturkizm»,
«o‘tmishni ideallashtirish» kabi yorliqlami yopishtirish uchun
ularga zid g'oyani ko‘tarib chiqadigan kuchli tadqiqot kerak
bo‘ldi. Bunday tadqiqotning eng yaxshi ko‘rinishi sifatida V.V.
Bartoldning «Mir Alisher va siyosiy hayot» nomli tadqiqoti
dunyoga keldi. Unda omma orasida hukm surgan Navoiy ijodi va
faoliyati talqinidan keskin farqlanadigan obraz yaratildi: Navoiy
ekspluatatorlar sinfiga, umuman, shoh, tuzumiga nafrati behad
boMgan va shu tufayli sultondan ancha xo‘rlikpar ko‘rgan xalq
vakili sifatida o‘ta bo‘rttirib ko‘rsatildi.
XX
asming 20-yillaridan Alisher Navoiy maqomi va
mafkurasi atrofida davom etib kelayotgan tortishuvlar Sovet
Ittifoqining qaqshatqich katag‘on va qo‘rquvda ushlab turish
siyosati g'alabasi bilan tugadi. SSSR tarkibidagi milliy sovet
57 Бертельс Е.Э. Навои и Джами: Избр. труды< - М.: B’avxa, 1965. - С.67.
153
sotsialistik respublikalari “kamsitilmasligi” uchun kam sonli
klassik ijodkorlarga ega bo‘lishga ruxsat berildi. Ozarboyjonda
Nizomiy Ganjaviy, Tojikistonda Abdurahmon Jomiy, Gruziyada
Shota
Rustaveli,
0 ‘zbekistonda Alisher Navoiy
ijodlari
ruslaming A.Pushkin, M. Lermontov, N. Gogol, L.Tolstoy kabi
klassiklari qatorida keng o‘rganilishi mumkin, ammo talqin
hukmron mafkura metodologiyasi asosida bo‘lishi lozim edi.
Saroy adabiyotini targ‘ib etish mutlaqo man qilindi, diniy
adabiyot ongni zaharlovchi vosita sifatida taqiqlandi. Ular
feodal-klerikal va diniy-mistik adabiyot sifatida qoralandi,
ularning namoyandalariga ekspluatator sinf manfaatlariga xizmat
ko‘rsatuvchi maddoh va xushomadgo‘ylar sifatida nafrat bilan
qarash buyurildi. Bu hoi, muayyan ma’noda, Navoiyni noto‘g‘ri
talqin etishga, uning ziddiyatlarga boy hayotim bir qolipga
tushirish va o6quvchilar ongida shoh tuzumidan norozi, salkam
ateist va isyonkor Navoiy obrazining targ‘ib qilinishiga sabab
bo4 Idi.
Navoiyshunoslikning
ilmiy
yo‘naIish
sifatida
shakllanishi
XX
asming 40-yillariga kelib Alisher Navoiyning 500
yillik yubileymi o‘tkazish bahonasida oldingi yillardan yig'ilib
kelayotgan tadqiqotlarni umumlashtirish ishlari boshlandi.
Navoiyni o‘rganish ishlariga rus sharqshunoslari bilan birgalikda
o‘zbek olimlari ham jalb qilindi.
Alisher Navoiyning Sovet Ittifoqi davrida birinchi bor
1948 yili nishonlangan to ‘yi arafasida ulug‘ shoir haqida yana
bir qancha tadqiqotlar dunyoga keldi. Mazkur davming eng
yuqori
saviyadagi
asarlari
qatorida
Ye.E.Bertels,
O.Sharafiddinov,
A.N.Kononov,
S.Ayniy,
A.K. Borovkov,
A. Semyonov,
M,A.Sale,
A.Yu.
Yakubovskiy,
A.Sa’diy,
M.Oybek, M.Shayxzoda, 1.Sulton, A.Boldbirev. V.Zohidov,
V.Abduliaevlar tadqiqotlarini
ko‘rsatish
mumkin.
Avom
madaniyati (proletkult) davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi
bo‘lgan mustabid tuzum sharoitida Alisher Navoiyni genial
154
shaxs va ijodkor sifatidagi maqomini saqlab qolish, u orqali
milliy qadriуatlarimizning umrboqiyligini ta’minlash o‘zbek
ziyolilarming asosiy muddaosi edi. 0 ‘zbek olimlari va ularga
xayrixoh
ayrim
ms
sharqsliunoslarining
asarlari
navoiyshunoslikni
o‘zbek adabiyotshunosligining mustaqil
yo‘nalishiga aylantirishga zamin b o id i.58
Bu oraliq davrda Navoiy hayoti va ijodiyotini
o‘rganishga chet el olimlari, xususan, turk olimlaridan Mahmad
Fuod Ko‘prulu, Ogoh Sirri Lavand, afg‘on olimi Muhammad
Ya’qub Juzjoniy, Eron olimi Ali Acg‘ap Hikmat ham e ’tibor
qaratib, ba’zi tadqiqotlami olib bordilar.59 Ammo bu tadqiqotlar
58 Бертельс Е.Э. Навои и Джами: Избр. труды. - М.: Наука, 1965;
Шарафиддинов О. Алишер Навоий х,аёти ва ижоди, - Тошкент:
Уздавнашр, 1948; Возлюбленный сердец (Алишер Навоий. Ма.чбуб ул-
кудуб) / Сводный текст А.Н. Кононова; отв. ред. С.Е.Маяов. - M.-JL,
1948; Якубовский А.Ю. Черты общественной и культурной жизни эпохи
Алишера Навои / Сб. Алишер Навои. — М.-Л., 1946; Семенов А..А.
Персидская новелла о Мир Алишере Навои. Бюллетень СаГУ. Выпуск
13, 1926; Салье М. Книга благородных качеств и её автор // Сб. ст.
«Родоначальник узб. литературы». - Тошкент: Изд. Узб. фид. АН СССР;
Боровков А.К. Изучение жизни и творчества Алишера Навои
Do'stlaringiz bilan baham: |