Alisher navoly nomidagi toshkent davlat


тт. № 1825. ЗЗР-варак. 68 Уша жойда. 161



Download 101,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/132
Sana01.06.2022
Hajmi101,6 Mb.
#629575
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   132
Bog'liq
Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodida turkona tafakkur va g\'oyaviy

тт.
№ 1825. ЗЗР-варак.
68 Уша жойда.
161


mumkin. Balki shuning uchun ham o ‘sha davr manbalarida, 
ayniqsa, Navoiyning yaqin shogirdi, muarrix Xondamirning 
barcha tarixiy asarlarida ular deyarli aynan takrorianib, ortiqeha 
tafsilot bilan 
boyitishga j u r a t etilmagandir. 
Davlatshoh 
Samarqandiy ham negadir o ‘z tazkirasida Navoiyning otasi 
to‘g‘risida juda qisqa to‘xtaladi, “Navoiyning otasi Abulqosim 
Boburning ishonchli kishisi Chig‘atoy ulusi ulug‘laridan edi”, - 
deyish bilan kifoyalanadi. Ayni paytda u Navoiyning otasi 
harbiy b o ig an in i ta ’kidlab o4adi.69
Tekshirishlar 
natijasida 
Alisher 
Navoiy 
davrida 
yaratilgan turli janrlarga mansub asarlaming birortasida ham 
ulug1 amirning otasi haqida yetarli m a’lumot keltirilmaganiga 
ishonch. hosil qildik. Shunisi taajjubliki, Navoiy vafotigacha 
yaratilgan 
barcha 
asarlarda 
Navoiyning 
otasi 
borasida 
yuqoridagi m aium otlarga qo ‘shimcha boiadigan fakt yo‘q. 
Hatto “ Ravzat us-safo” asarida ham uchramaydi, Navoiyning 
o ‘z ajdodi borasida qoldirgan mavhum m aium otlari va 
ko ‘kaldoshlik manbalarmi aniq izohlab ketmaganligi uning 
nihoyatda kamtarona y o i tutganligi va kibru g ‘ypypga 
berilmaganligi bilan izohlanar balki.
1501 yili Navoiy vafot etadi. Shundan keyingi davr 
manbalarida Navoiy haqidagi qiziqarli m a’lumotlami ko‘rish 
mumkin. “Habib us-siyar’da birinchi marta Navoiy otasining 
ismi tilga olinadi. Jumladan, Mirzo Ibrohim tom onidan'0 Abu 
Sa’id mirzo huzuriga elchi yuborilganda ularga hamrohlik qilish 
Amir Alisherning otasi G iy o sid d in Kichkinaga topshirilganligi
69 Давлагаох, Самаркандай. Тазкират уш-шуаро / Ба химмати Мухаммад Рамачоиий. - 
Техрон, 1338 X" - Б.370. В.Бартольд Давлатшохнияг маълумотини куйидагича 
изохяайди: «По словам Давдатшаха на службе у Бабура находился отец Мир Алишера, 
турок, но образованный человек, старавшийся дать возможность лучшее образование 
своему сыну» (Мир Алишер и политическая жизнь. - С.216). Бартольд Давлатшо* 
матнмдаги «таркий», яъни сииохий маъносида кепайтган сузми «туркий» деб укиган ва 
янглиш хулоса чикарган.
70 Мирзо Иброхим б, Алаудцавла б. Бойсунтур б. Шохрух Мирзо хджрий 861 йили 
((456/1457) бкр мудцат Хирот тахтига ^тирада ва Жахоншох, Туркманнииг сикуви 
остида пойтахтни ташлаб чикишга мажбур б$лада.
162


aytiladi.71 Shu o‘rinda olimlaming ulug‘ amir xislatlari va 
fa o liy a tig a
bag‘ishlangan 
Xondamiming maxsus asari -
“Makorim ul- axloq” shoir vafotidan so‘ng yozilgan degan 
fifcrini yana bir bor chuqur o ‘ylab ko‘rish kerakka o ‘xshaydi. 
Shunday 
deb 
hisoblangan 
taqdirda 
“Habib 
us-siyar”da 
Navoiyning otasi haqida qo‘shimcha m a’lumot berishga ju r’at 
etgan Xondamir “M akorim ul-axloq”da ham erkin fikr yuritishi 
mumkin edi. Lekin m uallif Shohrux sulton vafotidan so‘ng 
Navoiyning otasi bola chaqasi bilan Sheroz tomonga yo‘l 
olganmi ayta turib, uning nomini tilga olmaydi. Balki, 
“Makorim 
ul-axloq” 
Navoiy 
vafotidan 
avval 
yoziia 
boshlagandir. Shuning uchun ham Xondamir asarda ustozi 
belgilab bergan chegaralardan chiqmagandir? Q izig'i shundaki, 
“Ravzat us-safo”da ham Navoiy otasining nomi tilga olmmagan. 
Bu asar Navoiyning o ‘z nazorati ostida yozilgani manbalarda 
tasdiqlangan. Demak, Navoiy ongli ravishda ota-onasi haqidagi 
tafsilotlaming berilishini xohlamagan ko ‘rinadi. Sadriddin 
Ayniy yozadi: “Shohrux mirzo saitanati davridagi katta amaldor 
va dong ehiqargan lashkarboshilar tarixiy asarlarda nomma-nom 
qayd etilgan. Agar Alisherning otasi katta amaldorlar jumlasidan 
bo'lganda edi, u davr tarixchilari nazaridan, xususan, “Ravzat 
us-safo” nomli tarixiy asarni yozgan Mirxondning nazaridan 
chetda qolrnas edi”.72
Faxriy Hirotiyning “Latoifnoma”sida yoziladi: “Miming 
tarjimai holidan xabardor m o‘ysafid tarixchilar va to ‘g ‘ri so‘zli 
dunyo ko‘rganlar o‘z asarlarida shunday keltiradilarkim, Mirga 
amirlilc mansabi merosiydur. lin in g otasi Amir Kichkina sulton 
Abu Sa’idning xizmatida edi. Garchi muhru mansabi bo‘lmasa
71
Гивсиддяи Хондамир. Хабиб ус-сияр. Кулёзма. 'У'зР ФА ШИ. Инв. №2153. IV жилд,
570а-варак;.
72 Айвй С. Навои. Куллиёт. Дёр 15 чидд. - Душанбе, 1963. Чилди 2. Китоби 1. Сах.
271, Аввало, шуни айтиш керакки, «Равзат ус-сафо»нинг VI жилдида Абулкосим 
Бобур даврига жуда хам кам урин ажратилган. Асосан, Абулкосим Бобурнинг охирги 
кунлари, вафоти ва ундав сувг бошлангаи тахт талашишлари хдкида гапирилади. Бу 
пайтга келйб Навоийнинг отаси ёши 5'тгая кекса амалдор эди, бу тус-туполонларда 
иштирок эш агаи булигои мумкиш
163


ham, katta hurmatga ega edi. Ona tomondan bobosi Amir Shayx 
Abu Sa’id Chang mirzo Boyqaro xonadonida amir ul-umaro edi. 
Mir o ‘n yoshligidan Bobur mirzo xizmatida bo ‘lib, (sulton) uni 
farzandidek ko ‘rardi. M ir zamon sultoni (Husayn Boyqaro) bilan 
maktabda hamsuhbat va hamsaboq edi. Ular qachon boshlariga 
baxt qushi qo‘nsa, bir-birlarini unutmaslikka ahdu paymon 
bogiashgan ekan”.73 Faxriyning tazkirasi Navoiy vafotidan 
so ‘ng - 1521 - 1522 yili yaratilgan. Tazkira muqaddimasidagi 
ishoraga qaraganda, 

mazkur m a’lumotlaxda kimgadir 
suyangan. Balki Faxriy bizga yetib kelmagan qandaydir 
manbaga asoslangandir. Bu bizga qorong‘i. Biroq uning Navoiy 
bilan 
shaxsan 
tanish 
bolgan lig i 
va 
mushoaralarida 
qatnashganligi uning m a’lumotlari ishonchli ekaniga shubha 
tug‘dirmaydi. Shunga qaramay, nega Navoiyning ona tomonidan 
bobosi ismini ko ‘rsatib, ota tomoniga e ’tibor bermaganligi 
taajjublanarli tuyulmoqda. Bu esa Xondamir asarlaridagi 
m a’lumotlar ruhiyatiga mantiqan bog‘lanmaydi. Gap shundaki, 
Faxriy Abu Sa’id Changni Boyqaro xonadonida amir ul-umaro 
edi, deb ko‘rsatar, uning Navoiyga ona tomondan bobo 
ekanligini ta ’kidlar ekanmi. Navoiy o ‘zi e’tirof etgan “ota-otadin 
yetti pushtga degincha bu rafi’ dudmonning boyiri bandasi va bu 
vasi’ ostonning mavrusi tug‘masi, ya’ni bu xonazodaning 
xonavodasi 
va 
bu 
xonavodaning 
xonazodasi” 74 
degan 
mulohazaga binoan ota tomoni ajdodlari haqida ham, albatta, 
m a’lumot berib o ‘tishi joiz edi. Bunday m a’lumotning yo‘qligi 
Navoiyning ota tomonidan ajdodlari haqida aniq fikr yuritishga 
imkon bermaydi. Ye.E.Bertels yozadi: “Alisherning bobosi Abu 
Sa’id Chang Boyqaroning Kandaxordagi qisqa davrli hukumati 
paytida uning devonida amir edi. Uning o ‘g‘li, ya’ni Navoiyning
73
Фахрий Хиротий. Латоифнома. Таржумайи «Мажолис ун-нафоис»и 
Алишер Навойи / Ба саъй ва эхтимоми Али Асрар Хикмат. - Те\рон, 
1.323 X- - Б .133.
74 Алишер Навоий. Бадоеъ ул-бидоя. - Б.17.
164


otasi GMyosiddin Kichkina M ansuming ko‘kaldoshi edi” .75 
Biroq shu o ‘rinda GMyosiddin Kichkinaning aynan M ansur bilan 
emikdosh 
boMganligi 
haqidagi 
Bertels 
xulosasi 
taxrnin 
ekanligini ham ta ’kidlash zarur. Chunki fanga m a’lum Navoiy 
davri manbalarining birortasida ham bu tarzdagi m a’lumot 
uchramadi.
Faxriyning 
Amir 
Kichkina 
haqidagi 
m a’lumotlaridan 
ikki 
muhim xulosa chiqarish mumkin. 
Birinchisi, Faxriy bizga m a’lum m anbalam ing ichida birinchi 
boMib, Amir Kichkina Sulton Abu Sa’id mirzo saroyida xizmat 
qilganini yozib qoldirgan. Bu gaplarda jon bor. Abulqosim 
Bobur vafot etib, Xurosonda to 's-to ‘polon boshlanganda 
shahzodalar birin-ketin taxtga oMirishar va sal o ‘tmay biri 
ikkinchisining siquviga bardosh bera olmasdan Hirotni tashlab 
qochar edi. Shunday sharoitda taxtni Mirzo Ibrohim egallaydi. U 
Hirot taxtini saqlab qolish mafsadida o 4z atrofiga saltanat 
ulug'larini yig‘adi va Abu Sa’id bilan ittifoq tuzishga urinadi. 
Buni Hirot saltanatining obro‘li arboblaridan bir nechasini sulton 
Abu Sa’id qoshiga yuborishida ko ‘ramiz. Elchilar Shayx 
Nuriddin ibn Bahouddin Umar, Shayx. Shamsiddin Jomiy va 
Amir Burxoniddin bo ‘lib, ularni kuzatib bomvchi hamrox 
sifatida Alisherning otasi G ‘iyosiddin Kichkina tayinlanadi. Abu 
Sa’id ulami izzat-ikrom bilan qabul qiladi va kuzatib qo'yadi.76 
Demak., Abu Sa’id mirzo G ‘iyosiddin Kichkina bilan muloqotda 
boMgan, Tarixiy yilnomalardan m a’lumki, o ‘sha yiliyoq Abu 
Sa’id 
Hirotni 
egallaydi. 
Ikkinchisi, 
“Habib 
us-siyar”da 
GMyosiddinning amirlik davri haqida gapirila turib, rasmiy 
ohangda GMyosiddin 
Kichkina 
deb 
ko'rsatilishi 
Faxriy 
m a’lumotlari bilan birlashtirilganda bu laqabning ulugMovchi 
sifatga ega boMganligini ko‘rsatadi. Xondamir m a’lumoti 
ruhidan kelib chiqadigan boMsak, Faxriy to ‘g ‘ri aytgan. Abu 
Sa’id Abulqosim Bobur amaldorlaridan bir qanchasini o‘z
" Бертельс Е.Э. Навои и Джами. Избр.труды. - М.: Наука, 1965. - С.25.
Хабиб ус-си яр. кулёзма. 
IV 
жилд. - 570"-варак
165
75


saroyida qoldirganlda G ‘iyosiddin Kichkinani ham hamsuhbat 
sifatida qoldirgan b o ‘lishi ehtimolga yaqin. K o‘rinib turganidek, 
yuqoridagi m a’lumotlar Ayniy fikrini inkor etadi.
Zotan, Shohruxning nevarasi Mirzo Ibrohim o ‘zi uchun 
hal qiluvchi ahamiyatga ega boMgan muhim vazifani faqat 
saltanatning eng ishonchli kishisiga topshirishi mumkin edi. Shu 
o ‘rinda Kichkina laqabining kelib chiqishi haqida ilkr yuritib 
ko ‘rish mumkin, Navoiy davri tarixiy asarlari, jumladan, “Matlai 
sa’dayn...” va “Ravzat us-safo” kabi eng salmoqli tarixiy 
asarlarda asosiy e ’tibor “Navoiyning bobosi Am ir Temuming 
o ‘g ‘li Umarshayxning xos mulozimlaridan b o iib , uning 
peshonasiga shahzodaga ko ‘kaldosh bo ‘lish yozilgan edi” degan 
fikrga berilgan. Bu ikki asar Alisherning amirlik davrida yozib 
tugatilgani va uning nazaridan o‘tganligi hisobga olinsa, undagi 
m a’lumot shubha uyg‘otmaydi. Ayniqsa, unda sezilmasdan 
qolayotgan yana bir muhim jih at bor. Bu k o ‘kaldoshlik 
belgisidan ko‘ra Navoiy bobosining otasi Amir Temuming xos 
kishilaridan bo‘lganligi va onasi shahzodani, y a’ni Umarshayx 
mirzoni o ‘z bolasi bilan qo‘shib emizish kabi o ‘ta yaqin 
aloqalarga ega kishilar ekaniga ishora qilinayotganiga ko‘ra 
belgilanadi. Xnddi ana shu jihat Faxriy m a’lumotlari bilan 
uyg'unlashganda qanchalik izchillik kasb etishi sezilibgina 
qolmay, balki mantiqiy xulosaga ham olib keladi. M a’lumki, 
A m ir Temur vafoti paytida marhum Umarshayx ibn Temur 
Ko'ragonning 
o ‘g ‘H 
EJoyqaro 
12 
yoshda 
edi. 
Demak, 
Umarshayxning ko ‘kaldoshi boTgan Abu Sa’id Chang bu 
paytlari eilik yoshlarda b o ig an . Boyqaro 22 yoshga to'lganda 
Shohrux uni Kandaxor viloyatiga hokim etib tayinlaydi. Abu 
S a’id Chang esa im ing ishonchli kishisi sifatida “Amir ul- 
umaro” unvoni bilan taqdirlanib, uning noibi va maslahatchisi 
vakolatiga ega bo ‘ladi. 
Bu mansab Boyqaroning o ‘g ‘li 
G ‘iyosiddin bilan Abu Sa’idning o ‘g ‘li G ‘iyosiddinning birga 
tarbiya topishi va birga o ‘sib-ulg‘ayishini ta ’minlaganligi 
g‘ayrimantiqiy emas. Saroy ahli esa ularning ismlari bir xil 
ekanidan, 
amiming o ‘g ‘lini 
farqlash 
uchun G ‘iyosiddin
166


K ic h k in a d e b a ta g a n b o i i s h l a r i e h tim o lg a y a q in . M a z k u r la q a b
k o ‘k a ld o s h lik b e lg is i k a b i te m u riy la rg a y a q in lig in i iz o h la b
tu rg a n i u c h u n b ir u m r u n in g n o m ig a q o ‘sh ib a y tilg a n b o ‘lish i 
m u m k in .
Faxriy m aium otlaridan kelib chiqadigan yana bir 
muhim mulohazaga e ’tiborni qaratish lozim. G ‘iyosiddin 
Kichkinanmg Abu Sa’id davrida tirik ekanligi zamonaviy 
navoiyshunoslikdagi “Navoiyning otasi shoir yoshligida (11 - 12 
yoshlarda) vafot etgan” degan aqidaning noto‘g ‘ri ekanligini 
ko‘rsatadi. Bu esa, Navoiy hayoti talqini bo‘yicha ilgari 
surilayotgan “Abulqosim Bobur vafotidan so‘ng Mashhadda 
qolgan Navoiy chor-nochor ahvolda kun kechirgan” kabi 
qarashlami ham inkor etadi. Navoiyning asarlarida uchraydigan 
faqirlik motivlari, garchand ular Mashhad bilan borliq boisa-da, 
boshqa sabablar asosida aytilgan va bu haqda o‘z mavridi bilan 
alohida to ‘xtalamiz.
Faxriyning kichik zamondoshi Som mirzo Safaviy 
qalamiga 
mansub 
“Tuhfai 
Somiy” 
tazkirasida 
Faxriy 
m aium otlari deyarli takrorlangan.77 Biroq, 
undan farqli 
ravishda, 
Navoiyning 
otasi 
Kichkina 
Bahodir 
tarzida 
tanishtirilgan. Tazkira yozilgan davr Navoiy davriga nisbatan 
yaqin bo ‘lgani uchun bu o ‘zgartirishda biror m a’lumotga 
tayanilgan deb o ‘ylashga asos bor. “Temur tuzuklari”da 
aytilishicha, qaysi amir mamlakat yo bir qo'shinni yengsa, unga 
birinchi navbatda, Tyg‘ berib, bahodirlik laqabi rasmiy ravishda 
uning nomiga qo‘shib yozilgan. So‘ng chegara viloyatlaridan 
biriga hokim etib tayinlangan.78 G\iyosiddin Kichkinaning bizga 
m a’lum faoliyatiga nazar tashlaydigan boMsak, Som mirzoning 
m a’lumoti asoslidek k o ‘rinadi. Ammo uning qanday hujjatga 
tayanganini aniq ko‘rsatish qiyin.
77 Сом Мирзо Сафавий. Тухфа-йи Сомий. Кулёзма. УзР ФА ШИ. Инв. №57. 1673- 
варак;.
78
Темур тузуклари / Фореийдан Алихон Согуний ва Х-Кароматов 
таржимаси. ~ Тошкент: А дао нет ва санъат, 1991. - Б. 78.
167


Som mirzo m a’lumotlarida e ’tiborni tortadigan yana bir 
o ‘ziga xos nuqta Faxriy tazkirasida keltirilgan Abu Sa’id Chang 
nomining Abu Sa’id Bek tarzida keltirilganligidir.79 Bu Som 
mirzo tuzgan asl nusxada shundaymi yoki hattotlar “xizmati”mi, 
hozircha aniqlanishi kerak bo ‘lgan vazifadir. Som mirzo 
Xondamir, Karnoliddin Behzod bilan tanish edi. Shu nuqtai 
nazardan bu ikki tazkiraning asl nusxalarini chogMshtirish 
navoiyshunszlikka muhim yangilik kiritadi degan fikrdamiz. 
Shundagina Som mirzo qaydlarining aniqlik darajasi m a’lum 
bo ‘ lard i.
Navoiy ota-bobolarining zikr etilgan nomlari qo ‘lyozma 
manbalarda turli talqinlarga uchragan. Ikkilamchi manbalardagi 
ayrim m a’lumotlar asl manbalardagi m a’lumotlardan farqli. 
A w alig a ular biror-bir manbaga asoslangandir degan fikrda 
edim. Ularni topish ilinjida ancha vaqtim va kuchimni behuda 
sarf 
qildim. 
Masalan, 
“Habib 
us-siyar”da 
GMyosiddin 
Kichkinaning laqabi Ganjkina (yoki Kanjkina, Kanjakina), 
Kijakina (yoki Kijakniya) tarzida uchrashi hattotlar tomonidan 
nuqtalar qo‘yilmay ketgani oqibatida yuz berganiga ishonch 
hosil etgunimcha “Habib us-siyar”ning o ‘nlab qoMyozma va 
bosma nusxalarini ko ‘rib chiqishga to ‘g ‘ri keldi.80 Tadqiqotning 
m a’lum bosqichida ular kitobat an’anasiga xos umumiy illat 
ekanligiga amin boMdim va ikkilamchi manbalardagi Navoiy 
otasi bo‘yicha malumotlaming asl ilk manbalardagi m a’lumotlar 
bilan muvofiqlik darajasini o ‘rganishga kirishdim.
Keyingi davrlarda yaratilgan manbalardagi m a’lumotlar 
ko‘rib o ‘tilganlari kabi muhim va original emas. Hatto 
ba’zilarini adashtiruvchi va soxta m a’lumotlar sirasiga qo‘shish 
mumkin. Tadqiq ob ’ekti sifatida tanlab olingan XV asrdan 
asrgacha yaratilgan o ‘ttizga yaqin manbadagi m a’lumotlar
79 Сом Мирзо Сафавйй. Тухфайи Сомий, 167*-варак.
80 С.Айний «Алишер Навоий» асарида: «Унинг отаси «Кичкина баходир», «Кенжа 
ботир», «Кичик бахши» лацаблари билан машхур эди, бу унвоиларнинг кайси бири 
узининг отя экани бизга маълум булмади», - деб ёзади (Б.271). Айтиш керакки, 
бирортаманбада «Кенжа ботир», «Кенжа бахши» деган маълумот йук.
168


a u r u h
lashtiri
Ig a n d a 
Navoiyning nasabi haqida ikki xil qarash 
mavjudligi m a’lum bo‘ldi. Bir guruh mualliflar “uning ota- 
bobolari 
temuriylaming 
amirlaridan 
b o ‘lib, 
analari 
s h a h z o d a la rg a
enagalik qilganlar” desalar, ikkinchi nisbatan 
kamchilikni tashkil etgan guruh “Alisherning ota-bobolari 
uyg'ur baxshilaridan bo'lgan” deb hisoblaydi. Ushbu jihatni 
o ‘rganishning nechog‘lik muhim ekani manbalar qiyosiy 
tahlilida chuqurlashganimiz sari yanada yaqqolroq ayon bo ‘la 
boshladi. Zero, davrlar kechmishi mobaynida tazkiranavislik 
an’anasi har ikkala qarashni qabul qilgani, aralashtirib 
yuborilgan 
m a’lumotlar 
o ‘zidan 
keyin 
qator 
“yangi” 
m a’lumotlarning tu g ilish ig a sabab bo ‘lgani sezildi. Avvalgi 
guruhning mulohazalari, o ‘z-o‘zidan ravshanki, yuqorida biz 
ko‘rib o‘tgan mashhur tarixiy asarlarga asoslangan. Keyingi 
guruhga kiruvchl manbalar o ‘zining j o ‘g ‘rofiy tarqalish hududi 
va mashhurligi jihatidan M ovarounnaxr hududi bilangina 
chegaralangan. Ularning eng oldi va aytish mumkinki, keyingi 
avlod tazkiranavislariga material vazifasini o‘tagan m a’lumotni 
taqdim etgan manba Mirzo Haydar Duglotning “Tarixi 
Rashidiy” asaridir.81 U garchi tarixiy asar b o isa-d a, Navoiy 
haqidagi 
m a’lumotlar 
yo‘l-yo‘lakay 
an ’anaviy 
umurniy 
tanishtiruv-tazkiraviy shaklda beriladigan m a’lumotlar sirasiga 
kiradi. Jumladan, unda “Navoiy asli uyg‘ur baxshilaridan bo‘lib, 
otasi Am ir Kichkina oddiy (yoki rasmiy) odam (marde bud ala 
ar- raem) edi”, - deb yozib qo‘yilgan.82 A.A.Semyonov o ‘z 
vaqtida yozgan edi: “Mirzo Haydar Durlotning guvohlik 
berishicha, 
Alisherning 
kelib 
chiqishi 
an ’ana 
bo’yicha 
temuriylar davrida uyg‘ur tilida rasmiy ish qog'ozlarini bituvchi 
baxshilar, ya’ni uyg‘ur munshiy va kotiblariga bogM^nadi. 
Nasab jihatidan u aslzodalarga ham, “kibor mulozimlarga” h.am 
emas, balki Bartold aytgandek, otameros devon amaldorlariga
81
«Тапихи Рашидий» 1541-1542 йилларда ёзилиб. Кошгар ва Ёркент 
х,окими Абдурашидхонга совга к;илинган.
82 Мирэо Хяйдвр Дуглот. Тарихи Рашидий. Кулёзма. УзРФА ШИ, инв. №1430. 121*- 
варац.
169


mansub”.83 Shu narsaga e’tibor qilish kerakki, bu m a’lumot 
Mirzo Haydar asaridan boshqa XV - XVI asr boshida yaratilgan 
biror-bir manbada uchramaydi. Navoiy bilan shaxsan tanish 
b o ‘lgan tarixchilar va olimu ijodkorlarning bunday m aiu m o t 
bermaganliklari tufayli Mirzo Haydar m aium otiga ehtiyot 
bo‘lib yondashish talab etiladi. Ikkinchidan, Mirzo Haydar 
Navoiyning vafotidan sal ilgariroq, y a ’ni hijriy 905/1499 - 1500 
mil.) yili 
Toshkentda tugilgan. Umrining asosiy qismi 
Q oshg‘arda va oxiri Hindistonda o ig a n . Unda Navoiy haqidagi 
m a’lumotlami ulug4 shoimi shaxsan tanigan kishilardan olish 
imkoniyati yo‘q edi. Hatto umrining oxirini boburiylar saroyida 
o ‘tkazgan Xondamir ham Mirzo Haydaming Hindga kelishidan 
taxminan yetti yilcha ilgari vafot etib ketgandi. Shunday 
bo igach , Mirzo Haydar bahs etilayotgan mavzu bo‘yicha o ‘z 
hamasrlari Faxriy va Som mirzochalik o ‘z m aium otlarini qayta 
tekshirib ko‘rish imkoniga ega emas edi. Uchinchidan, tarixiy 
asar yaratilish jarayonida m uallif ba’zida yozrna manbalarga 
emas, balki uzunquloq gaplarga tayanib, uiarni fakt sifatida qayd 
etganligi fanga m a’lum. Tarixchi olim T.Sultonov XV - XIX 
asrlarda yaratilgan tarixiy asarlar mazmuniga bag‘ishlangan 
tadqiqotida ta’kidlashicha, Mirzo Haydar ham ko ‘pgina 
o ‘rinlarda shu y o id a n borgan.84
X o‘sh, baxshilar kimlar? Semyonov Navoiy va Husayn 
Boyqaro munosabatlariga doir maqolasida “baxshilar - devon, 
mahkama xodimlari” deb quruqqina tushuntirish bilan cheklansa, 
T.Sultonov o‘z tadqiqotida boshqa bir munosabat bilan 
Abulg‘ozi Bahodirxonning ta’rifi va V.V.Bartoldning xulosasiga 
asoslanib, baxshi-kotiblaming mavqei va vazifalari haqida ancha 
tushuntirish beradi: “...Uyg‘ur xalqi orasida savodxon kishilar 
ko‘p b o ig an . Ular yozuv-chizuvlami yaxshi olib borishar va
83
Семенов A.A. Взаимоотношения Алишера Навои и Султана Хусейн 
Мирзы 

Download 101,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish