Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti



Download 358,14 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana10.04.2021
Hajmi358,14 Kb.
#62995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Adabiy tanqid 1-topshiriq

ishlarida  umumlashtirdilar.  Ularning  adabiyotimizning  tarixi,  oʻsha  davrdagi  adabiy  jarayon 

haqidagi  mulohazalari  natajasida  oltmishinchi-yetmishinchi  yillar  oʻzbek  adabiy  tanqidchiligida 

uslubiy  rang-baranglik,  risolalar  yaratish  tanqidchining  tarixiy-biografik  yondashuvi  borasida 

maʼlum muvaffaqiyatlarga erishildi. 

Maʼlumki, oʻzbek adabiy tanqidchiligining yaxlit tarixi XX asrning saksoninchi yillarigacha 

ham  yaratilmagan  edi.  1987  yilda  Oʻzbekiston  Fanlar  akademiyasi  qoshidagi  Til  va  adabiyot 

institutining  adabiyot  nazariyasi  va  adabiy  tanqid  boʻlimi  ilmiy  xodimlari  oʻzbek  adabiy  tanqidi 

tarixini  yozib,  chop  ettirdi.  Oʻzbek  adabiy  tanqidining  tugʻilishi  va  rivojlanish  bosqichlari  tahlil 

etilgan  mazkur  ikki  tomlik  milliy  adabiy  tanqidchilik  haqida  toʻliq  tasavvur  bera  oladi.  Lekin,  unda 

adabiy  tanqidning  juda  koʻp  muhim  masalalari  xususida  umumiy  tarzda  fikr  yuritilgan.  Masalan, 

oltmishinchi-yetmishinchi yillar adabiy tanqidchiligidagi mahorat va uslub rang-barangliklari hamda 

oʻzaro  taʼsir  masalalari,  tarixiy-biografik  yondashuv  tarzidagi  risolalar  talqini,  yozuvchi-tanqidchi 

faoliyatining  oʻziga  xos  jihatlari  haqida  umumiy  fikrlar  bilan  chegaralanib  qolgan.  Shuning  uchun 

ham mazkur masalalar atroflicha tahlil etilib, ularga doir maxsus tadqiqotlar yaratish zarurligi oʻz-

oʻzidan ravshandir. 

XX  asr  tanqidchiligida  oʻzbek  romani,  qissachiligi,  dramaturgiya,  poema  va  hikoyachiligi 

kabi adabiy tur va janrlarning tarkib topishi hamda taraqqiyot bosqichlarini ham keng tahlil kiluvchi 

tanqidiy  biografik  tadqiqotlar  amalga  oshirilishi  va  ularning  dunyoga  kelishida  jahon  adabiy 

tanqidchiligining  bu  sohada  qoʻlga  kiritgan  yutuqlarining  taʼsiri  sezilarli  boʻldi.  Adabiy  tanqid 

rivojiga  jurnallar  va  gazetalar  sahifalarida  badiiy  adabiyot  va  adabiy  tanqidchilikning  muhim 

masalalariga  bagʻishlangan  yozuvchi  va  tanqidchi  bahs-munozaralari  ham  salmoqli  taʼsir  oʻtkazdi. 

Bunday tadbirlar adabiy tanqidchilik yutuq va kamchiliklarini oʻz vaqtida aniqlashda muhim ahamiyat 

kasb  eta  bordi.  Ayni  paytda,  tanqid  nazariyasiga  oid  ilmiy-nazariy  fikrlar  ham  rivojlandi.  Oʻzbek 

mumtoz  va  XX  asr  boshidagi  jadid  adabiyotining  atoqli  namoyandalari  ijodi  yangicha  talqinlarini 

yaratish  borasida  bir  qator  ilmiy-tadqiqot  ishlari  amalga  oshirildi,  qolaversa,  jadidlar  hayoti  va 

ijodini  oʻrganish  bobida  dastlabki  qadamlar  tashlandi.  Bugungi  kunda  XX  asr  adabiy  tanqidchiligi 

qoʻlga kiritgan yutuq va kamchiliklar haqida bahs ochish, ularni ilmiy tadqiq etish hozirgi davr oʻzbek 

adabiyoti va tanqidchiligining tayanch nuqtalarini yanada kengroq idrok qilish, mustaqillik sharofati 

asosida  oʻzligimizni  anglashdagi  vazifalarimizni  yanada  chuqurroq  tushunishimizga  yordam  beradi. 

Ayni paytda, oʻzbek adabiy tanqidchiligida yutuqlar bilan birga, Gʻarb tanqidchiligidagi shablon va 

sxemalar  toʻgʻridan-toʻgʻri  olib  kirilganligi,  uning  oʻziga  xos  milliylik  qiyofasiga  maʼlum  darajada 

putur  yetishiga  sababchi  boʻlgan.  Bu  holatlarning  tub  mohiyatini,  endilikda,  jiddiy  oʻrganish 

zaruriyati  va  imkoniyati  yetilganligi  ham  sezilmoqda.  Qolaversa,  adabiy  tanqidchilik  bosib  oʻtgan 

yoʻlni  bugungi  istiqlol  va  mustaqillik  tafakkuri  va  mafkurasi  nuqtai  nazaridan  turib  tadqiq  qilish 

adabiy tanqid tarixi haqidagi yangicha tafakkur yoʻlini kengaytiradi. 

Adabiy  tanqid  birinchi  navbatda,  badiiy  asarning  yutuq  va  kamchiliklari,  mahorat  sirlari, 

hayot bilan adabiyotning chambarchas aloqasi haqida fikr yuritadi. Demak, u, ayni zamonda, maʼlum 

ijtimoiy  tuzum,  maʼlum  muhitda  faoliyat  koʻrsatgan  ilgʻor  ziyolilarning  falsafiy,  huquqiy,  axloqiy 

qarashlarini ham oʻzida mujassam etadi. Adabiy tanqidda sanʼat turlari va estetikaning uygʻunligini 

tabiiy  hol  deb  qaramoq  lozim.  Bu  uygʻunlik  adabiyot  va  sanʼatning  obrazlilik  asosidagi  fikrlash 

doirasini  yanada  kengaytirishga  xizmat  qiladi  va  adabiy  tanqidning  baʼzida  sanʼat  darajasiga 

koʻtarilishiga  ham  olib  keladi.  Yuqorida  taʼkidlaganimizdek,  tanqidchi  faylasuf,  huquqshunos, 

siyosatshunos  sifatida  faoliyat  koʻrsatgan  boʻlsa,  sanʼatkor,  yozuvchi  yoki  huquqshunosdan  koʻp 

hollarda  adabiy  tanqidchi  erishgan  fazilatlarga  ega  boʻlish  ham  talab  etilgan.  Fransuz 

maʼrifatparvarlarining  faoliyatida  bunday  uygʻunlik,  mushtaraklik,  ayniqsa,  yaqqol  koʻrinadi. 

Shuningdek,  adabiy  tanqidchi  yoki  huquqshunosning  yozuvchilik  faoliyati  bilan  shugʻullanishi  koʻp 

hollarda  amaliy  muvaffaqqiyatlarga  sabab  boʻlishi  azaldan  maʼlum.  Shu  bois,  shaxsning  oʻz  haq-

huquqlari  uchun  kurash,  sinfiy,  siyosiy,  iqtisodiy  tengsizliklarning  barcha  koʻrinishlariga  barham 

berish gʻoyalari ifodalangan badiiy detektiv asarlar va filmlarning mualliflari koʻproq huquqshunos-

yozuvchilar ekanligi ham tabiiy holdir. 


Shu  narsani  alohida  qayd  etish  kerakki,  Qodiriy,  Oybek,  Ayniy,  Choʻlpon,  Fitrat  kabi 

mashhur yozuvchilarimiz ham badiiy asar yozishga kirishishdan oldin, eng avvalo, mavzu taqozosiga 

koʻra,  qalamga  olinayotgan  maʼlum  tarixiy  davrni  chuqur  ilmiy  va  huquqiy  asoslarida  oʻrganib 

chiqqanlar. Masalan, Choʻlpon oʻzining “Kecha va kunduz” romanini yozishdan oldin chor Rossiyasi 

mustamlakasi boʻlgan tuzumdagi oddiy mehnatkashlarning ogʻir ahvoli va ularning huquqiy jihatdan 

nihoyatda himoyasiz ekanligini chuqur his etgan va tahlil qilgan. Yozuvchi asarida chor Rossiya idora 

usuli  va  davlat  boshqaruvidagi  maʼmuriy  tartib-qoidalar  faqat  hukmron  doira  uchun  xizmat  qilib, 

mahalliy  xalqni  qullik  kishanida  ushlab  turishga  qaratilganligini  sanʼatkorona  aks  ettirolgan. 

Romanda  Akbarali  mingboshining  zaharlab  oʻldirilishi  bilan  bogʻliq  sahna  vositasida  uning  kichik 

xotini Zebining mazkur jinoyatda ayblanishi va sud qilinishi jarayoni tasviri bu borada ahamiyatlidir. 

Sud  hayʼati  begunohligi  shundoqqina  koʻrinib  turgan,  aybsiz  aybdor  Zebi  ustidan  nohaq  hukm 

chiqaradi. Hakamlar sud hukmi bilan begunoh bir ayolning hayotiga zomin boʻlayotganliklarini ich-

ichidan  tan  oladilar  hamda  yerli  xalqning  qanchalar  himoyasiz  va  huquqsiz  ekanligidan  rohatlanib, 

kinoyali  kulib  qoʻyadilar.  Koʻramizki,  Choʻlpon  ijodkor  sifatida  mazkur  parchaga  chuqur  hayotiy 

mazmun  bagʻishlagan,  uni  oʻsha  tuzumni  fosh  etuvchi  qurolga  aylantira  olgan.  Umuman,  oʻzbek 

yozuvchilari ijtimoiy-huquqiy mavzularda muntazam qalam tebratib, jamiyatdagi adolatsizliklarni fosh 

etganligi  haqida  yana  koʻplab  misollar  keltirish  mumkin.  Oybek,  Abdulla  Qahhor,  Said  Ahmad, 

Mirmuhsin,  Odil  Yoqubov,  Pirimqul  Qodirov,  Shukur  Xolmirzayev  asarlarini  tahlil  qilar  ekanmiz, 

ularni  hayot  muammolaridan,  xususan,  dolzarb  ijtimoiy-huquqiy  masalalardan  xoli  holda  oʻrganib 

boʻlmaydi. Ularning ijodida zamondoshlarimiz hayotining turli qatlamlari jiddiy toʻqnashuvlar, keskin 

ziddiyatlar, qarama-qarshi kuchlar kurashi vositasida yorqin obrazlarda jonlantirildi. Adolat, haqiqat 

uchun faol kurashuvchi qahramonlar taqdiri koʻplab kishilarga maʼnaviy saboq berdi, dunyoqarash, 

huquqiy madaniyatni yuksaltirishda muhim omil boʻldi. Xullas, adabiy tanqid atrofidagi munozaralar, 

ilmiy  bahslar,  bir-birini  tasdiqlovchi  yoki  inkor  etuvchi  turli  xil  qarashlarning  yuz  berishi  tabiiy  hol 

boʻlib, ular sogʻlom adabiy muhit shakllanishida asosiy tamoyil sifatida xizmat qiladi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Download 358,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish