Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti



Download 358,14 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana10.04.2021
Hajmi358,14 Kb.
#62995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Adabiy tanqid 1-topshiriq

3. U.Normatov qodiriyshunos 

Umarali  Normatov  (1931).  O`zbek  adabiyotshunoslari  va  tanqidchilari  orasida  filologiya 

fanlari  doktori,  professor  O‘zbekistonda  xizmat  ko'rsatgan  fan  arbobi,  Hamza  nomidagi  Respublika 

Davlat mukofoti sovindori Umarali Normatov o‘z o‘rni va uslubiga ega hozirjavob ijodkor, iste’dodli 

tanqidchi  sifatida  mashhur.  U  yarim  asrdan  buyon  adabiy  jarayonga  faol  qatnashib,  kitobxon  didini 

shakllantirishga, o`zbek adabiy tanqidiy tafakkuri taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. 

U.Normatovning Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor ijodlari haqidagi tadqiqotlari, maqolalari 

adabiy  jarayonda  o‘ziga  xos  o‘rin  tutadi.  Chunonchi,  A.Qodiriyning  «Obid  ketmon»  asari  haqidagi 

«Orttirmay va kamitmay» degan maqolasi 90-yillar o'zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligida ham, 

qodiriyshunoslikda  ham  badiiy  asarga  yangicha  yondashuv  namunasi  bo`ldi.  «O‘tkan  kunlar» 

hayrati»  deb  nomlangan  qo`llanma  umumta'lim  maktablari  adabiyot  o‘qituvchilari  va  yuqori  sinf 

o'quvchilariga mo`ljallangan bo`lib, unda o‘zbek adabiyoti dasturi va darsligidagi Abdulla Qodiriyga 

oid, ayniqsa, adibning shoh asari «O‘tkan kunlar» romani, uning ijodiy tarixi, yangi o‘zbek adabiyoti 

rivojidagi  o‘rni  haqidagi  ma’lumotlar  ancha  yangilandi.  Bu  risolaning  ahamiyati  shundaki,  unda 

A.Qodiriy ijodiga mustaqillik mafkurasi nuqtayi nazaridan baho beriladi. Asar va uning qahramonlari 

haqidagi  yangicha  talqinlar  o‘quvchilarni  Qodiriy  romanlarini  qaytadan  o‘qishga  chorladi.  Olim 

«O‘tkan  kunlar»  romani  bilan  o‘zbek  adabiyotining  obrazlar,  xarakterlar  silsilasida  yangi  davr 

boshlanganligini  hazrat  Navoiyning  ijodiy  jasorati  bilan  qiyoslaydi.  Kitobning  «Qismat  va  jasorat», 

«Otaga  ta  ’zim  »  bo`limlaridagi  izlanishlar  qahramonlar  talqinining  yangi  bosqichga 

ko‘tarilayotganidan  darak  beradi.  Olimning  A.Qodiriy  haqidagi  izlanishlarini  umumlashtirgan 

«Qodiriy mo‘jizasi» kitobi istiqlol davri o ‘zbek adabiyotshunosligi va qodiriyshunosligini boyitishda 

muhim  rol  o'ynadi.  U.Normatov  mustaqillik  davri  adabiy  jarayonini  muttasil  va  sinchkovlik  bilan 

kuzatib, salmoqli tadqiqotlarini e’lon qildi. «Umidbaxsh tamoyillar» deb nomlangan risolasida, «Ijod 

sehri»  kitobida  buni  yaqqol  ko‘rish  mumkin.  «Universitet  saboqlari  va  ilhomlari»  deb  nomlangan 

maqola (2007) A.Qahhor tavalludining 100 yilligi munosabati bilan yozilgan. Unda adibning shaxs va 

ijodkor  sifatida  shakllanishida  hayotiy  ma’naviy  omillar  qatorida  u  ta’lim  olgan  muhit,  ustozlar 

ta’sirining o‘rniga e ’tibor qaratiladi. «Ustoz ibrati» risolasi, «Qahhorni anglash mashaqqati» kitobi 

yozuvchi  ijodi,  shaxsi,  shijoati,  asarlarining  ijodiy  tarixi,  bahslarga  sababchi  bo`lgan  asarlari 

haqidagi  yangicha  qarashlar,  mushohadalarga  undovchi  xulosalarga  boyligi  bilan  e’tiborni  tortadi. 

Ayni  paytda,  bu  kitob  shogirdning  ustozga  chinakam  ehtiromi  hamdir.  Istiqlol  mutaxassislar  oldiga 

barcha fanlar, xususan, ijtimoiy gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha yangi tuzum talablariga javob bera 

oladigan darslik, qo`llanmalar yaratishdek muhim sohada ham U. Normatov faolligini namoyish etdi. 

U  N.Karimov  va  B.Nazarovlar  bilan  hammualliflikda  11-sinf  uchun  «XX  asr  o‘zbek  adabiyoti» 

darsligini  yaratdi.  Unda milliy uyg'onish davrining buyuk namoyandalari ijodi  mustaqillik g‘oyalari 

ruhida  talqin  etildi.  9-sinf  uchun  yaratilgan  adabiyot  darsligining  mualliflaridan  biri  ham 

U.Normatovdir.  Universitetlar  va  pedagogika  institutlari  talabalari  uchun  yozilgan  «XX  asr  o‘zbck 

adabiyoti  tarixi»  darsligi  ham  O.Sharafiddinov,  N  .Karimov,  S.M  am  ajonov,  B.Nazarov  va 

U.Normatov hamkorligida yaratildi. 

 

 

 



Download 358,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish