5. Tanqidchi uslubi va mahorat muammosi
Haqiqiy oʻtmishimizni chuqur bilish, milliy iftixor tuygʻularini oʻstirish asosida, oʻzligimizni
yanada teran anglash uchun adabiy tanqidchilik haqida bahs yuritish muhim ahamiyatga ega. Zero,
adabiy tanqid jamiyat va adabiyot hodisalarini haqqoniy baholash orqali xalqning maʼnaviy
saviyasini yuksaltirish, estetik didini tarbiyalab, komil insonni shakllantirishdek ezgu ishga katta
yordam beradi. Milliy istiqlol mafkurasi va hozirgi kunda kechayotgan shiddatli hayotiy oʻzgarishlar
jarayoni ham oʻzbek adabiy tanqidchiligi bosib oʻtgan tarixiy yoʻlga ilmiy jihatdan haqqoniy baho
berish va teran yoritishni taqozo etadi. Yangilanayotgan davr muammolari adabiy tanqid oldiga
muhim vazifalar, qator maʼnaviy talablarni qoʻymokda. Shuning uchun ham milliy iftixor tuygʻularini
oʻstirish, mustaqillik ruhini chuqur anglash uchun jamiyat taraqqiyoti va adabiy jarayon haqida ilmiy
bahs yurituvchi adabiy tanqid xususida soʻzlash, uning bosib oʻtgan yoʻli, shoʻro davrida duch kelgan
muammo, tazyiqlarni tahlil etish va ulardan zarur saboqlar chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi.
Maʼlumki, adabiy tanqidning paydo boʻlishi va rivojlanishida, avvalo, kitobxonning ijtimoiy
estetik ehtiyojlari yetakchi ahamiyatga ega boʻlgan. Chunki biror-bir badiiy asarni oʻqib chiqqan
savodxon oʻquvchida oʻz fikr-mulohazalarini bayon etish, qolaversa, muallif bilan fikrlashish istagi
paydo boʻladi. Ana shu maʼnaviy ehtiyoj davrlar oʻtishi bilan adabiy tanqidchilikning yuzaga
kelishiga, maxsus fan sifatida shakllanishiga sharoit tugʻdirgan. Adabiy-tanqidiy asarlarda badiiy
asarning yutuq va kamchiliklari, ijodkorning badiiy mahorati haqida ilmiy mulohaza yuritilibgina
qolmasdan, muayyan bir jamiyatning ijtimoiy manfaatlari ham aks etgan boʻladi va, umuman, bu soha
qadimdan falsafa, estetika, etika fanlari bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanib kelgan. Shuning uchun
ham Epikur va Aristotel zamonidan boshlab, adabiy tanqidchiga faylasuf, tarixchi – siyosatshunos,
huquqshunos, ruhshunos sifatida ham qarab kelingan. Xullas, tarixiy-adabiy manbalar
“adabiyotshunoslik”, “adabiy tanqid”, “tanqidchi” atamalari, jahon adabiyoti va ilmiy tafakkuri
taraqqiyotida koʻp yillik tarixga ega. Agar oʻzbek adabiyoti tarixiga nazar tashlasak, yigirmanchi
asrgacha boʻlgan davrlarda adabiyotshunoslik va adabiy-tanqidiy qarashlar zamonaviy
tanqidchilikdan farqli tarzda mavjud boʻlganini kuzatish mumkin. Oʻtmishda adabiyotshunoslik va
adabiy tanqid fan sifatida mustaqil bir yoʻnalishda boʻlmagan. Shunday esa-da, bu soha qadim-
qadimdan boshlab sheʼriy shaklda tazkiralardan, adabiyotshunoslikka oid baʼzi bir risolalardan,
tarixiy-badiiy yodnomalardan oʻrin olib, rivojlanib kelgan. Ayniqsa, sheʼr va sheʼriyat ilmiga oid
risolalar hamda tazkiralardagi adabiy-tanqidiy tafakkurga oid turli xil fikr va qarashlar mumtoz
adabiyot taraqqiyotida muhim oʻrin tutgan.
Taʼkidlash joizki, Sharqda Navoiygacha va undan keyin ham adabiyotshunoslik bobida koʻp
xayrli ishlar qilinib, bir talay asarlar yozilgan. Sheʼriyat nazariyasi va tanqidchiligiga oid fikr-
Do'stlaringiz bilan baham: |