2. Olimlar ijodi bo’yicha “Bibliografik jadval”ni to`ldiring
№
Asar nomi
Nashr etilgan yili
Kitoblari
1
2
1. Munaqqidning fidoyiligi.
Abdug'afur Rasulov 1937-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan olim SAGU (hozirgi O‘zMU)ning
filologiya fakultetida o‘qidi (1954~1959), o‘zi tahsil olgan fakultet aspiranturasida tahsil oldi (1961-
1964). “Hozirgi o'zbek qissalarida yoshlar xarakteri” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini himoya
qildi (1966). Olim yuzlab maqola, taqriz va o‘nlab kitoblari bilan tanqidchilar orasida o‘ziga xos o‘rin
egallaydi. «Yangi zamon – yangi qahramon», «O‘zbek prozasi kamoli», «Olim va taijimon» (O.
Sharafiddinov bilan hammualliflikda), «Ilmi g'aribani qo'msab», «Iste’dod va e ’tiqod», «Ardoqli
adib», «Sharafli Sharafiddinovlar», «Betakror o‘zlik» va boshqa kitoblari ana shunday izlanishlar
mahsulidir. «Hozirgi o‘zbek tanqidchiligida talqin va tahlil muammosi» (2002) mavzuida filologiya
fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilgan olim «O'zbekiston
respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» (2003), «O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi»
(2007) unvonlariga sazovor bo'ldi. 2004- yildan O‘zMU o'zbck filologiyasi fakulteti «Jahon adabiyoti
va nazariya» kafedrasining professori sifatida talabalarga saboq berib kelmoqda. A.Rasulov sinchkov
tanqidchidir. Sinchkovlik, har bir narsaga e’tibor bilan qarash uning tabiiy, tug'ma xususiyatlaridan
hisoblanadi. Sinchkovlik, adabiy hodisalarga teran e’tibor bilan qarash, tushunish, tahlil qilish, doim
ijodiy jarayonlar ichida bo`lish – adabiy tanqidchining yetakchi xususiyatlaridan. Munaqqid qalamini
taqrizda sinab ko'rishi, qayrashi ma'lum. A.Rasulov ham taqriz janrida faol ijod qilib, iste’dodlarning
birinchi kitoblariga taqrizlar yozib, ularni katta ijodga yo'lladi. Olim dastlabki taqrizlardan tortib, 70
yosh bo‘sag‘asida yozganlarigacha, tanqidchilikning mana shu ixcham janrida katta mehnat qildi,
yuzlab go'zal taqrizlar yaratdi. Taqriz qay yo‘sinda yozilmasin, qanday maqsadni ilgari surmasin,
undan murod asarni tushunish, baholash, tushunganlarini kitobxonlar ommasiga yetkazish ekanini
munaqqid yaxshi anglaydi va har bir taqrizni yozayotganda badiiy matnga ana shu azaliy va porloq
talab bilan yondashadi. U asarni dastlab o'qish, uqish, tushunish, o`zlashtirish, badiiy idrok etish
lozimligiri ilmiy ijodiy jarayon sifatida qabul qiladi va bu jarayonda o‘zini ham kitobxon, ham
mutaxassis deb biladi. Asarning yozilishidan to uning kitobxonlar tomonidan qabul qilinishigacha
bo‘lgan bosqich – tanqidchining bu jarayondagi dolzarb faoliyati qanday natijalaiga olib kelishi
mumkinligini u olimona anglaydi. Ko‘rinadiki, taqriznavislik munaqqiddan hissiy tayyorgarlik,
adabiy fahmlilik va ifoda salohiyati talab qiladigan ilmiy ijodiy jarayondir. «Abdug'afur Rasulovning
ixcham taqrizlari asarni ommaga tanitibgina qo`ymay, uning qatida yotgan pinhoniy ma'nolarni
imkoni qadar ochishga yo‘naltirilgan bo`ladi». Haqiqatan, taqriz yozish uchun iste’dod, sinchkovlik
va bilim zarur. Olimning taqrizlari shuning uchun ham o'qishli, u tavsiya etayotgan asarni kitobxon
darhol topish, o‘qishga kirishadi. Asarni chuqurroq tushunishida tanqidchi taqrizlari yo‘lboshchilik
qiladi, desak adashmaymiz. Shu bilan birga, taqriz qilinayotgan asarni yozgan adibning yoki
shoirning avvalgi asarlarini yaxshi biladigan munaqqidgina uning yangi asari shu adib ijodida
qanday o‘rin tutishini belgilay oladi. Uni adabiy jarayondagi shu xildagi boshqa asarlar bilan
qiyoslagandagina asarning milliy adabiyotimizdagi o‘rnini ko‘rsatib berish imkoni tug’iladi.
A.Rasulov ana shu imkoniyatlaming mohir ustasi ekani uning devarli har bir taqrizidan yaqqol sezilib
turadi. Tanqid nazariyasi sohasidagi tadqiqotlar. Olimning «Tanqidchilik ufqlari» (1985) nomli
adabiy-tanqidiy maqolalar to ‘plamida XX asrning 70 – yillarida faoliyat yuritgan munaqqidlar
hamda tanqidchilik nazariyasi haqidagi atroflicha qarashlar e’tiborni tortadi. U adabiy tanqid
muammolarini adabiyotshunoslik, badiiy ijod, falsafa, estetika bilan mustahkam aloqadorlikda
tekshiradi va tafakkur yo`siniga ko’ra uning o`ziga xos mustaqil xislatlarini ochib beradi.
A.Rasulovning «llmi g‘aribani qo'msab...» nomli mo`jazgina risolasi o'zbek adabiyotshunosligida hali
o'rganilmagan muammolarni, ayniqsa, mumtoz adabiyotshunoslikdagi tanqidiy tafakkurning
xosliklarini, talqin masalasidagi mumtoz nazokatlarni o‘rganishga qaratilgan. Ilmi g‘ariba kitobxonni
hayratga solish darajasida tasvirlash, san’atini tushunish, his qilish ilmidir. Sharq mutafakkirlari so‘z
san’atida ifodalangan ichki ma’nolar tizimiga alohida e’tibor berganlar. Bir bayt qatlariga bir
qancha ma’no va lafziy san’atlarni singdirib yuborganlar. Bunday go‘zal ifodalarni tushunish uchun
o‘zbek mumtoz adabiyotshunosligidagi ilmi qofiya, ilmi bade’, ilmi sharh kabi ilmi g‘ariba
madrasalarda maxsus ilm sifatida o‘rgatilgan. Afsuski, sho‘rolar davrida «san’at san’at uchun»
g‘oyasiga qarshi kurash, xalqchilik niqobi ostida bunday go‘zal san’atlar unutilayozdi, noyob badiiy
so‘z jo`nlashtirildi, siyqalashtirildi. A.Rasulov hozirgi tanqidchilikni mumtoz adabiyotda katta
e’tiborda bo`lgan «ilmi g‘ariba», «ilmi dark» bilan bog`laydi. G ‘arbdagi germenevlika, aksiologiya
tahlili mumtoz sharq adabiyotshunosligidagi tafsir, sharh ilmi bilan yaqin jihatlarini asosli tadqiq
etadi. Bu kitobga atoqli o‘zbek adibi P.Qodirovning yuqori baho bergani bejiz emas. Asarning
ahamiyati shundaki, muallif mumtoz tanqidchiligimiz qa’riga chuqur kira olgan, o'tmishning
Rabg'uziy, Sayfi Saroyi, Alisher Navoiy, Voiz Koshifiy, Atoulloh Husayniy kabi ulug‘ ijodkorlari
tanqidiy qarashlarini o‘ziga xos tadqiq etgan va hozirgi zamon adabiy tanqidchiligi bilan bog`lagan.
Olim «Tanqid, tahlil, baholash» deb nomlangan monografiyasida o‘zbek tanqidi bosib o‘tgan yo`lni
teran tahlil qildi. Tanqidning talqin va tushunish bilan bog‘liq keng sohalarini jahon
tanqidshunosligining bugungi darajasidan kelib chiqib yoritdi. Aksiologiya, semiotika, interpretatsiya,
strukturalizm, baholash, modern adabiyoti to‘g‘risida kuzatishlarni o`zbek tanqidchiligiga olib kirdi.
Tanqid ham endi o‘z e’tiqodlari, tushunchalari, qarashlarini o'zgartirishi, yangilashi, dunyoda
kezayotgan g`oyalar bilan hamohang bo`lishi zarur, degan fikrni ilgari suradi munaqqid. A.Rasulov
adabiy – badiiy tanqiddagi baholash tabiati va fazilatini uning bosh vazifasi deb tushunadi, lekin
baholash madhiyabozlikka aylanmasligi lozimligini to‘g‘ri ta’kidlaydi. Uning baholash faqat matn
yuzasidan emas, badiiy asarning butun borlig`idan kelib chiqishi, ya'ni baholashda asardan tashqari,
yozuvchi shaxsiyati, butun ijod yo‘li va adabiy jarayon yaxlitligi ham hisobga olinishi lozimligi
haqidagi fikrlari, ayniqsa, e’tiborlidir. Olimning ushbu tadqiqoti so‘nggi davr o'zbek
adabiyotshunosligining jiddiy yutuqlaridan biri sifatida baholanishga loyiqdir. Unda ilgari surilgan
ilmiy-nazariy xulosalar, dolzarb muammolar o‘zbek adabiyot nazariyasi va adabiy tanqidining
metodologik asoslarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |