mulohazalar oʻtmishda nafaqat tazkiralarda, balki Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Bobur kabi
maʼnaviyatimizning ulugʻ namoyandalari asarlarida ham keng ifoda etilganki, bu jihatdan ularning
sheʼr va shoirlik masʼuliyati haqidagi qarashlari adabiyotshunoslik, adabiy tanqid ilmining rivojiga
sezilarli taʼsir etgan. Masalan, Forobiy sheʼr sanʼati va uning vazifasini shunday belgilaydi: “Bu
sanʼat – biror maqsadni amalga oshirayotgan paytda, yoʻldan chiqib ketmaslikka yordam beruvchi va
inson xayolini qogʻozda namoyon etuvchi sanʼatdir. Sheʼrning olti xili bor. Shundan uchtasi yaxshi va
uchtasi
yomondir.
Yaxshilardan
biri
shuki,
uning
yordamida
inson
aqliy
quvvatini
mukammallashtiradi, saodatga olib boruvchi fikri oydinlashadi, yaxshi ishlarga, fazilatli boʻlishga
ilhomlanadi, xasislik, yomon va qabih ishlardan saqlanadi. Ikkinchi yaxshi xili kishining ruhiy
sezgilarini yuksaltiradi, haddan tashqari ehtiyotkorlikdan xoli qiladi, izzat-nafsni saqlaydi,
gʻazablanishdan, yomon ishlardan ehtiyot qilishga yordam beradi. Uchinchisi kishini zaiflikdan
saqlaydi, uning nafsini, hirsini tiyadi, gʻamdan xalos qiladi, yomonlik oldida ana shu yuqorida qayd
qilingan ijobiy xislatlarni namoyon etishga yordam beradi”.
Oʻzbekistonda adabiy-tanqidiy qarashlar va adabiyotshunoslik ilmining rivoji XIX asrning
ikkinchi yarmidan yangicha tamoyillar kasb eta boshladi. Taniqli adabiyotshunos olim Baxtiyor
Nazarovning taʼkidlashicha, XIX asrning ikkinchi yarmidagi oʻzbek matbuotiga, xususan, “Turkiston
viloyatining gazeti”ga nazar tashlansa, bugungi tushunchamizga oʻxshash xususiyatlarga ega boʻlgan
adabiy-tanqidiy maqolalarga duch kelish mumkin va, aynan, oʻsha davrdan boshlab tom maʼnodagi
malakali tanqidchilikka asos solindi.
XX asr shoʻro tanqidchiligi esa adabiy jarayon va yozuvchi erkiga zoʻrakilik bilan taʼsir
oʻtkazishga moslashgan edi. Bu hol xatolarni keltirib chiqardi. Lekin kommunistik mafkuraviylik va
davr siyosatidan qatʼi nazar, adabiy tanqidning bosib oʻtgan ogʻir yoʻlida maʼlum ijodiy samaralar,
jumladan, badiiy mahorat, ijodiy oʻziga xoslikning xususiyatlarini ochib bergan tadqiqotlar yuzaga
keldiki, ularni bugungi kunda har tomonlama oʻrganish muhim ahamiyatga ega. Masalan oltmishinchi
yillardan boshlab, adabiy tanqidchilikda yozuvchining hayotiy voqealarning falsafiy mohiyatini
chuqur tushunishiga va istiqbolni koʻrishiga yordam beradigan dolzarb maqolalar yuzaga keldi.
Tanqidchilikdagi bir qolipli qarashlar va sunʼiylikdan bar qadar voz kechildi. Badiiy asarni sanʼat
hodisasi tarzida tahlil qilishga, yaʼni, koʻproq badiiy-estetik masalalarga eʼtibor berildi. Izzat Sulton,
Homil Yoqubov, Vohid Zohidov, Gʻulom Karimov, Matyoqub Qoʻshjonov, Aziz Qayumov, Ozod
Sharafiddinov, Laziz Qayumov, Salohiddin Mamajonov, Umarali Normatov, Ibrohim Gʻafurov,
Nuriddin Shukurov, Sobir Mirvaliyev, Baxtiyor Nazarov, Norboy Xudoyberganov singari tanqidchilar
adabiy jarayonda yuz berayotgan hodisa va oʻzgarishlarni oʻzlarining maqolalari hamda ilmiy
Do'stlaringiz bilan baham: |