Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy urf – odatlar va ananalar asosida mexr shafqat hislarini tarbiyalash


  Navoiyxonlik  xaftasi  rejasini  tuzish



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/24
Sana03.04.2021
Hajmi0,69 Mb.
#62674
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuygularni shakillantirish

3.  Navoiyxonlik  xaftasi  rejasini  tuzish.  Maqsad:  bolalar  qalbini  Navoiy 

ijodi bilan sug‘orish. Bolalarni ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirish. 



4.  Konstitutsiya  saboqlari  bilan  tanishtirish.  Maqsad:  Ahloq  va  huquqiy 

tushunchalarining  uzviy  birligini  anglashlik,  odob-ahloq,  meyorlariga  qat’iy  amal 

qilish ko‘nikmasini hosil qilishdir.  



 

34 


5. Milliy muzey tashkil etish. Maqsad: bolalarga amaliy san’at namunalari, 

milliy kiyimlar, taqinchoqlar, idish-tovoqlar haqida  ma’lumot berish.  



6. Ma’naviyat xonasini tashkil etish. Maqsad: tarixiy  siymolar, Prezident, 

madhiya,  bayroq,  gerb,  haqida  qisqacha  ma’lumot  berish.  Maktabgacha  ta’lim 

muassasalari  tarbiyalanuvchilari  milliy  g‘urur  tushunchasini  anglashining 

ahamiyati  kattadir.  Milliy  g‘urur  tushunchasini  anglashning  tiklanishi  esa,  o‘z 

navbatida, mustaqil jamiyatimizning ijtimoiy iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’naviy 

zaminlarining mustahkamlanishiga sabab bo‘ladi. Bu hikmatli so‘zlar bir qarashda 

ota-onalarga  qarata  aytilgan  fikrdek  tuyuladi.  Biroq,  uning  mantiqiy  ma’nosi 

pedagog-tarbiyachilar faoliyati bilan bog‘liqdir.  

Shuningdek,  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyachilari,  muassasada 

tarbiyalanayotgan  bolalar  bilan  o‘z  farzandlari  kabi  yaqin  bo‘lmog‘i  lozim. 

Chunki,  ular  ham  ota-ona,  ham  pedagog-tarbiyachi  vazifasini  o‘taydilar.  Demak, 

maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  faoliyat  ko‘rsatuvchi  tarbiyachilar  o‘z 

tarbiyalanuvchilariga  nisbatan  o‘ta  shirinso‘z,  muloyim,  xushmuomlali  va  ayni 

chog‘da, talabchan bo‘lishlari zarur. 

Qomusiy  olim  Al-Beruniy  o‘kitishda  «o‘quvchining  qiziqishi  va  intilishi 

hisobga olinishi va muallim o‘z shogirdiga xushmuomalali bo‘lishini ta’kidlaydi». 

 

Sharq  mutafakkirlari  asrlar  mobaynida  o‘z  ijodi  va  faoliyatlari  bilan 



yoshlarga  ibrat  bo‘lib  kelishmokda.  Ularning  qoldirgan  badiiy-estetik  meroslari, 

biz  tadqiqot-tajriba  ishlari  olib  borayotgan  maktabgacha  ta’lim  muassasalari 

tarbiyalanuvchilarida, 

Vatanga 


mehr-muhabbat, 

umuminsoniy, 

milliy 

qadriyatlarimiz  bilan  g‘ururlanish  va  ularni  avaylab-asrash,  ravnaq  toptirishga 

intilishlari uchun muhim manbalardir. 

 Darhaqiqat, 

sharqona 

ahloq-odob, 

vatanparvarlik, 

insonparvarlik, 

xalqparvarlik,  rostguylik,  hiyonat  har  tomonlama  barkamol  insonning  ma’naviy 

qiyofasidir. Shuningdek, ma’naviyati yuksak inson xdromdan xalolni farklab olib, 

haromga, poklik bilan nopoklikni ajratib, nopoklikka, hiyonatdan diyonatni ajratib, 

hiyonatga, adolatsizlikka qarshi kurasha oladi.  




 

35 


Mutafakkir-olimlar xalqning qadimiy bayram an’analari, marosimlari va ular 

bilan bog‘lik urf-odatlari haqida o‘z asarlarida qimmatli ma’lumotlar qoldirganlar. 

Ularda „Navro‘z”, „Mehrjon”,  Qurbon xayiti”, „Ramazon xayiti” kabi bayramlar 

haqida  ma’lumot  berganlar.  Bu  bayramlar  insonlarni  bir-biriga  mehr-muruvvatli, 

xayr-saxovatli  bo‘lish,  yetim-yesirlar,  qarindosh-urug‘lar  holidan  habar  olish, 

o‘zbekona  odatlarimizga  sodiqlik,  Vatanni  sevish  va  ardoqlash,  u  bilan 

g‘ururlanish kabi his-tuyg‘ularni shakllantirish muhim hisoblanadi. 

Bu mutafakkir-olimlar xalqning qadimiy bayram an’analari, marosimlari va 

ular  bilan  bog‘liq  urf-odatlari  Masalan,  „Navro‘z"  bayramida  shirinliklar  hadya 

etish (hayotning shirin bo‘lishini tilash), sovg‘a-salomlar berish, gul sovg‘a qilish 

(guldek  nafis,  go‘zal  hayot  tilash),  bir-birlariga  suv  sepish  (suv  mul  bo‘lsin, 

hosildorlik  yuqori  bo‘lsin  degan  ma’noda)  va  boshqa  urf-odatlar    joriy    etilgan.  

Bularning  barcha  shakllar   

muassasasi  tarbiyalanuvchilarining  milliy  tuyg‘uni  shakllantirishga  xizmat 

maktabgacha ta’lim qiladi. 

O‘zbek  xalq  og‘zaki  ijodi  (afsona,  rivoyat,  ertak,  doston,  maqol,  matal, 

qo‘shiq)  namunalari  xalkning  turmush  tarzi,  ahloq-odobi,  urf-odatlari,  an’analari, 

diniy  e’tiqodni  o‘zida  mujassam  etadi.  Orzu-umidlarni,  mehnatga  ijobiy 

munosabatni,  vatanparvarlikni,  sadoqatni,  erk  va  ozodlik  yo‘lidagi  mardonavor 

kurashni,  moddiy  va  ma’naviy  ehtiyojlarni  qondirish,  kelajakdagi    farovon 

turmushga ishonchni ifodalaydi. 

Xalq  og‘zaki  ijodining  qadimiy  janrlaridan  biri  afsonalardir.  „Iskandarning 

shoxi bor”, „Luqmoni hakim”, „Shirin qiz”, „Yolg‘on so‘z siri”,  

„Tilla  baliq  tog‘i”  kabi  afsonalar  azaldan  sharq  xalqlarining  tabiatiga  xos 

mardlik,  vatanparvarlik,  xalkparvarlik,  adolat,  erksevarlik,  vafodorlik  kabi 

fazilatlarni tarbiyalaydi. 

Rivoyatlar  esa  mavjud  hayotiy  ma’lumotlarga  tayangan  holda,  badiiy 

tuqimalar  orqali  insoniy  qadriyatlar,  insonning  ezgu  orzu-umidlari,  armonlari, 

quvonchlari,  tashvishlari,  g‘am-qayg‘ulari,  ehtiroslarini  aks  ettiradi.  Rivoyatlar 

negizida tarixiy shaxslar hayoti, ma’naviy faoliyati yotadi.  




 

36 


Masalan, Jaloliddin Manguberdi Vatanni tashqi dushmandan himoya qilgan 

va jonini fido etgan, Amir Temur o‘z xalqi, Vatanning osoyishtaligi, uning milliy 

g‘ururi yo‘lida jang qilgan, Bobur o‘z Vatanidan yiroqda bo‘lishiga qaramay, o‘z 

xalqini, Vatanini e’zozlab, ularni qumsab yashagan. Navoiy, Nodira, Uvaysiy kabi 

mutafakkirlarimizning  insoniyligi, buyukligi, Vatanga hurmati, mehr-muhabbatini 

ifodalovchi qator rivoyatlar mavjud.  

Bundan  tashqari,  Uchtepa,  Besh-ariq,  Buxoro,  Navoiy,  Xorazm, 

Surxondaryo  kabi  joy  nomlari  haqidagi  rivoyatlar  ham  maktabgacha  ta’lim 

muassasalari  tarbiyalanuvchilarining  milliy  tuyg‘ularni  shakllantirishda  va 

o‘zligini anglatishda muhim ahamiyatga moliqdir. 

Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida  milliy  tuyg‘ularni 

shakllantirishda  shakllarida,  xalq  og‘zaki  ijodining  marosim  qo‘shiqlari  ham 

alohida  o‘rin  tutadi.  Marosim  qo‘shiqlari  insonlarning  tabiatga,  voqelikka  estetik 

munosabatlarini  bildiruvchi  tasavvurlari,  ishonchlari,  orzu-umidlari,  ahloqiy 

qarashlarini shakllantirishga yordam beradi. 

Ertaklar esa ta’sirchan janr bo‘lib, bolalarning ruhiy va yosh xususiyatlariga 

ko‘ra,  ma’naviy  ongiga,  faoliyati  mazmuniga,  hissiyotiga  ijobiy  ta’sir  etadi. 

Ertaklarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniq bilgan bola unda ko‘tarilgan g‘oyaning 

asl mohiyatini tushunadi, ertaklarga xos badiiy to‘qimalardagi voqea-hodisalardan 

hayotiy  xulosa  chiqarishga  o‘rganadi.  Ma’lumki,  ertaklarning  g‘oyaviy 

yo‘nalishini  adolat,  jasurlik, qahramonlik,  ezgulik,  insonparvarlik,  farovon  hayot, 

vafo, xalqparvarlik kabi ma’naviy tushunchalar tashkil etadi. Shuning uchun ham 

momolarimiz, bobolarimiz o‘z nabiralarini doimo ertak bilan siylashgan. 

Xalq dostonlari xalq ma’naviy qadriyatlari, an’analari mujassamlashtirilgan 

xalq  og‘zaki  ijodi  janrlaridan  biri  bo‘lib,  unda  musiqa  bilan  she’riyat 

uyg‘unlashgan.  Dostonlarning  g‘oyaviy  va  ma’rifiy  ahamiyati  shundaki,  ularda 

yuksak  go‘zallikka  va  baxt-saodatga  erishishning  birdan-bir  yo‘li  maqsadlar  sari 

qat’iy  intilishdan,  sabr-chidam,  matonat,  mardlik,  qahramonlik  ko‘rsatishdan 

iboratdir, degan g‘oya ilgari suriladi. Dostonlarda milliy g‘urur tuyg‘usi kuylovchi 

va tinglovchi o‘rtasidagi badiiy-estetik muloqot shakllanadi.  




 

37 


Milliy  tuyg‘ularni  shakllantirishda  samarali  ta’sir  etuvchi  shakllardan  yana 

biri  -  latifalar  asosida  tarixiy  voqealar,  maishiy  hodisalar  yotadi.  Ziyraklik,  o‘tkir 

hajv,  hozirjavoblik,  hajm  jihatdan  ixchamlik,  mazmunan  teranlik  latifalarning 

asosiy tamoyili hisoblanadi. O‘zbek xalk latifalarining asosiy qahramoni Nasriddin 

qiyofasi  orqali  nodonlik,  ikkiyuzlamachilik,  firibgarlik,  munofiqlik,  ochko‘zlik, 

ayyorlik,  ishyoqmaslik  kabi  ma’naviyatga  zid  illatlar  qoralanadi.  Go‘zallik, 

donolik,  zukkolik,  rosguylik,  mehnatsevarlik,  mehmondo‘stlik,  himmat,  mehr-

oqibat, saxiylik, ilmlilik, insonparvarlik kabi yuksak qadriyatlar ulug‘lanadi.   

Maqol va matallar esa turli millat kishilarining ma’naviy yetuklik, zukkolik 

belgisi  bo‘lib,  ularning  tub  mohiyatlari,  orzu-armonlari  umumiyligining 

ko‘rsatkichlaridir. 

Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarda  milliy  tuyg‘ularni 

shakllantirish maqsadida olib borilayotgan tadqiqot - tajriba ishlari  jarayonida shu 

narsa  ma’lum  bo‘ldiki,  milliy  turmush  tarzimizga  yot  bo‘lgan  “jangari“ 

o‘yinchoqlar, mul’tfil’mlar, kinofil’mlardan imkon qadar foydalanmaslik, aksincha 

Sharqona  odob  va  bashariyatning  ezgu  intilishlarini  aks  ettiruvchi  o‘yinlar, 

o‘yinchoqlar,  rasmli  kitobchalar,  milliy  ertaklar  asosida  yaratilgan  mul’tfil’mlar, 

bolalardagi  ilk  yoshlikdan  mafkuraviy  karashlarning  tug‘ri  shakllanishida  qo‘l 

keladi. 

Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida  milliy  g‘urur, 

vatanparvarlik  va  davlat  ramzlari  to‘g‘risida  tasavvur  tushunchalarini  aniklashga 

doir bir necha metodlardan foydalanildi. 

So‘rovnoma-suhbat:  Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilari 

bilan  mashg‘ulotda,  milliy  g‘urur,  vatanparvarlik  mavzularida  suhbatlar  tashkil 

kilish,  tarbiyalanuvchi  bilan  tarbiyachi  o‘rtasidagi  hamkorlikni  mustahkamlab, 

ularning erkin, mustaqil fikrlash jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 

Mustaqil  tafakkurni  tarbiyalash  bo‘yicha:  “Vatanparvarlik  o‘z  o‘lkasini 

o‘rganish”,  ’’Mustaqil  vatanim  seni  kuylayman”,  Yosh  avlodni  O‘zbekiston 

madhiyasi,  gerbi,  bayrog‘i,  Konstitutsiyasiga  sadoqat  ruhida  tarbiyalash”,  Ona 

Vatan mustaqil O‘bekistonga sodiq bo‘lish”.  




 

38 


Buyuk  siymolar  bo‘yicha:  Amir  Temur,  Alisher  Navoiy,  Ulug‘bek,  Mirzo 

Bobur, Muso Xorazmiy, Ibn Sino, Jaloliddin Manguberdi.  

Milliy bayramlar bo‘yicha: “Navro‘z”, „Qurbon hayiti”, “Ramazon hayiti”va 

h- k.  


Pedagog-tarbiyachilar  ota-onalar  bilan  muntazam  ravishda  suhbatlar, 

uchrashuvlar  o‘tkazishi,  ularni  bolalarga  ta’lim-tarbiya  berish  bo‘yicha  amalga 

oshiradigan  ishining  mazmuni,  metodlari  bilan  tanishtirib  borishi,  oila 

tarbiyasidagi  ijobiy  namunalardan  o‘zining  ta’lim-tarbiyaviy  ishida  foydalanishi 

lozim. 

Bolalarda  mustaqillikni  tarbiyalash,  madaniy  xulq  odatlarini  shakllantirish, 

tengdoshlari  va  kattalar  bilan  munosabatda  bo‘lish,  faoliyat  madaniyatini 

shakllantirish,  buyumlarga  nisbatan  ehtiyotkorlik  bilan  munosabatda  bo‘lishni 

tarbiyalash,  bolalarnnng  yoshiga  xos  bo‘lgan  yaxshilik,  to‘g‘rilik,  haqqoniylik, 

jasurlik, kamtarlik kabi ahloqiy tasavvurlarni shakllantirish lozim. 

Milliy tuyg‘uni, xususan yosh avlod qalbiga va ongiga singdirishda jamiyat 

hayotining  barcha  sohalarini  qamrab  olish,  ta’lim-tarbiya,  targ‘ibot  va 

tashviqotning samarali usul va metodlaridan oqilona foydalanish taqozo etiladi. 

Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida  milliy  tuyg‘ularni 

tarbiyalashda  ta’lim-tarbiya  muassasalari,  jismoniy  tarbiya  va  sport,  oila  muhim 

o‘rin tutadi. 

Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida  milliy  tuyg‘ularni 

shakllantirish  asosida  ularni  ijtimoiy  hayotga, oilaviy  turmushga  jamiyatning  faol 

ishtirokchisi  va  mustaqillikni,  hukukiy  fuqarolik  asosidagi  demokratik  jamiyatni 

mustahkamlash  hamda  rivojlantirishga  xizmat  qiladigan  barkamol  inson  kilib 

yetishtirish birinchi navbatdagi vazifadir. 

Ona 


yurtiga, 

shahriga, 

qishlog‘iga 

bo‘lgan  muhabbat  dastlabki 

vatanparvarlik  hislarini  o‘yg‘otishga  asos  bo‘ladi.  Bolalarni  tanishtirish  uchun 

hamma  yerda  diqqatga  sazovor  joylari  bor.  Hamma  oilalarda  umumxalq 

bayramlari bo‘lgan navro‘z, hayit va boshqa kunlar keng bayram qilinadi.  



 

39 


Bolalar ham bu bayramlarda qatnashadilar. Maktabgacha ta’lim muassasalari 

tarbiyalanuvchilariga har bir bayram va tantananing ahamiyati ularning yoshlariga 

mos  holda  tushuntiriladi.  Bu  yerda  tarbiyachining  eng  muhim  vazifasi  - 

bolalarning  hissiyotlariga  ta’sir  etib,  ularda  o‘z  halqidan,  uning  qadriyatlarida 

g‘ururlanish  hissini  o‘yg‘otish,  mehnatsevar  odamlarga  xurmat  tuyg‘usini 

tarbiyalashga o‘rgatishdir. 




Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish