II bob yuzasidan xulosa:
Bitiruv malakaviy ishimizning II-bobida maktabgacha ta’lim muassasalari
tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirish vositalari, shakl va
metodlari bo‘lib bunda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida
milliy tuyg‘ularni shakllantirish vositalari, maktabgacha ta’lim muassasalari
tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishning shakl va metodlari keng
yoritib o‘tilgan
.
I I I. БОБ. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI
TARBIYALANUVCHILARIDA MILLIY TUYG‘ULARNI
SHAKLLANTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN TAJRIBA-SINOV ISHLARI
3.1. Maktabgacha talim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy
tuyg‘ularni shakllantirishda tadbirlar texnologiyasi.
Mustaqillik davridagi islohotlarning birinchi bosqichida butun xalqni,
asosan, yosh avlodni ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk insonlar qilib tarbiyalashda
ko‘zda tutilgan maqsadlarga erishildi. Bu davrda yosh avlod milliy qadriyatlar va
an’analarning tub mohiyatini bilishdi. O‘tmishda ajdodlarimizning jahon fani
ravnaqiga qo‘shgan buyuk ta’limoti bilan yaqindan tanishdi. Boshqacha aytganda,
yosh avlod o‘zligini angladi.
40
Darhaqiqat, Maktabgacha ta’lim muassalarida ta’lim-tarbiya ravnaqi,
bolalarning milliy g‘ururini tarbiyalash va yuksaltirish singari ijtimoiy-pedagogik
vazifalarni amalga oshirishda kuchli ijtimoiy siyosat
yaratib bergan imkoniyatlar salmog‘i katta bo‘lib, bunda tarbiyaviy ishlar
yuqoridagi masalani sifatli hal qilishga yo‘naltiridi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchi bolalarning milliy
tuyg‘ularini shakllantirish, tarbiyalash va takomillashtirish jarayonlarini puxta
tahlil qilish, shu muhim muammoni hal etish maqsadida o‘tkazilgan tajribalar
shuni ko‘rsatdiki, bolalarda e’tiqod, vatanparvarlik, xalqparvarlik, mardlik,
jasurlik, milliy tafakkur, metin iroda, kuchli xotira va milliy tuyg‘ular orqali
vujudga keladigan milliy g‘ururni tarbiyalashda milliy qadriyat va an’analar, urf-
odat va udumlar, tarixiy xalq qahramonlari va davlat arboblari faoliyati, xalq
og‘zaki ijodi, adabiyot va san’at, hozirgi mustaqillik davrida sodir bo‘layotgan
olamshumul voqea va hodisalar, mashg‘ulotlar va tarbiyaviy tadbirlar pedagogik-
psixologik omil va vositalar sifatida muhim rol o‘ynaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan tadbirlar turli-tuman
bo‘lishi kerak. Tarbiyalanuvchilar yorqin ishlarni uzoq eslab yuradilar, shu bois
bunday ishlarni takrorlash maqsadga muvofiq emas, chunki u ahamiyatini
yo‘qotishi mumkin. Tarbiyaviy-tadbirlarni har doim yangisini topish qiyin ammo
ularni topishga harakat qilish kerak. Tarbiyaviy ishlar zahirasida ko‘plab qiziqarli
tadqiqotlar mavjud va bu takrorlamaslikni, aksincha, aniq sharoitlar bilan
muvofiqlashtirgan holda tarbiyalanuvchini rivojlantirishni kafolatlaydi.
Milliy g‘ururni shakllantiruvchi tadbirlarni his-tuyg‘ularning qudratli
katalizatori kabi loyihalashtirish kerak. Ma’lumki, hayajonga tushgan kishi
nihoyatda ta’sirchan bo‘ladi. Har bir tarbiyaviy-tadbir ishda tarbiyalanuvchiga
yaqin, hamohang bo‘lgan jihatlarni topish va unda ijobiy xislatlarni rivojlantirish,
mustahkam hayot tarzini shakllantirish, tarbiyaviy-tadbir ishlar madaniyatini
oshirishning muhim yo‘llaridan biri bo‘lib, o‘rab turgan dunyo haqiqatini to‘g‘ri
tushunishga yordam beradigan qilib yetkazish kerak.
41
Tadbir ishlarini rejalashtirish bosqichi maqsadni ko‘zlash bosqichidan keyin
boshlanadi va undan faqat nazariy jihatdan farqlanadi, ammo amaliy jihatdan bu
ajralmas jarayondir.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘uni
shakllantirish, bolalar shuuriga milliy istilol g‘oyasi asosida milliy g‘urur
tushunchasini singdirish hozirgi davrning muhim va zaruriy talablaridan biri
hisoblanadi. Bu siyosiy-pedagogik, ma’naviy-mafkuraviy vazifani amalga
oshirishda tarbiyachilarning pedagogik mahorati asosiy o‘rinni egallaydi.
Tarbiyachilar bu ishlarni mashg‘ulot jarayonida va mashg‘ulotdan tashqari
tarbiyaviy tadbirlar orqali amalga oshiradilar. Shuning uchun ular maktabgacha
ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilar ruhiga milliy g‘ururni singdirilish
ijodkoridirlar. Bunda, albatta, pedagog ijodkorligi, avvalo, o‘z burchlari va
mas’uliyatini his etishlari kerak.
Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘uni
shakllantirish maqsadida turli ma’naviy – tadbirlar yaxshi natija beradi.
Milliy tuyg‘uni takomillashtirish uchun o‘tkaziladigan tadbirlarga rahbarlik
hamda nazorat to‘g‘ri tashkil qilinsa va yo‘naltirilsa, maktabgacha ta’lim
muassasalari tarbiyalanuvchilari faoliyati adolatli baholansa va rag‘batlantirilsa, bu
borada yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Burch tushunchasi har bir inson unga tegishli vazifalarni bekamu-ko‘st
bajarishni, sodiqlikni, shu jarayonda boshqalar bilan to‘g‘ri va halol munosabatda
bo‘lishni anglatadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi
pedagoglar burchi, birinchidan, mashg‘ulot jarayonida bolalarga chuqur bilim
berish, ikkinchidan, bolalar bilimini baholashda ularni rag‘batlantirish yoxud
tanbeh berishda adolatli bo‘lish, uchinchidan, mashg‘ulot va tadbirlar davomida
tarbiyalanuvchilarni milliy tarbiya an’analariga asoslangan holda tarbiyalash, ular
ongiga milliy istiqlol g‘oyasini, milliy ahloq-odobni, vatanparvarlik,
insonparvarlik, mehr-muruvvat aqidalarini singdirish va nihoyat milliy tuyg‘ularni
shakllantirish va takomillashtirishdan iboratdir.
42
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchida mardlik, do‘stlik,
vatanparvarlik, milliy tuyg‘ularni o‘stirish, „Ertaklar olamiga sayohat" kechasini
o‘tkazish, ularning adabiyot, san’atga qiziqishlarini orttirish, milliy-estetik
didlarini o‘stirish, shuningdek, hikmatli so‘zlar bilan tanishtirish maqsadida „Dono
bobo davrasida" kechasini o‘tkazish kutilgan natijani beradi.
Maktabgacha talim muassasalarida bahor faslida „Navro‘z" bayrami,
„Sumalak" sayillarini o‘tkazish va ulardagi ota-bobolarimizdan meros bo‘lib
kelayotgan milliy kurash, laparlar, turli milliy o‘yinlaru qizlarning tol popuklar
taqib yurishlari, Navro‘z taomlarini ulashishlari bilan bu yerdagi bolalarni o‘z
millatiga, xalqiga, urf-odatlariga, milliy merosiga mexr-muhabbat uyg‘otishda
yaxshi samara beradi.
Tarbiyachi-pedagoglar sharqona ta’lim-tarbiya yo‘llarini, ahloq-odob
mezonlarini, mumtoz pedagoglar merosini, xalq pedagogikasi an’analarini chuqur
o‘rganishlarida ularni tarbiyaviy - tadbirlar jarayonida tatbiq etish-lari maqsadga
muvofiqdir.
Biz tadqiqot davomida yuqoridagi vositalardan keng foydalangan holda turli
tadbirlar o‘tkazdik.
Masalan, “Bilimlar yurtiga sayohat”. Bu tadbirning maqsadi maktabgacha
ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirish, vatan
tuyg‘usi, vatanparvarlik hislari, buyuk siymolar, mustaqillik g‘oyasi hamda o‘z
o‘lkasi, hududi va xalqiga mehr, sadoqat tushunchalarini tarkib toptirish va
rivojlantirishdan iborat.
Shu tadbirlar bolalar ruhiga samarali va ijobiy ta’sir ko‘rsatish qudratiga
ega. Ular o‘smirlarda milliy tuyg‘uni shakllantirish va tarbiyalashga yordam
beradi. Va ayni chog‘da, o‘sha pedagogik-tadbirlar natijasida hosil bo‘ladigan
fikrlar majmuasi milliy tuyg‘ularni tarbiyalash mazmunini belgilaydi.
Bunda pedagoglar quyidagi usullardan foydalanishlari mumkin:
a)
suhbat;
b)
savol-javob daqiqalari;
v)
sayohatlar uyushtirish;
43
г)
turli xil kechalar;
d)
uchrashuv kechalari;
Tarbiyaviy tadbirlar –turli xil moddiy va ma’naviy ehtiyojlarga javob
beruvchi, tarbiyaviy maqsadlarning yagona majmuasiga bo‘ysundirilgan, bir-biri
bilan o‘zaro hamkorlik qiluvchi, o‘zida bir butun ta’limni ko‘zda tutgan tarbiyaviy
ta’sir majmuidir.
Ta’limda jarayonida alohida mashg‘ulotlardan tashkil topgani kabi
tarbiyaviy tadbirlardan tarbiya jarayoni vujudga keladi. Tadbirlar, tarbiyaviy ishlar
–tarbiya ishlarining bir bo‘lagidir.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari milliy tuyg‘uni
anglashining ahamiyati katta. Milliy tuyg‘u tushunchasini anglashning tiklanishi
esa, o‘z navbatida, mustaqil jamiyatimizning ijtimoiy iqtisodiy, siyosiy, madaniy-
ma’naviy zaminlarining mustahkamlanishiga sabab bo‘ladi.
Shuning uchun ham milliy o‘zlikni tiklash masalasi O‘zbekiston
Respublikasi o‘z mustaqilligiga erishishdan keyin mamlakatimiz oldida turgan eng
asosiy vazifalardan biri sifatida davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |