Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy urf – odatlar va ananalar asosida mexr shafqat hislarini tarbiyalash


Kuzatishlarimiz natijasi shu pedagogik vositalarni quyidagicha



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/24
Sana03.04.2021
Hajmi0,69 Mb.
#62674
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuygularni shakillantirish

Kuzatishlarimiz natijasi shu pedagogik vositalarni quyidagicha 

aniqlashga yordam berdi: 

- ta’lim-tarbiya mazmuni, shakl, usul va vositalarining milliyligi; 

- ijtimoiy omillar: ta’lim-tarbiya jarayonini; 

- xududiy omillar: bola yashayotgan o‘lka, milliy qadriyatlari, urf-odatlari va 

an’analari, boyligi, tarixiy o‘rni va ahamiyati. 

Har 

bir 

davrda 

yuz 

beradigan 

voqiya-hodisalar 

tug‘risida 

tarbiyachinining  bolalarga  mohirona  hikoya  qilib  berishi  vatanparvarlikni 

tarbiyalashada muhim vosita bo‘lib hizmat qiladi. 

Ushbu  omillarning  pedagogik  jihati  ularning  o‘zlariga  xos  xususiyatlari 

hisobga  olingan  taqdirda,  milliy  g‘urur  tuyg‘ularini  his  etishda  va  uning  tizimini 

ishlab  chiqishda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Maktabgacha  ta’lim  muassasalari 

tarbiyalanuvchilarda  milliy  tuyg‘uni  shakllantirish  tizimini  o‘rganishda,  ishlab 

chiqishda  har  bir  mashg‘ulot,  tarbiyaviy  tadbirlar,  to‘garaklar  ular  ongida 

milliylikning  chizgilari  (manzarasi)  haqidagi  tasavvurini  o‘zgartirish,  shaxsiy 

hayot, jamiyatda o‘z o‘rnini topishga erishish, milliylikning tarbiyaviy mohiyatini 

anglab  yetish  malakalarini  shakllantirish  turli  faoliyatning  natijalarini  oldindan 

ko‘ra  bilishga  o‘rgatish,  tabiat  va  jamiyat  haqida  ilmiy  bilim  bilan  qurollantirish 

kerak. 

Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida  milliy  tuyg‘uni 

shakllantirish  maqsadi  va  vazifalarini  ijobiy  hal  etishda  ularning  tarbiyasiga, 



 

29 


tavsifiga xos milliy muhit yaratish va yuqoridagi barcha omillarga tayanish lozim. 

Chunki  tarbiyachi  va  tarbiyalanuvchi  faoliyatning  samaradorligini  oshiruvchi, 

ularning talab va ehtiyojlarini qondiruvchi muhit zarurdir. 

Maktabgacha ta’lim muassasalarida milliy muhitning o‘ziga xos mazmunga 

ega  bo‘lishi  davr  taqozosidir.  Bu  mazmun  zamirida  bolalarda  milliy  g‘ururni 

shakllantirish  yotadi:  umuminsoniy  va  milliy  qadriyatlar;  urf-odat  va  an’analar, 

xalq donishmandligi durdonalari negizini tashkil etgan sharqona tarbiyaning asosiy 

sifatlari;  insonparvarlik,  mehnat-sevarlik,  vatanparvarlik,  mehr-oqibat,  ota-onaga 

hurmat, sahovat, iymon-e’tiqod va shu kabilar. 

Hozirgi  kunda  matbuot  va  ommaviy  axborot  vositalari,  kino,  teatr 

repertuarlari milliy mazmunda tashkil etilmokda, boyib bormokda. Ularning butun 

faoliyati  jamiyatimizdagi  ijtimoiy-iqtisodiy,  ma’naviy-madaniy  o‘zgarishlarni 

insonlar  ko‘z  o‘ngida  gavdalantirish,  milliy  xarakterni  shakllantirish, 

ma’naviyatimiz  sarchashmalaridan  bahramand  etish,  g‘ururlanishimizga  asos 

bo‘lgan  milliy  urf-odatlarimiz,  an’analarimiz,  tarixiy  meros  va  asarlarimiz, 

tilimizni,  qadriyatlarimizni  qaytadan  tiklashga,  ularga  nisbatan  mehr-muhabbatni 

shakllantirishga 

erishishga 

qaratilgan. 

Maktabgacha  ta’lim  muassasalari 

tarbiyalanuvchilarida milliy g‘ururni shakllantirish asosida olib borilgan tadqiqot-

tajriba ishlarida, suhbatlar, og‘zaki savol-javoblar orqali ma’lum bo‘ldiki, bolalar 

tadbirlar,  ahloqiy,  ma’naviy,  tarixiy,  milliy  qadriyatlar,  ertaklar,  rivoyatlar  doir 

materiallarni qiziqib tinglashar, tomosha qilishar ekan.  

Tarbiyachilar  bolalarga  insonni  o‘rab  olgan  olamning  murakkabligini, 

ajoyibotlarini,  sirliligini  anglashlariga,  tabiat  inson  turmush  tarzi  qulayliklarining 

garovi  ekanligini  tushunib  yetishlariga  shu  sababdan  tabiatni  muhofaza  kilishni 

idrok  qilishlariga  yordamlashadilar.  Shuni  unutmaslik  lozimki,  tabiatdagi  hamma 

narsa, vokea-hodisalar bolalar uchun qiziqarli va sirli topishmoqday tuyuladi. Ular 

bu jumboqlar sirini bilishga, sabablarini anglashga harakat qiladilar. Bola dastlabki 

tizimli ta’limni maktabgacha ta’lim muassasasida oladi. Binobarin, uning sog‘lom, 

xar  tomonlama  barkamol  bo‘lib  shakllanishi  bevosita  tarbiyachi  faoliyati  bilan 

uzviy bog‘likdir. 



 

30 


Har  bir  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilari  insonparvarlik 

va  vatanparvarlik  qoidalariga  rioya  qilgan  holda,  bu  faoliyat  insonni  xar 

tomonlama  himoya  qilishga,  uni  ulug‘lashga,  milliy  g‘ururlanishga  qaratilishi 

lozim.  Asl  vatanparvar  unvonini  olish  uchun  insonga  juda  katta    mas’uliyatli 

ma’naviy-ahloqiy  vazifalar  yuklanadi.  Nima  va  qanday  hodisa  bo‘lishidan  qat’i 

nazar,  tug‘ilib  o‘sgan  qishlog‘ini,  shaharini,  boshqacha  aytganda,  kindik  qoni 

tomgan zamin-Vatanini tark etmaydi. Bunday insonlar asl vatanparvarlar deyiladi.  

Zero, faxrlanish haqiqatdan ham yaxshi xulqlar va oliy fe’llarda oldin ketish, 

ilmu hikmatni egallash va imkoniyat boricha mavjud nopokliklardan tozalanishdir. 

Kimda shunday sifatlar topilsa, hukm uning foydasiga va kimda bular yetishmasa, 

hukm  uning  zarariga  bo‘ladi.  Zotan,  Vatanni  sevish,  xalqni  hurmat  qilish 

faxrlanish  yoxud  ulardan  g‘ururlanish  belgisi  bo‘lib,  bu  yaxshi  xulk  va  yaxshi 

fazilatdir.  Kimki  millatning  madaniyati  tarixidan,  ajdoddari  qoldirgan  barcha 

meroslardan,  hamma  sohadagi  an’analaridan  faxrlana  bilsa,  o‘tmishda  vatani  va 

xalqi boshiga tushgan dahshatli va ayanchli fojiaviy taqdirdan achinsa, u vatan va 

xalqi kelajagi uchun, nurli istiqlol yo‘lida fidoyi bo‘lish orzusida yashaydi, mehnat 

qiladi,  o‘z  kasbining  ustasi  bo‘lishga  intiladi,  tashabbuskorlikni  qo‘lga  kiritish 

armonlari bilan nafas oladi. 

Bevosita  ta’lim-tarbiya  beruvchi  muassasalar  mafkuraviy  ta’limning  asosiy 

uchoqlaridir.  Ularning  barchasida  amalga  oshiriladigan  mafkuraviy  ta’lim 

jarayonida ustuvor ahamiyat kasb etishi: 

- Vatan tuyg‘usini shakllantirish; 

- ona tilimizga, yurtimizga muhabbat o‘yg‘otish; 

- milliy qadriyatlarga hurmatni kuchaytirish; 

- ezgulik timsoli bo‘lgan ayollarni ulug‘lash; 

- oilaning vatanparvarlik hissini tarbiyalashdagi rolini ko‘rsatish; 

-  umuminsoniy  qadriyatlarning  millatlararo  totuvlik,  bag‘rikenglik, 

dunyoviy  ilmlarga  intilish  va  ilg‘or  madaniyatni  shakllantirish  vositasi  ekanini 

o‘qtirish lozim. 



 

31 


Mamlakatimizda  ta’lim-tarbiya  sohasida  amalga  oshirilayotgan  tub 

islohotlar barkamol inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, xalqimizning 

milliy  manfaatlariga,  ezgu  maqsadlariga  to‘la  mos  keladi.  Maktabgacha  ta’lim 

muassasalari  tarbiyalanuvchilarida  milliy  g‘urur  va  vatanga  muhabbat  hissi  o‘z 

uyiga,  bog‘chasiga,  tarbiyachiga  muhabbatni  tarbiyalashdan  boshlanadi.  Bolalar 

ota-onalari  va  tarbiyachilari  ularga  qanday  g‘amhurlik  qilayotganini  kuradilar  va 

his  etadilar,  natijada  bolalarda  ularga  bo‘lgan  muhabbat  yanada  ortadi,  ularning 

g‘amxo‘rligi  va  himoyasiga  ishonch  hosil  qiladilar.  Ular  ota-onalari  va 

tarbiyachilardan o‘z shahri, qishlog‘i tug‘risidagi ko‘p narsani bilib oladilar. 

Pedagog-tarbiyachi  “Vatan”,  “Bizning  shahar”,  “O‘zbekistonning  poytaxti 

Toshkent“,  ”Qishlog‘imizning  eng  yaxshi  kishilari“,  “Shahrimizning  eng  yaxshi 

kishilari“  va  shunga  o‘xshash  mavzular  bo‘yicha  kitob  va  rasmlar  tanlaydi,  turli 

al’bomlar,  papkalar  tayyorlab,  bolalar  bilan  olib  boradigan  ta’lim-tarbiyaviy 

mashg‘ulotlarda foydalanish lozim.  

Bizning  respublikamiz  o‘z  mohiyati  bilan  baynalminaldir.  Shuning  uchun 

maktabgacha  tarbiya  bolalarda  milliy  g‘urur,  vatanparvarlik,  baynalminalchilik, 

hislarini tarbiyalab borish muhim ahamiyatga ega. 

Maktabgacha  tarbiya  yoshdagi  bolalarni  milliy  ruhda,  milliy  g‘urur  ruhida 

tarbiyalash  asosida  boshqa  millat  va  xalqlarga  ijobiy  munosabat  va  do‘stona  his-

tuyg‘ular  o‘yg‘otish,  turli  xalqlar  hayotiga  qiziqish  hissini  paydo  qilish  maqsadi 

yotadi. 


Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish