Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy urf – odatlar va ananalar asosida mexr shafqat hislarini tarbiyalash


  Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida  milliy



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/24
Sana03.04.2021
Hajmi0,69 Mb.
#62674
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuygularni shakillantirish

1.3.  Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida  milliy 

tuyg‘ularni shakllantirishning mavjud holati. 

 

 

O‘zbekiston  mustaqillikka  erishgan  dastlabki  kunlardan  boshlab 



xalqimizning  qadriyatlari,  azaliy  an’analari,  udumlari,  tili,  dunyoqarashi  va 

tafakkuriga asoslanib ish ko‘rayotganimiz o‘z samarasini bermokda. 

Darhaqikar, yosh avlod tarbiyasiga bizning davlatimizdek qayg‘uradigan va 

uning kelajagi tug‘risida g‘amhurlik qiladigan biror mamlakat bo‘lmasa kerak. 

Maqsadimiz  buyuk  davlat  qurish  bo‘lgan  jamiyatda  yoshlarga  nisbatan 

shunday  siyosat  olib  borish  tabiiy.  Axir,  mustaqil  davlatimizning  ertangi  kuni 

hozirgi  yosh  avlod  qo‘liga  o‘tadi.  Ular  O‘zbekiston  o‘z  Vatani  mustaqilligining 

muqaddas bo‘lishi, uning rivojlangan va gullab-yashnagan o‘lkaga aylanishi uchun 

bor kuch va aql-zakovatini safarbar qilishini barchamiz istaymiz. 

Bugungi  kunning  eng  dolzarb  masalalaridan  biri-bu  mustaqil  davlat 

talablariga  javob  beradigan  yosh  avlodni  voyaga  yetkazish,  kadrlar  tayyorlash, 

uzluksiz  ta’lim-tarbiya  tizimini  milliy  qadriyatlar  va  urf-odatlarimiz  asosida 

yaratilishi. 

Mamlakatimiz 

maktabgacha 

ta’lim 


muassasalari 

tarbiyalanuvchilarining ma’naviy tarbiyasiga katta ahamiyat berilmokda. 

Bu  borada  muayyan  ishlar  kilingan.  Umuman,  yosh  avlod  tarbiyasida 

maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachi va murabbiylarning ma’suliyati haqida 

ham unutmaslik kerak. 

O‘zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  Qonun,  “Kadrlar 

tayyorlash  milliy  dasturi”da  maktabgacha  ta’lim  davlatimizning  uzluksiz  ta’lim 

tizimida ilk pag‘ona ekanligini ko‘rsatib berilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi yosh 

avlod shaxsiyati asoslarini shakllantirishdan iboratdir. 

Maktabgacha  ta’lim  bola  shaxsini  sog‘lom  va  yetuk,  shu  bilan  birga 

maktabga  tayyorlagan  holda  shakllantirish  maqsadini  ko‘zlaydi.  O‘zbekiston 

Respublikasi  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  Qonunning  11-moddasida:  ”Bu  ta’lim    6-7 

yoshgacha  oilada,  bolalar  bog‘chasida  va  mulk  shaklidan  kat’iy  nazar,  boshqa 

ta’lim  muassasalarida  olib  boriladi”-deb  ta’kidlangan.  Maktabgacha  ta’lim 




 

20 


muassasalarida  tarbiya  berishning  bosh  maqsadlaridan  yana  biri,  maktabgacha 

ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarda milliy g‘ururni shakllantirishdir. 

Milliy tuyg‘uni maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari qalbiga 

singdirishdan maqsad: bolalar qalbiga sevish va faxrlanish, g‘ururlanish tuyg‘usini 

o‘yg‘otish. Negaki milliy g‘urur xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odatlari, o‘z 

ona tiliga asoslangan. 

Shu  bois,  maktabgacha  ta’lim  muassasasi  tarbiyalanuvchilarida  milliy 

tuyg‘uni shakllantirishning mavjud holati o‘rganilishi lozim. 

Darhaqiqat,  ta’lim-tarbiya  qanchalik  erta  boshlansa,  uning  samarasi 

shunchalik  erta  namoyon  bo‘ladi  va  insonning  butun  hayoti  tarziga  ijobiy  ta’sir 

qiladi. 

Maktabgacha  ta’lim  tizimini  takomillashtirish,  ta’lim–tarbiya  jarayonini 

tarbiyachilar  tomonidan  to‘g‘ri  tashkil  etilishi,  ma’sul  shaxslar  tomonidan  uni 

nazorat  qilinishining  afzalligini  ta’minlash,  maktabgacha  yoshdagi  bolalar  ota-

onalarining  oilada  bola  tarbiyasi  bilan  shug‘ullanishi  uchun  qulaylik  yaratish 

maqsadida  “Bolajon”  tayanch  dasturi,  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  Konun,  Kadrlar 

tayyorlash  milliy  dasturi,  maktabgacha  ta’lim  Konsepsiyasi  hamda  maktabgacha 

ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini asosida ishlab chiqildi. “Bolajon” tayanch 

dasturi  maktabgacha  ta’lim  tizimidagi  barcha  muassasalar  uchun bajarilishi  zarur 

bo‘lgan dastur hisoblanadi. 

Dasturda  bolalarni  jismoniy,  aqliy  hamda  ijtimoiy-hissiy  jihatdan  kamol 

toptirish,  bolalarni  erkin  fikrlash,  ijodiy  qobiliyatlarini  rivojlantirish,  ahloqiy  va 

milliy g‘ururli va ma’naviy jihatdan barkamol, shuningdek, kelajakda mustaqil va 

ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish uchun shart-sharoitlardan 

iboratdir. 

“Maktabgacha  ta’limga  qo‘yiladigan  davlat  talablarini”ning  bajarilishiga 

erishishdan,  ya’ni  maktabga  jismonan  sog‘lom,  aqlan  va  ma’nan  yetuk, 

jamiyatning  turli  a’zolari  bilan  muloqotda  bo‘la  oladigan,  borliqni  aniq  idrok 

etadigan,  hayotga  ijtimoiy  jihatdan  moslashuvchi,  umummilliy  qadriyatlarimizni 



 

21 


qadrlaydigan,  shuningdek,  mustaqil  va  ongli  yashaydigan  bolani  tayyorlashdan 

iborat. 


Ta’lim jarayonida tarbiya - uzluksiz jarayon bo‘lib, u pand-nasihatlar berish 

bilan  cheklanmaydi,  balki  maktabgacha  ta’lim  muassasasida  bu  ikki  yul  bilan: 

kattalarning bevosita ta’siri, ya’ni o‘rgatishi, donolar fikrlari, o‘gitlari va asarlarini 

o‘qib  berishi  va  rivojlantiruvchi  muhitni  yaratib,  bolaning  mustaqil  fikrlashi, 

atrofdagi  odamlar  hatti-harakatlarini kuzatishi natijasida  to‘g‘ri  xulosalar  chikarib 

olishga yordam berish orqali tarbiyalanadi. 

Bolalar qalbida o‘z xalqiga muhabbat va hurmat tuyg‘ularini tarkib toptirish, 

milliy  g‘ururni  tarbiyalash,  ularga  o‘zbek  xalqining  mehr-oqibatli,  mehmondo‘st, 

mehnatsevar  va  kamtarin  ekanligini  singdirish,  O‘zbekistonning  mustaqilligi, 

madhiyasi,  gerbi  va  bayrog‘i  haqidagi  bilimlarni  shakllantirib  borish  maqsadga 

muvofiqdir. 

Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida  milliy  tuyg‘uni 

shakllantirish  maqsadida  o‘tilayotgan  mashg‘ulotlar  mavzulari  bolaning  har 

tomonlama rivojlanishiga, yuksak  odob-axloqli, milliy g‘ururli komil inson bo‘lib 

tarbiyalashiga yordam bermog‘i lozim. 

Maktabgacha  ta’lim  yoshidagi  bolalarda  milliy  g‘ururni  shakllantirishda 

nafaqat  maktabgacha  ta’lim  muassasalari,  balki  oilaning  ham  mavjud  holatini 

o‘rganish muhim ahamiyatni kasb etadi. Chunki, bolalarning bo‘sh vaqti, asosan, 

uyda, oilada davrasida o‘tadi. Buni hisobga olmaslik, yosh avlod tarbiyasida ota-

onaning burchi va vazifalari haqida yanada chuqurroq o‘ylamasak xato bo‘ladi. 

Milliy  tuyg‘uning  bir  jihati  Vatanga,  millatga,  elu  yurtga  sadoqat  bilan 

xizmat  qilishdir.  Vatanini  sevmagan,  millatining  tarixi  va  taqdiriga  loqayd 

qaraydigan insonning komilligi haqida so‘z bo‘lishi mumkin emas. 

Inson  kamolotida  nafaqat  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  balki,  oilaning 

roli beqiyos katta ekanligi ma’lum. «O‘zbeklarning aksariyati,           - deb yozadi 

I.  A.  Karimov,  -  o‘zining  shaxsiy  farovonligi  to‘g‘risida  emas,  balki  oilasining, 

qarindosh  urug‘lari  va  yaqin  odamlarining,  qo‘shnilarining  omon  esonligi 



 

22 


to‘g‘risida g‘amho‘rlik kilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajada 

ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir». 

Oila tarbiyasida doimiy ta’sirchan kuch oiladagi munosabat, oila muhiti, oila 

a’zolarining  o‘zaro  aloqasi,  ota-ona,  aka-uka  va  boshqalarning  hulk-atvori, 

madaniy  va  siyosiy  saviyasi,  muomala  madaniyati,  oilaning  daromadi,  yashash 

sharoiti va boshqa holatlar bola kamolotiga ta’sir qiladigan asosiy omillardir. Oila 

qanchalik  tartibli,  yaxshi  hulq-atvorli,  uning  a’zolarining  o‘zaro  munosabatlari 

samimiy bo‘lsa, oila tarbiyasi ham shunchalik samarali bo‘ladi. 

Imom  ibn  Kudoma  o‘zining:  “Minxojul-kosidin”  nomli  kitobida  bir  necha 

odoblarni zikr qiladi: “Bola voyaga yetib, unda fikrlash alomatlari namoyon bo‘lsa, 

uni  yaxshi  kuzatish  va  ahvolini  o‘rganish  lozim  bo‘ladi.  Chunki  bolaning  qalbi 

sodda va toza bo‘lib, u har qanday naqshni qabul qilishga tayyor. Agar yaxshilikka 

odatlantirilsa,  yaxshilik  bilan  ulg‘ayadi.  Agar  yomonlikka  odatlansa,  yomonlik 

bilan ulg‘ayadi va javobgarlik uning yaqinlari bo‘yniga tushadi”.  

Milliy      g‘urur,  vatanparvarlik      tuyg‘usini      shakllantirish,  har  bir  ota  -

onaning, tarbiyachi-murabbiylarning, jamoatchilikning Vatan oldidagi burchidir. 

Maktabgacha  ta’lim  muassasasi  tarbiyalanuvchilarining  kelgusida  qanday 

inson  bo‘lib  yetishishi  ko‘p  jihatdan,  maktabgacha  ta’lim  muassasasi 

tarbiyachisiga, 

eng 


yaqin 

kishilari: 

ota-onalarining 

o‘zaro  muomala 

madaniyatlariga, aloqalariga bog‘liqdir.        

Shuning  uchun  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarining 

ota-onalari  bilan  ham  milliy  g‘urur,  mafkuraviy  ta’lim  ishlarini  olib  borilishi 

maqsadga muvofiqdir. 

Shu bois, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini yoshlikdan 

xalq va yurt taqdiri uchun fidoiylik tuyg‘usini shakllantirish mafkuraviy tarbiyada 

muhim o‘rin tutadi. Buning uchun bola hayotining dastlabki yillaridan boshlab uni 

narsalar olami bilan tanishtirishning milliy an’analarimizga xos shakllarini qo‘llash 

lozim. 



 

23 


Chunki,  davlat  va  jamiyatning  kelajagi  yosh  avlodning  qanday  voyaga 

yetishiga  ko‘p  jihatdan  bog‘liqdir.  O‘z  navbatida  jamiyat  va  millatning  hamda 

ma’naviy darajasi bilan belgilanadi. 

Yosh  avlodni  bolaligidan  boshlab  milliy  g‘ururli,  kishilarga  mehr 

muhabbatli, izzat- hurmatda bo‘lish, vatanning qadriga yetish va hurmat qilish kabi 

ijobiy hislatlarni tarbiyalab borish barchamizning vazifamizdir. 

 


Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish