Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy urf – odatlar va ananalar asosida mexr shafqat hislarini tarbiyalash


 Milliй  туйғуларнинг maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasidagi



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/24
Sana03.04.2021
Hajmi0,69 Mb.
#62674
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuygularni shakillantirish

1.2. Milliй  туйғуларнинг maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasidagi 

ahamiyati 

 

G’urur  deganda,  ko‘z  o‘ngimizda  hak  va  haqiqat  gavdalanadi. 

Bobolarimizning hammasi  g‘ururli  zotlar  bo‘lganlar.  Abu  Nasr  Forobiy,  Abu  Ali 

ibn  Sino,  Beruniy,  Xorazmiy,  Amir  Temur,  Ulug‘bek,  Aliisher  Navoiy,  Boburlar 

o‘z  g‘ururlarini  minordek  tutishgan.  Shunday  ekan,  bugungi  maktabgacha  ta’lim 

muassasalari  tarbiyalanuvchilari  bobolari  merosiga  sodiq  qolib,  ular  yaratgan 

odob-ahlok  meyorlariga  sodiq  bo‘lishi  lozim.  G’ururli  bo‘lish,  birinchi  navbatda, 

xalq manfaatini yoqlash, elga foyda keltirish.  




 

15 


Xalqimiz  o‘z  hayoti,  turmush  tarzida  eng  olijanob  g‘oyalarni  mujassam 

etgan  ahlok-odob  qoidalariga,  ma’naviy  qadriyatlarga  tayanib  kelgan.  Shunday 

ilg‘or  g‘oyalar  tufayli  elimizda  adolat,  rostgo‘ylik,  halollik,  pokizalik,  birovning 

haqqiga  hiyonat  qilmaslik,  nogironlarga  mehrli  bo‘lish,  odamiylik,  qardoshlik, 

vatanparvarlik, shirinsuxanlik va boshka insoniy fazilatlar rivoj topgan. 

O‘zbek  xalqining  g‘ururini  ifodalovchi  bir  qancha  urf-odatlar,  rasm-

rusumlar,  marosimlar,  odatlar,  udumlar,  an’analar  mavjud.  Jumladan,  o‘zbek 

xonadonlarida  ota  nomi  mag‘rur  va  ulug‘  shaxs  sifatida  e’tirof  etiladi.    Ayniqsa, 

maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, ya’ni farzandlarimizning o‘z 

yurtiga mehr-muhabbatli bo‘lishi, uning mustaqilligini mustahkamlashi, Vatanimiz 

shon-shuhratini  dunyo  miqyosiga  olib  chiqish  ruhida  tarbiyalash  pedagoglar,  ota-

ona  va  har  birimizning  muqaddas  burchimizdir.  Bunday  ezgu  maqsadlarni 

bajarishda  har bir  O‘zbekiston  fuqarosi g‘urur va iftixor  bilan yashaydi  va  uning 

meyoriga amal qiladi. 

Har  bir  xalqning  ijtimoiy-madaniy  hayotida  azaliy  an’ana,  urf-odatlar 

alohida  hrin  tutadi.  Ular  kishilar  turmush  tarzining  o’ziga  xos  hodisasi  sifatida 

namoyon  bo’ladi.  “An’ana”,  “odat”,  “marosim”  bevosita  “bayram”  tushunchasi 

bilan bog’liq. 

“An’ana”  –  tarixiy  taraqqiyot  jarayonida  va  ijtimoiy  ehtiyojlar  orasida 

vujudga  keladigan,  avloddan-avlodga  meros  bo’lib  o’tadigan,  kishilar  ma’naviy 

hayotiga ta’sir ko’rsatadigan madaniy hodisadir. An’ana o’ziga xos ijtimoiy hodisa 

sifatida  majmuasi  hisoblanadi.  Xalq    an’analari  –  uzoq    taraqqiyot  jarayonida 

etnoslarning  ijtimoiy-ma’naviy  ehtiyojlari  asosida  vujudga  kelib,  ularning  aqliy  – 

ijodiy  faoliyati  asosida,  atrof  –  muhit,  tabiat,  mehnat  jarayoniga  bog’liq  holda 

avloddan-avlodga  o’tib,  taraqqiy  etgan  va  asrlararo  ajdodlar  fikri,  orzu-o’ylari, 

tajribalari,  yutuqlari  va  boshqa    qadriyatlarini  mujassamlashtirgan  bebaho 

ijtimoiy–madaniy merosga aylangan. 

Urf  –  odat  kishilarning  turmushiga  singib  ketgan,  ma’lum  muddatda 

takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko’pchilik tomonidan qabul qilingan xulq -atvor 

qoidalari  ko’nikmasidir.  Masalan:  kichiklarning  kattalarga  salom  berishi,  uy-




 

16 


xovlini  tartibga  keltirish,  mehmonlarga  alohida  hurmat  ko’rsatish,  bayram 

arafasida keksa qariyalar, kasal ojiz, qiynalgan kishilar holidan xabar olish, qo’ni-

qo’shnilarni  biror  ishiga  yordam  berish,  hasharga  borish  kabilar  o’zbek  xalq  iga 

xos yaxshi odatlar hisoblanadi. 

Urf-odat  degan  tushuncha  psixologiyada  ham  mavjud  bo’lib,  u  ma’lum 

sharoit  ta’sirida  vujudga  kelib,  kishining  fe’l-atvorida  mustahkamlanib  qolgan  va 

kiyinchalik o’z-o’zidan beixtiyor bajariladigan harakat ma’nosini bildiradi.  

An’ana ijtimoiy hayot, mehnat, madaniyatining barcha sohalariga xos xodisa 

sifatida  juda  keng  doirani  qamrab  oladi.  Urf-odat  esa  muayyan  bir  kishining 

turmush  tarzi  xatti-harakati,  xulq  -atvori,  muloqoti  va  oilaviy  munosabatlarida 

namoyon bo’ladi. 

Marosim  –  inson  hayotidagi  muhim  voqyealarni  nishonlashga    qaratilgan, 

rasmiy  va  ruhiy  ko’tarinkilik  vaziyatida  o’tadigan,  tartib-qoidalarga  amal 

qilinadigan  tadbir  sanaladi.  Masalan:  ism  qo’yish,  nikohdan  o’tish,  dafn  qilish, 

xotiralash, urug’ qadash marosimlari. 

Urf-odat  kundalik  hayotda  kuzatilsa,  marosim  esa  inson  hayotidagi  muhim 

hodisalar sodir bo’lganida vujudga keladi. Marosim kishilar hayotidagi eng muhim 

vo qealarni rasmiylashtiradi. Marosimlarni o’tkazishda avloddan-avlodga o’tadigan 

ramziy  va  rasmiy  an’analar,  qoidalarga  amal  qilinadi.  Marosimga  bo’layotgan 

voqeaga  “guvoh”  sifatida  odamlarcha  qiriladi.  Odamlar  kimningdir  g’ami  yoki 

quvonchiga  sherik  bo’lishadi,  kelajak  uchun  yaxshi  niyatlar  qilishadi.  Har  bir 

marosimning  o’ziga  xos  umum  qabul  qilingan  tuzilishi  bo’ladi.  Inson  hayotida 

bo’lib o’tayotgan muhim voqyealarni nishonlash jarayonida an’ana ham, urf-odat 

ham, marosim ham mujassamlashadi. 

Buni quyidagi bir misolda ko’rish mumkin: yoshlar voyaga yetganda yigitlar 

uylanadi,    qizlar  turmushga  chiqadi.  Bu  avloddan-avlodga  o’tib  keladigan  an’ana 

sanaladi. Yigit va qizning oila  qurishi uchun nikoh to’yi o’tkaziladi. Nikoh to’yini 

o’tkazish  esa  insoniyat  hayotiga  singib  ketgan    qoidaga  ega  bo’lgan  urf-odat 

hisoblanadi.  Nikoh  to’ylarining  asosiy  shartlaridan  biri  kuyov  va  kelinning 

nikohdan  o’tishidir.  har  bir  davrda  bu  to’y  bilan  bog’liq  o’ziga  xos  urf-odatlar 




 

17 


vujudga  keladi.  Masalan:  hozirgi  paytda  maxsus  bezatilgan  mashinalarda 

ko’chalarda  yurish,  guvohlar  bilan  baxt  uyiga  borish,  kerakli  hujjatlarga  imzo 

chekish,  nikoh  uzuklarini  almashish  kabi  odatlarga  amal    qilinadi.  Bu  rasmiy  va 

tantanali ravishda o’tadigan marosimdir. 

“An’ana”,  “urf-odat”,  “marosim”  bir-biri  bilan  bevosita  bog’li  q    hodisa 

sanaladi.  SHu  bois  an’analarning  tarkibiy    qismi  urf-odat,  urf-odatning  tarkibiy  

qismi esa marosim ham bo’lishi mumkin. 

Ba’zi  holatlarda  “an’ana”,  “odat”  va  “marosim”  tushunchalari  alohida 

ishlatilsa, ular mavhum ma’noni anglatishi ham mumkin. Bunday paytda ularga ani 

q lovchi so’zlar  qo’shilib, masalan “an’anaviy bayram”, “mukofotlash marosimi”, 

“to’y  marosimi”,  “nafa  q  aga  kuzatish  marosimi”  tarzida    qo’llaniladi.  Marosim 

so’zi jamoatchilik ishtirokida o’tkaziladigan katta tadbir ma’nosini bildiradi. 

Eng  qadimiy  odamlarning  turmushi  bilan  bog’li  q  an’analar:  to’da  bo’lib 

yashash udumlari; sardorlik, o qso qolik uchun olishuvlar; bolalikdan o’spirinlikga; 

o’spirinliklan  erkaklikga  o’tish  marosimlari;  turli  ko’rinishli  dafn  odatlari; 

qurbonlik  marosimlari  oila  va  to’y  marosimlarining  poydevori  bo’lgan  pomgam, 

egzogam,  monogam  odatlari  kabilar  ibtidoiy  jamoa  tara  q  qiyotida  jiddiy  rol 

o’ynagan. Ular ibtidoiy odamlarning masha q  qatli hayotida erishilgan tajribalarni 

asrash va ko’paytirishda katta ahamiyatga ega bo’lgan. 

Јadimiy  odatlarni  o’rganishda  “Avesto”  kitobi  eng    qadimiy  manbalardan 

biri  hisoblanadi.  Zardushtiylik  diniga  xos  odatlar  hozirgi  paytgacha  ham  saqlanib  

qolgan.  Ular  ichida  eng  kattasi  Navro’z  bayramidir.  Kasallikni  oldini  olish  yoki 

undan saqlanish uchun isiriq tutatish, tongda xovlini tozalash,  yuvinish, o’choqga 

olov yo q ish kabilar zardushtiylardan o’tib kelayotgan odatdr. 

Oilaviy marosimlar oila paydo bo’lishi bilan vujudga kelgan. Shu bilan birga 

o’zgargan  rivoj  topgan.  Taraqqiyot,  zamon  talabiga  javob  bermagan  odat 

marosimlar  unitilgan.  Ularning  o’rnini  esa  oila  ehtiyojlarini  qoniqtiradigan  yangi 

marosimlar egallagan. 

O`zbek xalqining oilaviy marosimlari ham tarixiy zururiyat asosida vujudga 

kelgan  va  zamon  chig’iriqlaridan  o’tib,  muhim  ma’naviy  qadriyat  sifatida  ravnaq 




 

18 


topgan.  Sho’rolar  davrida  har  bir  kishi  yaxshi  yashay  olmasa,  butun  jamiyat  ham 

yaxshi yashay olmasligi uqturiladi. Bu davrda asosiy e’tibor umumdavlat ishlariga 

qaratildi.  Shaxs,  oila  ehtiyojlari  esa  diqqat  markazidan  tushib  qoldi.  Jumladan, 

katta  davlat  bayramlari  birinchi  darajali,  oilaviy  –  maishiy  bayramlar  ikkinchi 

darajali  bo’lib    qoldi.  Xal  q  ning  asrlarmobaynida  to’plangan  bebaho  boyligi  – 

shaxs va oila hayoti bilan bog’liq  marosim va bayramlar unutila berdi. 

 Hozirgi paytda jamiyatimiz oldida shaxs, oila turmush tarzini yaxshilash va 

u bilan bog’liq  oilaviy an’analar, urf-odatlar, marosimlarga e’tibor qaratish muhim 

muammo bo’lib turibdi. Xal q imizning avloddan-avlodga o’tib kelayotgan oilaviy 

marosimlari sho’rolar davrida jiddiy to’siqlarga uchragan bo’lsa ham mustaqillikka 

erishilgandan so’ng ular  qayta tiklana boshladi. Bu an’ana, urf-odat va marosimlar 

to’g’risida  qator  kitoblar  chop  etildi.  Oilaviy  marosimlar  xalq    ma’naviyatining 

tarkibiy  qismi,  muhim  axloqiy  qadriyati,  ta’sirchan  tarbiya  vositasi  sanaladi. 

Oilaviy marosimlar jarayonida namoyon bo’ladigan axloq-odob, mehr-oqibat kabi 

xislatlar  yoshlar  ma’naviyati  shakllanishida  muhim  ahamiyatga  eag.  Xalq 

an’analari qadrlanadigan oilalarda tarbiya topgan yoshlar ibratli axloqi bilan bosh 

qalardan  ajralib  turadi.  Bunday  oilalardan  jinoyatchi,  bezori  kishilar  chi  q  maydi. 

Shu  bois  xalq  an’analari  va  oilaviy  urf-odatlar  yordamida  yoshlarni  tarbiyalash 

muhim ahamiyat kasb etadi. 

Ispaniyalik bir faylasuf olim butun umrini jahon xal q larining urf-odatlarini, 

axloq odobini o’rganishga bag’ishlagan ekan. o’sha olim bizning yurtimizga tashrif 

buyurib,  urf-odatlarmizni  o’rganibdi.  Yurtiga  borib:  “Butun  bir  amalga  oshirgan 

ishlarim va o’rgangan bilimlarimni 15 yoshli o’zbek qizalog’ining, o’rnidan turib, 

qo’lini  ko’ksiga  qo’ygancha  choy  uzatishidagi  odobi,  nazokatiga  almashtirishga 

rozi edim”– degan edi. 

Ajdodlarmiz  asrab-avaylab  kelgan  urf-odatlarmizni,  sharqona  odobimizni, 

naslimiz  pokligini,  buyukligimizni  asrab-avaylab  kelgusi  avlodga  yetkazish  siz-u 

bizning  qo’limizdadir. 

 

 



 

19 



Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish