5. 5-6 yoshdagi bolalarda mиллий туйғу hislarini tarbiyalash bo’yicha
bayram rejasi namunasi.
Mavzu: “Vatanni (sevmoq) mardlar qo’rqlaydi”.
Maqsad: Bolalarda fidoiylik, vatanparvarlik, mehr shafqat, jasurlik hislarini
tarbiyalash va shakllantirish.
Har bir mashg’ulot, suhbatlari va bayram kechalari bolalarga chuqur ta’sir
ko’rsatdi va ularda mehr –shafqat hislarini chuqurroq shakllantirishga yordam
berdi.
47
Quyida va ilovada tajriba sinov ishi davomida olib borilgan mashg’ulotlar
suhbatlar va bayram rejalaridan namunalar keltiramiz.
Mashg’ulotlar nomi “Kindik qonim to’kilgan yer”.
Maqsad: Bolalarga “Vatan”, “O’zbek xalqi” she’rlarini o’qib berib, bolalar
qalbida ona yurtiga muhabbat, mehr – shafqat hissini kuchaytirishga harakat qiladi.
O’lkamiz tabiati go’zal manzaralar tasvirlangan san’at asarlaridan bahra olib,
nafosat tuyg’usini rivojlantirish.
Mashg’ulotga tayyorlik:
“O’bekiston” manzarasi aks etgan asarlar, “Vatan”, “Ona yurt” mavzusida
rassomlarning ishlari har bir bola uchun 30 & 40 formatli oq qog’oz, rangli qalam,
mo’yqalam akvarel.
Mashg’ulotning borishi:
Aziz bolajonlar bugun sizlar bilan Vatan haqida suhbatlashamiz. Qani bolalar
Vatan deganda kim nimani anglaydi ?
Rashid: ( 1 ) – “Vatan – bu biz tug’ilgan joy”.
Malika: ( 2 ) – “Vatan – bu, O’zbekiston”.
Tarbiyachi barakalla qo’zichoqlarim, menga javoblaringiz ma’qul. Vatan –
bu biz tug’ilgan, kindik qonimiz to’kilgan joy, ota – bobolarimiz, ajdodlarimizdan
meros qolgan zamin, bizlarni oq yuvib oq tarab voyaga yetkazgan yurtdir. Vatan
avvalo oilamiz, mahallamiz, ko’chamiz, shahrimiz, qarindosh urug’larimiz,
ularning har biri Vatanimizning uzviy parchasidir. Qani aytinglarchi biz yashab
turgan joyning nomi nima ?
Diyor: ( 3 ) – O’zbekiston
Tarbiyachi: Balli bizning vatanimiz O’zbekiston. Bu go’zal yurtimizning
tabiati ajoyib manzaralari, dilimizga huzur bag’ishlaydi. Bizning yurtimiz
vodiylarga, vohalarga, go’zal bog’u – rog’larga, purviqor tog’larga, serhosil va
unumdor zamin kengliklariga boydir. O’zbekistonimizning go’zal tabiatini juda
ko’p rassomlarimiz go’zal qilib tasvirlashgan. Xassos shoirimiz Hamid Olimjon,
O’zbekiston she’rida Vatan g’oyasini ko’tarinki ruhda madh etadi.
48
Bolajonlar, biz hammamiz o’zbek millatiga mansubmiz. Biz bu bilan doim
faxrlanishimiz zarur, unga mehr – shafqatli bo’lishimiz kerak. O’zbek xalqi
mehnatkashligi, jafokashligi, g’oyat sabrli, bardoshli, keng fe’lli, mehr – shafqatli,
mehmondo’st, bolajon, rahmdil va vatanparvarligi bilan obro’ qozongan. Kishi o’z
vatanida yayrab – yashnab yashaydi, Vatanni asrab avaylaydi, odamlarga mehr –
shafqat ko’rsatadi. Vatanning mehrli fidoiy kishisi bo’lib yashaydi.
Bizning o’lkamizda 150 dan ziyod millat va elatlar yashaydi. Bu millat va
elatlar bir – birlariga mehr – muruvvatli, mehr – shafqatlidirlar. Ular
O’zbekistonning yanada gullab yashnashi uchun kamarbasta bo’lmoqdalar.
Bolajonlar endi oldingizdagi oppoq qog’ozga o’z Vatanimiz, mehrimiz,
ko’chamiz, bog’chamiz, mahallamiz rasmini tasvirlab berasizlar.
Mashg’ulotning yakuni.
Tarbiyachi mashg’ulot so’ngida bolalarning ishlarini kuzatib, yaxshi chiqqan
rasmlarni bolalarga ko’rsatadi, bolalarni rag’batlantiradi.
Mashg’ulotning tahlili.
Kuzatish shuni ko’rsatadiki, bolalarda mashg’ulot orqali ona yurtga
muhabbat hissi kuchaydi. Bolalarda mehr – muhabbat, mehr – muruvvat hissi
shakllandi. Mustaqillik sharofati bilan qayta tiklangan, xaq – huquqlarimiz,
ozodlik, erkinlik, o’z davlat tiliga ega bo’lish tabiat boyliklaridan xalq baxt saodati,
manfaati yo’lida foydalanish haqida bilimga ega bo’ldilar. Vatan “O’zbek xalqi”
she’ri orqali bolalarda Vatan bilan faxrlanish, fidoiylik, mehr – shafqat tuyg’ularini
o’stirishga imkon yaratildi.
Mshg’ulotlarda bolalardan Ona yurtni sevish, uning boyliklarini qadrlash,
ota – onalariga, do’st – o’rtoqlariga, mehr – shafqat ko’rsatish, o’z ona tuprog’ini
har bir qarich yerini asrab avaylash, uning uchun jonini fido qilish kabi his –
tuyg’ularni shakllantirildi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda mehr – shafqat hislarini tarbiyalashda
tarbiyachilarning yana bir vazifasi materialni jonli va qiziqarli qilib bayon qilib
bolalarda mehr – shafqat hislarini jonlantirish, uyg’otish va shakllantirishdir. Ana
shu hislatni maktabgacha yoshdagi bolalarda tarbiyalay olsak, bu bola katta
49
bo’lganda albatta o’z Vataniga, uning xalqiga, katta – yu kichigiga albatta mehr –
oqibatli, mehr – shafqatli inson bo’lib kamol topadi.
Mehr – shafqat g’oyalari, inson sahovati, muruvvati haqidagi fikrlar,
“Avesto” kitobida qadimgi bitiklarda va boshqa yozma manbalarda o’z ifodasini
topgan. Bulardan tashqari o’zbek xalqi orasida keng tarqalgan pandnomalar,
o’gitlar va odobnomalarda diniy falsafiy risolalarda ayniqsa hodisalarda komil
inson, insonparvarlik, mehr – shafqat kabi insoniy hislatlarga keng o’rin berilgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda bu xislatlarni shakllantirish avvalo oilaga,
qolaversa atrof muhit, do’stlar, maktabgacha tarbiya muassasasi tarbiyachilariga
bog’liq, ular orasidagi munosabatga bog’liq, ular orasidagi munosabatga bog’liq.
Chunki, maktabgacha yoshdagi bolalar taqlidchan bo’ladilar. Kattalar tomonidan
berilayotgan mehr – shafqat albatta kichiklarda o’z aksini topadi.
Bundan tashqari mahoratli tarbiyachi katta maktabgacha tarbiya yoshdagi
bolalarda mehr – shafqat hislarini shakllantirishda o’yin faoliyatidan foydalanish
mumkin.
O’yinlar asrlar davomida Maktabgacha pedagogikada tarbiya vositasi bo’lib
hisoblanadi. Chunki o’yin har bir sog’lom bolaga quvonch bag’ishlaydi, uning
ruhiyatini ko’taradi, tafakkurini o’stiradi, tevarak – atrof bilan tanishuvda yaqindan
yordam beradi, uni yashashga o’rgatadi, unga mehr – muruvvatli bo’lish hislarini
uyg’otadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar rang barang harakatli, didaktik, syujetli –
rolli o’yinlarni o’ynaydilar. Chunki syujetli – rolli o’yinlarda bolalar o’zlarini
xuddi o’sha muhitda his qiladilar. Masalan, “Ona – qiz”, “Xola – xola” , “Doktor –
doktor” , “Maktab – maktab” , “Bog’cha – bog’cha” va hokazolar.
Tanlangan rolli o’yin bolani butunlay chulg’ab oladi, uning aqlli
hissiyotlariga ta’sir ko’rsatadi.
Agar bola rollardan qaysi birini tanlasa, u o’shaning mag’zini chaqib va
obrazga kirishib uni chuqur his qilgan holda, shunga muvofiq o’zini tutadi. O’yin
jarayonida bolalar o’zaro munosabatda bir – birlarini tushunishga, hurmat qilishga,
mehr – shafqat ko’rsatishga harakat qiladilar. Aks holda o’yin buziladi. Qonun –
50
qoidalar o’yinni saqlab qolishiga yordam beradi. Uning barcha qatnashchilarini
uyushgan holda harakat qilishga majbur etadi. Shu tariqa bola ham o’zi sezmagan
holda tengdoshlari, jamoasi orasida o’zini qanday tutish lozimligini o’rganib oladi.
Sheriklari bilan birgalikda harakat qilishda uyushqoqlik talab etadigan individual
va hamkorlikdagi o’yinlar jarayonida bola uyushqoq intizomli bo’lishni o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |