xizmat qiladi. U — jamiyat hayotining tarkibiy qismi, binobarin, uning bag’rida shakllanadi, madaniy meros va
qadriyatlar zaminida faoliyat ko’rsatadi.
Aslida tarixda mafkuradan mutlaqo xoli davrlar kam bo’lgan. Shunday davrlar bo’lgan taqdirda ham, ulardan
so’ng albatta har safar mamlakatning o’ziga xos va o’ziga mos mafkuraviy muhitini qayta tiklash va yangilash
jarayoni boshlangan. Vatanimizda kechayotgan bugungi mafkuraviy yangilanishni sohibqiron Amir Temur
davrida mo’g’ullar imperiyasi istilosiga barham berib, mustaqillik uchun, milliy davlatchilik asoslarini qayta
tiklash uchun kurash yillariga qiyoslash mumkin.
Mamlakatimizda milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish borasida ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun sobiq
mustabid tuzum mafkurasi butunlay o’tmishga aylandi. Diyorimizda milliy davlatchilik an’analarimiz qayta
tiklanmoqda, ma’naviyat, madaniyat va ma’rifat yangi yuksaklikka ko’tarilmoqda. «Ana shu jarayonning asosiy
xususiyatlari nimalardan iborat?», «U hayotimizni qaysi tomonga eltadi?», «Biz bu jarayonda qanday ishtirok
etishimiz lozim?» degan savollarga javob topish zarurati ijtimoiy tafakkurni o’zgartirishni dolzarb vazifaga
aylantirmoqda.
Mustaqillik, milliy manfaatlarimizga mos mafkurani shakllantirishni kun tartibiga qo’ydi. U xalqimizning azaliy
an’analari, udumlari, tili, dili va ruhiyatiga asoslanib, ongimizga kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-
toqat, adolat, ma’rifat tuyg’ularini singdirishi lozim.
Shu bilan birga, bu «Mafkura xalqimizda, o’zining qudrati va himoyasiga suyangan holda umuminsoniy
qadriyatlarga asoslanib, jahon hamjamiyatidagi mutaraqqiy davlatlar orasida teng huquqli o’laroq munosib o’rin
egallashiga doimiy intilish hissini tarbiyalamog’i kerak»
10
. Davlatimiz rahbarining ushbu fikrlarida milliy istiqlol
mafkurasining dasturiy vazifalari o’z ifodasini topgan. Mafkura dunyoqarashning asosini tashkil etadi, jamiyat
va xalqning taraqqiyot yo’lini belgilab beradi, jamiyat va millat rivojlanishidagi etakchi g’oyalarni ilgari suradi.
Shu g’oyalar asosida insonlar faoliyati, orzu-intilishlari, istiqbol rejalarini aniqlashga yordam beradi.
Mafkura davlat, siyosat yoki muayyan ijtimoiy guruh manfaatlariga xizmat qiluvchi qarashlar, g’oyalar tizimi
sifatida namoyon bo’ladi. U davlat, jamiyat yoki partiyalarning ijtimoiy barqarorligini, yashovchanligini
g’oyaviy jihatdan ta’minlashga ham xizmat qiladi. Shu o’rinda mafkura o’zi mansub bo’lgan jamiyat, millat yoki
ijtimoiy guruhning harakat dasturiga g’oyaviy yo’nalish berishga qaratilgan targ’ibotlar majmuiga ham o’xshab
ketadi.
Binobarin, jamiyat, millat yoki biron-bir guruhga tegishli asosiy ijtimoiy qadriyatlar haqidagi tasavvurlar ham
mafkura orqali hosil qilinadi. Mafkura har bir davrning etakchi g’oyalarini o’zida ifoda etgani uchun ham u
haqda fikr bildirish, uni dunyoqarashning shu sohadagi namoyishi deya qabul qilish mumkin. Mafkura —
jamiyat va xalqning taraqqiyot yo’lini uzviy tarzda belgilab beruvchi g’oyalar va muayyan ijtimoiy qatlamlar
manfaatlariga qaratilgan siyosiy, huquqiy, falsafiy, axloqiy, diniy va estetik qarashlar tizimidir. Ayni paytda uni
shaxsiy darajadagi hissiy tasavvur, tushuncha va g’oyalar majmui bilan uyg’un ma’lum bir maslak, ta’limot,
dunyoqarashdir, deb talqin qilsa ham bo’ladi. G’oya va mafkura to’g’risidagi mavzuda bu haqda alohida fikr
yuritishimizni nazarda tutib, mafkura to’g’risidagi fikrni qisqa va muxtasar etishni lozim, deb hisoblaymiz.
Falsafiy dunyoqarashning yangilanishi uchun istibdod va eski mustabid siyosat tufayli ongimizga singib ketgan
mutelik, loqaydlik, boqimandalik, sustkashlik, mas’uliyatdan qochish kabi asoratlardan xalos bo’lish darkor. Bu
asoratlar ham osonlikcha bartaraf etilmaydi. Bunda, avvalo jamiyatning siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy
hayotida yuz beradigan ijobiy o’zgarishlar uni harakatlantiruvchi, taraqqiy ettiruvchi asosiy omil — inson
tafakkuri, ruhiyati, his-tuyg’ulariga samarali ta’sir etadi. Shu bilan bog’liq ravishda, Vatan va xalq tarixi,
ma’naviy-madaniy meros, ona tili, din, milliy turmush tarzi, milliy urf-odatlarni yangi davrning mohiyat-
mazmunidan kelib chiqqan holda tiklash, boyitish va milliy g’urur-iftixorning yuksalishida juda ulkan o’rin
tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: