O’zbekiston faniga kirib kelgan muhim yangiliklar uning tarkibiy tuzilishidagi o’zgarishlardan tashqari
yana quyidagilarda namoyon bo’ladi:
- fanning kompyuterlashtirilishida;
- jahonning global muammolarini hal etishda o’zbek olimlarining faol ishtirok etayotganida;
- ilmiy tadqiqotlarda eng zamonaviy texnika, asbob-uskunalardan va ilg’or metodlardan foydalanilayotganida;
- olimlarimizning jahon tillarini o’rganishga rag’batlantirilishida;
- jahonning taraqqiy etgan mamlakatlari oliy o’quv yurtlarida mutaxassis-kadrlar tayyorlash yo’lga
qo’yilganligida;
- ta’lim-tarbiya tizimining tubdan isloh qilinayotganida.
O’zbekistonda demokratik jarayonlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’rifiy
vazifalarni hal etishda fanning asosiy vazifalari Prezident I.A. Karimovning asarlarida batafsil tavsiflab berildi.
Fanning siyosat, madaniyat bilan bog’liqligi, demokratik jamiyatda uning tayanch qadriyat ekanligi har
tomonlama asoslandi.
Fanning rivoji o’z oldiga qo’ygan muammolarni hal etishda ilmiy metodlardan oqilona foydalanishni taqozo
etadi. Hozirgi davrda amaliy va nazariy tadqiqotlar o’tkazishda quyidagi usullardan keng foydalanilmoqda:
kuzatish, qiyoslash, tavsiflash, formallashtirish, modellashtirish va boshqalar.
XX asr fan-texnika inqilobi insoniyatning moddiy va ma’naviy hayotida tub o’zgarishlarni vujudga keltirdi.
Insonning tabiat taqdiri uchun javobgarlik hissini yanada oshirdi. Fan inson hayotining istisnosiz barcha
sohalariga kirib keldi, inson va jamiyat borlig’ining muhim tarkibiy qismiga, bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga
aylandi. Shu boisdan ham hozirgi zamon fanini «katta fan» deb atash rasm bo’ldi.
Keyingi yuz yil davomida ilmiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi olimlar soni beqiyos darajada o’sdi. Agar XX asr
boshlarida butun Er yuzidagi olimlar yuz ming atrofida bo’lgan bo’lsa, hozirgi paytda ularning soni besh
milliondan ortib ketdi.
Fan va texnika sohasidagi inqilobiy o’zgarishlarni olimlar sonining o’sib borishidagina emas, balki ilmiy
kashfiyotlar salmog’i va sifatining muttasil ortayotganida ham ko’rish mumkin. Butun insoniyat tarixida qilingan
ilmiy kashfiyotlarni yuz foiz deb oladigan bo’lsak, uning to’qson foizi XX asrga to’g’ri keldi. Ilmiy
informatsiyalar har o’n-o’n besh yilda ikki martaga ortib boryapti.
O’zbekistonda keyingi yillarda fanning turli sohalarida faoliyat ko’rsatayotgan olimlar, ilmiy xodimlar salmog’i
ortdi.
Hozirgi davrda O’zbekiston fani rivojlanishi oldida turgan asosiy yo’nalishlar I.A. Karimovning qator asarlarida
belgilab berildi. Ulug’ ajdodlarimizning ilmiy an’analarini davom ettirish, hozirgi zamon fani va texnikasi
yutuqlarini puxta egallash mamlakatimizning yangi asrda jahonning ilg’or mamlakatlari qatoridan munosib o’rin
egallashi uchun puxta zamin yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |