1-мавзу: «Мещнат социологияси» фанининг ма=сади, вазифалари ва ижтимоий–и=тисодий фанлар билан узвий бо\ли=лиги



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/177
Sana27.03.2021
Hajmi1,58 Mb.
#62111
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   177
Bog'liq
mehnat va mehnat munosabatlari sotsiologiyasi

nuqtai  nazardan,  rag’batlantirishning  barcha  tizimlarini  oddiy  va  murakkab  tizimlarga 
ajratish mumkin); rag’batlantirish tizimi bilan ayrim xodimlarni yoki xodimlar jamoalarini 
qamrab olish va tegishli ravishda rag’batlantirishlar natijalari va miqdorlarini hisobga olish 
(ana  shu  nuqtai  nazardan,  rag’batlantirish  tizimlari,  alohida  va  jamoa-guruh  tarzida 


 
177 
bo’lishi  mumkin);  rag’batlantirish  tizimida  e’tiborga  olinadigan  mezonlarga  nisbatan 
mukofotlashning ortib borish xususiyati (ana shu nuqtai nazardan, rag’batlantirish tizimlari 
mutanosib ortib boruvchi va kamayib boruvchi tizimlarga bo’linishi mumkin).  
Kafolatlangan va badal to’lovlari.  
Xodimlarning  uzrli  sabablar  bilan  o’z  mehnat  vazifasini  amalda  bajarmagan  davr 
uchun  qonunda ko’zga tutilganiga  muvofiq ravishda  haq to’lashi  kafolatli  to’lovlar, deb 
ataladi. Bunday to’lovlar quyidagi hollarda belgilanadi:  
-xodim  davlat  va  jamoat  vazifalarini  bajarganligi  uchun,  qonun  bo’yicha  bu 
vazifalar  ish  vaqtida  bajarilgan  taqdirda.  Deputatlik  burchini  bajarish,  deputat  sifatida 
kasaba uyushmasi va boshqa jamoat tashkilotlari quriltoylari, plenumlari, konferentsiyalari 
qatnashish,  surishtiruv,  dastlabki  tergov,  prokuratura  organlariga,  sudga  chaqirilish,  xalq 
maslahatchilari sifatida sud majlislarida ishtirok etish kabilar shular jumlasiga kiradi;  
-ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, malakasini oshirgan vaqti uchun;  
-tibbiy  ko’rikdan,  albatta,  o’tishi  lozim  bo’lgan  xodimning  tibbiy  tekshiruvdan 
o’tish davri uchun;  
-donorlik vazifasini bajargan hollarda  
-ixtiro yoki ratsionalizatorlik taklifini ayni ish korxonaning o’zida joriy qilish ishida 
qatnashgan vaqti uchun;  
-yillik  ta’tilda  bo’lgan  vaqti  uchun,  xodimga  ta’tildan  oldingi  12  oxirgi  kalendar 
oylar hisobidan o’rtacha ish haqi to’lanadi;  
-sovuq  paytlari  ochiq  havoda  yoki  usti  yopilmagan  binoda  ishlovchi  ishchi  va 
xizmatchilarga isinish va dam olishga berilgan tanaffuslar vaqti uchun;  
-bir  yarim  yoshga  to’lmagan  bolasi  bor  ayollarga  bolasini  emizishga  berilgan 
tanaffus vaqti uchun;  
-shtat  qisqartirilishi  munosabati  bilan  ishdan  bo’shatilgan  xodimlarga  ishga 
joylashagan vaqti uchun.  
Xodimning  o’z  mehnat  vazifalarini  bajarilishi  yoki  boshqa  joydagi  ishga  ko’chib 
o’tishi,  yohud,  boshqa  joydagi  ishga  ko’chirilishi  va  qabul  qilinishi  bilan  bog’liq  sarf-
harajatlarini  qoplash  maqsadida  to’lanadigan  haq  badal  to’lovlari,  deb  ataladi.  Bunday 
to’lovlarga quyidagilar kiradi:  
-xizmat safariga yuborilganda beriladigan badal;  
Bunda  safar  muddati  yo’lga  ketgan  vaqtni  hisobga  olmaganda  40  kundan  ortiq 
bo’lmasligi  kerak.  Xizmat  safariga  yuborilgan  xodimga  sutkalik  pul,  yo’l  kira  haqi  va 
turar-joy  ijarasi  haqi  to’lanadi.  Sutkalik  pul  dam  olish  va  bayram  kunlarini  ham  qo’shib 
hisoblab, xizmat safarining har kuni uchun to’lanadi. Safarga jo’nagan va undan qaytgan 
kuni bir kungi hisoblanadi.  
-ishchi va xizmatchilarga tegishli asboblarning eskirishi uchun to’lanadigan badal;  
Uning  miqdorini  ma’muriyat  xodim,  hamda  kasaba  uyushmasi  qo’mitasi  bilan 
kelishilgan holda belgilaydi.  
 
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 
 
1.Abdurahmonov Q.H., Bozorov N., Volgin N. Va boshqalar. “Mehnat iqtisodiyoti 
va sotsiologiyasi”. Toshkent: “O’qituvchi”-2001 yil. 156-279 va 327-340 betlar. 
2.Abdurahmonov Q., H.Xolmo’minov Sh.R. Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi”. 
Toshkent-2004 yil, 97-125 betlar.  


 
178 
3.Dodoboev  Yu.T.,  Xudoyberdiyev  A.  “Mehnat  iqtisodiyoti  va  sotsiologiyasi”. 
Farg’ona-2001 yil, 212-235 betlar.  
4.Karimova  O.,  G’afforov  Z.  “Davlat  va  huquq  asoslari”.  Toshkent:  “O’qituvchi”-
1995 yil, 423-433 betlar.  
5.Usmonov  S.N.,  Dodoboev  Yu.T.  “Bozor  iqtisodiyoti  asoslari”.  Toshkent:  “Fan”-
1999 yil, 90-92 betlar.  
6.O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi. Toshkent: “Adolat”-1996 yil, 72-
80 betlar.  
7.O’zbekiston  Respublikasining  mehnat  qonunchiligi  bo’yicha  me’yoriy  –huquqiy 
hujjatlar to’plami. Toshkent: “O’zbekiston” -2006 yil, 79-88 betlar. 
8.O’zbekiston Respublikasi Entsiklopediyasi. Toshkent-1997 yil, 329-bet. 
9.O’lmasov A. “Iqtisodiyot asoslari”. Toshkent: “Mehnat”-1997 yil, 112-113 betlar.  
 
 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish