Mavzu -3. Menejmentning nazariy asoslari
Reja:
3.1. Boshqaruv jarayoni mazmuni va maqsadi
3.2.
Boshqarish funktsiyalari mazmuni va mohiyati
3.3. Ish boshqarish tizimi va uni baholash
3.4. Ish boshqarish jarayonidagi hozirgi muammolar
3..Menejment usullari va mazmuni
Tayanch soʻzlar:
boshqaruv jarayoni, boshqaruv funksiyalari, rejalashtirish,
tashkil etish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, ragʻbatlantirish, iqtisodiy usullar,
ijtimoiy-ruhiy usullar, tashkiliy-ma’muriy usullar.
3.1. Boshqaruv jarayoni mazmuni va maqsadi
Hamma boshqaruvning uzluksiz ishlash jarayoni menejmentdir. Bu
boshqaruv apparatining mehnat jarayonidir.
Menejment iqtisodiy nuqtai nazaridan — bu, avvalo, hamma iqtisodiy
muammolarni boshqarish tizimi, insonlarni boshqarish. Menejment ijtimoiy
nuqtayi nazaridan — bu, avvalo, mehnat jamoalari ijtimoiy talablarini qondirish,
insonni tarbiyalash. Menejment jarayoni texnologiyasi esa boshqaruv apparati
xodimlarining bajarayotgan amaliy ishlaridir.
6
Robbins Stephen P.Management / Stephen P. Robbins, Mary Coulter. — 11th ed. R647 2012 . 28-32-betlar
42
Shunday qilib, menejment jarayoni qoʻyilgan masalaga erishish uchun
boshqaruv apparati rahbari va odamlarning kelishilgan holda hamohang faoliyat
koʻrsatishidir.
Menejment jarayoni operatsiya, vosita va operatsiyasini amalga oshirish bilan
tavsiflanadi. Menejment jarayoni mohiyatidan kelib chiqib, quyidagi bosqichlarni
ajratish mumkin:
Koʻrsatilgan ketma-ketlik bilan boshqaruv faoliyati bajariladi. Har qanday
faoliyat maqsadli boshqaruvga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak, zero boshqarish
maqsadga erishish uchun amalga oshiriladi. Menejmentning navbatdagi bosqichi
holatlarni tahlil etish deyiladi. Bu bosqichda ishlar majmuyi, tizim holatini
baholash, uni takomillashtirish yoʻllari, ishga xalaqit beruvchi elementlaridan
qutulish choralari koʻriladi.
Muammolar bosqichida tizimni joriy holatidagi asosiy qarama-qarshiliklar,
tizim ishini yaxshilash uchun nimalar qilish kerakligi aniqlanadi. Yechim bosqichi
rahbarning amaliy ishlarga oʻtish faoliyatidir. Qaror qabul qilinishi bilanoq
boshqariluvchi tizimlarga aniq ta’sir koʻrsatiladi, alohida oddiy boshqaruvga oid
harakatlar bajariladi.
Menejment jarayoni uslubi quyidagilar: axborot-analitik va tashkiliy ishlar.
Axborot-analitik ishlar quyidagilardan iborat: axborotlar yigʻish, tahlil etish,
axborotni qayta ishlash va uzatish, boshqaruv qarorlari variantlarini ishlab chiqish,
boshqaruv qarorlari variantlariga doir axborotlarni saqlash va boshqalar.
Тashkiliy
ishlar
quyidagilardan
iborat:
tushuntirish,
ishontirish,
ragʻbatlantirish, topshiriqlarni taqsimlash, ijroni nazorat qilish, ta’sir etish va
boshqalar.
Insonlarni boshqarish nafaqat qarorlar qabul qilish bilan balki uning
bajarilishini nazorat qilishni ham taqozo etadi. Afsuski, koʻp holatlarda
hayotimizda menejment jarayoni bajarilishi har taraflama tashkil etilmaydi, uni
tashkiliy, mazmunan, texnik tomonlari oʻzaro bogʻlanmaydi.
Kemasozlikda jahonning eng katta kompaniyalaridan biri boʻlgan Hundai
kompaniyasi oʻzining zamonaviy talablarga javob berishda muhim hisoblangan
yangi texnologiyasi harajatlarni qisqartirishiga va ishlab chiqarish samaradorligini
oshirishga yordam berishiga ishonadi. Balki siz hech qachon sotib olgan va
foydalangan Tovar va xizmatlaringizni tashkilot qanday yoʻllar bilan “ishlab
chiqarishi”ni oʻylab koʻrmagandursiz. Ammo bu juda muhim jarayondir. Busiz siz
avtomobilda yurmagan, Mc Donald’s kartoshkasini ta’tib koʻrmagan yoki mahalliy
parklarda mijozlarni tashuvchi sayohat poyezdlari xizmatidan bahramand
boʻlmagan boʻlar edingiz. Tashkilotlar yaxshi oʻylangan gʻoya, yaxsho tashkiliy
tizimga, yaxshi oʻylangan operatsion tizimga, shuningdek tashqi muhitdagi global
raqobatga bardosh beruvchi sifatli dasturlarga ega boʻlishi lozim. Bunday tizim va
dasturlarni boshqarish menejrning vazifasi hisoblanadi.
43
Nyu Mexikodagi Intel zavodida Trish Roughgarden ismli xodim Intel ishlab
chiqqan nou-xaularni bir ob’yektdan ikkinchi ob’yektga oʻtkazuvchi texnik
mutaxassislar uchun norasmiy ataluvchi “oila” nomi bilan yaxshi tanilgan. “Oila”
- bu ma’lum zavod tomonidan keyinchalik yangi zavod rivojlantirish uchun
yaratilgan, uncha katta boʻmagan ob’yekt. Ish davomida u shunga amin boʻldiki,
uning zavodi Oregon shtatida avvalroq ochilgan boshqa bir zavod bilan bir xil ish
faoliyatini olib boradi
7
.
Keyinchalik Irlandiyada ochilgan bir necha yuz boshqa zavodlar oʻxshash
uslublardan nusxalar olishdi. Arizona shtatida ochilgan zavod ham aynan shunday
“oilalashtirish” orqali daromad oldi. “Oilalashtirish”ning asosiy amalga
oshiradigan ishi “Aniq nusxa koʻchirish” boʻlib, u strategiyaning bir qismi
hisoblanadi. Kuchli raqobat sharoitida Intel kompaniyasi ishlab chiqarish
jarayonlarini qanday boshqarish kerakligini yaxshi biladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |