“Tizimli” yoki zamonaviy menejment mohiyati
XX asrning 60-80-yillarida gʻarbda zamonaviy menejment rivojlana boshlandi.
gʻarb nazariyotchilari boshqaruvning ijtimoiy tizimlar maktabini tashkil qilish
maqsadida:
tizimli yondoshuv asoslarini ishlab chiqishdi;
yaxlit tizim bilan uning qismlari munosabatlari masalalarini koʻrib chiqishdi;
37
bir qancha oʻzgaruvchi omillarning boshqaruvga ta'sirini oʻrganishdi.
Bu maktab namoyandalari (amerikalik Ch.Barnard, G.Saymon) zamonaviy
menejmentda quyidagi toʻrt yondoshuvni asoslab beradi:
2-jadval. "Tizimli" yoki zamonaviy menejment
№
Boshqarishga yondoshuv
turlari
Izoh
1.
Tizimli yondoshuv
- Tizim-bu bir-biri bilan oʻzaro bogʻlangan qismlar
majmuidir. har bir qism yaxlit tizimning oʻzgarishiga oʻz
hissasini qoʻshadi. Tashkilot-bu yaxlit ochiq tizimdir. Uning
taqdiri tashqi va ichki muhitga bogʻliq. Tashkilotni
boshqarishga tizimli yondoshuvda asosan uning ichki
muhitiga (iqtisodiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy-siyosiy), e'tibor
beriladi.
2.
Vaziyatli yondoshuv
- Garchi tizimli yondoshuvda yaxlit tashkilot qanday
qismlardan tashkil topgan degan savolga javob topolsak-da,
bu oʻrinda qismlarning qaysi biri muhim, qaysi biri ikkinchi
yoki uchinchi darajali degan savol koʻndalang turmaydi.
- Yaxlitning qaysi bir qismi oʻta muhim degan savolga
vaziyatli tahlil javob beradi. Bunda tashkilotning ichki
tarkibidagi oʻzgarishlar tashqi muhitning ta'siri bilan bogʻlab
oʻrganiladi. Ammo turli darajadagi vaziyat turli darajadagi
bilimni talab qiladi.
3.
Funktsional yondoshuv
- Boshqaruvga tashkiliy mexanizmlarning eng oqilona
yoʻllarini ishlab chiqish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan
boshqarish quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
- rejalashtirish;
- tashkillishtirish;
- rahbarlik qilish;
- muvofiqlashtirish;
- nazorat qilish va hk.
4.
Miqdorli yondoshuv
- Bunday yondoshuvda asosan:
-menejmentning operatsion printsipiga;
-qaror qabul qilish nazariyasi printsiplariga;
-matematik yoki ilmiy menejment kabilarga e'tibor qaratiladi.
Miqdorli yondoshuvdagi boshqarish jarayonida nafaqat
matematik; statistika, kibernetika, muhandislik fanlari bilan
sotsiologiya birga ruhshunoslik, tizimlar nazariyasi kabi
fanlardan ham keng foydalaniladi.
Zamonaviy menejmentning maqsadi qaror qabul qilish jarayonini elektron hisoblash
texnikasi hamda eng yangi matematik usul va vositalarni qoʻllagan holda tadqiq qilishdir.
Tizimli menejment qarorlarning oqilonaligini ta'minlashni oʻz oldiga vazifa qilib qoʻyadi.
Menejmentdan uzoq davrlardan foydalanishgan. Tashkil qilingan korxonalar
rejalashtirish, tashkilashtirish, raxbarlik qilish va nazorat qilishga masul odamlar
tomonidan boshqarilgan, bunday faoliyat ming yillardan buyon mavjud.Keling eng
qiziqarli misollarga toʻxtalaylik.
38
Do'stlaringiz bilan baham: |