46
samaradorlikka erishiladi. Asosiy vazifa – stabillikni ta’minlash,mehnatni erkin
rejimini tashkillashtirish, daromadni koʻpaytirish.
faza – tashkilotni qayta tiklanishi. Barcha funksiyalarni qayta tiklash maqsad
qilib olingan; uning oʻsishiga jamoa orqali erishiladi; asosiy vazifa – yosharish;
kollektiv bilan ishlash.
3.2.
Boshqarish funktsiyalari mazmuni va mohiyati
Dastlab "funktsiya" va "vazifa" iboralarining lugʻaviy ma'nosi toʻgʻrisida ikki
ogʻiz soʻz. "Funktsiya" -bu lotincha soʻz boʻlib, biror kimsa yoki narsaning ish,
faoliyat doirasi, vazifasi degan ma'nolarni bildiradi.
"Vazifa" - bu amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim boʻlgan masala,
oʻrganilishi lozim boʻlgan, koʻzda tutilgan maqsad, yoki biror-bir topshiriq,
xizmat, yumush, xizmat lavozimi, mansab, amal demakdir.
"Funktsiya" tushunchasi "vazifa" tushunchasiga nisbatan torroq, ma'noga ega.
Zero, funktsiya faqat oʻz faoliyat doirasidagi vazifalarni oʻz ichiga oladi.
"Vazifa" esa oʻz faoliyat doirasidan tashqarida ham boʻlishi mumkin.
Boshqaruv funktsiyasi deganda u yoki bu ob'ektni boshqarishga oid aniq
vazifalarni hal etishga qaratilgan bnr turdagi ishlar majmui tushuniladi.
Demak, boshqaruv muayyan funktsiyalar orqali amalga oshiriladi.
Funktsiyalarni aniqlash, ularning mohiyatini ochish va oʻrganish boshqaruv
jarayonini toʻgʻri tashkil qilishning muhim shartidir.
Boshqarish funktsiyalari - koʻp qirrali tushunchadir. Shu sababli ularni
muhim belgilar buyicha turkumlarga ajratib oʻrganish zaruriyati tugʻiladi.
Boshqaruv funktsiyalarining mohiyati, tasnifi va mazmunini
oʻrganish
boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish uchun zarurdir, chunki
yuqorida ta'kidlaganimizdek, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning
funktsiyalarida namoyon boʻladi.
Sizningcha yaxshi samaraga erishish uchun yana qanday amaliy ishlarni
davom ettirish mumkin? Siz qanday rejalar taklif etgan boʻlar edingiz?
Siz hozirgi paytda rejalashtirish umuman keraksiz narsa deb oʻylashingiz
mumkin. Biroq siz keyingi yarim yillik dars jadvalini olganingizdan soʻng yoki
kurs ishini vaqtida tugatish uchun nimalar qilishingiz togʻrisida oʻylaganingizda,
rejalashtirayotgan boʻlasiz. Menejerlar nimani rejlashtirishi va qanday
rejalashtirishi bilan bir-biridan farqlanishi mumkin, lekin ular oʻz ishlarini
rejalashtirishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: