2-rasm. Nazorat jarayoni
Nega nazorat qilish bu darajada muhim? Rejalashtirish, maqsadga
muvaffaqiyatli erishishda koʻmaklashuvchi tashkiliy tuzilmani yaratish va samarali
49
rahbarlik orqali ishchilarni ruhlantirish maqsadida, tashkil qilinadi. Lekin barcha
menejer va ishchilar aniq bir maqsadga erishish uchun qilgan ishlari va
yetishayotgan natijalari rejadagidek ketishiga doim ham kafolat yoʻq. Nazorat
qilish muhimdir, shunday ekan menejerlar uchun bu - tashkiliy maqsadlarga
erishilayotganini nazorat qilishga va agar erishilmasa ularni sabablarini
oʻrganishga yordam beruvchi yagona mehanizm hisoblanadi. Nazorat
funksiyasining qiymatini uch muayyan sohalarda koʻrish mumkin: reja tuzish,
xodimlar imkoniyatlarini kengaytirish va ish maskanini himoya qilish.
Samarali menejer muntazam ravishda hodimlarga berilgan ish meyorida
qiliayotganiga va osha faoliyat orqali haqiqiy maqsadlarga erishilayotganligiga
ishonch komil hosil qiladi. Boshqaruv jarayonining soʻnggi bosqichi sifatida,
nazorat qilish rejalashtirishga muhim rishtani ta'minlaydi. Agarda rahbarlar nazorat
qilmaganda edi, maqsadlar va rejalarga erishilayotgani va kelajakda qanday rejalar
tuzish kerakligi haqida hech qandayma'lumotga ega boʻlisha olmas edi.
Nazorat qilishning ikkinchi muhim sababi hodim huquq va imkoniyatlarini
kengaytirish masalasidadir.Aksariyat menejerlar hodimlarining imkoniyatlarini
yuqorilashga xohish bildiravermaydilar chunki ular belgilangan masuliyatni
amalga oshira olmasligidan qoʻrqishadi. Lekin samarali nazorat qilish tizimi
hodimlar samaradorligiga fikr va mulkohazalarni berib boradi va potensial
muammolar ehtimolini kamaytirib boradi.
Menejerlarning nazoratni saqlab turishlarining soʻnggi sababi tashkilot va
uning mol mulkini himoya qilishdadir. Bugungi kunning tabiati oʻzi bilan tabiiy
falokatlardan tahdid, molayaviy nizolar, ish joyidagi zoʻravonliklar, taklif zanjirida
buzilishlar, havfsizlik buzilishi va hattoki terroristik hujumlarni oʻzi bilan olib
keladi. Rahbarlar ushbu boʻlishi mumkin boʻlgan tahdidlar sharotida tashkilot mol
mulkini himoya qilmoqliklari shart. Mufassal oʻylangan nazorat tizimi va zahira
rejalari minimal ish faoliyatidagi buzilishlarga yorddam berishni kafolatlaydi.
9
9
Robbins Stephen P.Management / Stephen P. Robbins, Mary Coulter. — 11th ed. R647 2012 . 16-18-betlar
50
Do'stlaringiz bilan baham: |