O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

51-modda. Maqsadli mablag’lar 
Soliq to’lovchi maqsadli mablag’larning manbai bo’lgan shaxs tomonidan 
belgilangan yoki O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan 


45 
maqsadga ko’ra foydalanish uchun olgan mol-mulk ushbu Kodeksga ko’ra maqsadli 
mablag’lar jumlasiga kiradi.
Maqsadli mablag’lar jumlasiga quyidagilar kiradi, xususan: 
1) byudjetdan ajratiladigan mablag’lar va byudjet subsidiyalari; 
2) grantlar va insonparvarlik yordami; 
3) maqsadli tushumlar. 
Ushbu Kodeksga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Vazir Mahkamasi 
tomonidan belgilangan tartibda beg’arazlik asosida beriladigan mol-mulk grantlar 
deb e’tirof etiladi: 
1) davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro yoki chet el hukumat 
tashkilotlari 
yoxud 
nohukumat 
tashkilotlari 
tomonidan 
– O’zbekiston 
Respublikasiga berilgan grantlar; 
2) chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar tomonidan – 
O’zbekiston Respublikasiga berilgan grandlar. 
Ushbu Kodeks maqsadlarida, notijorat tashkilotlariga yoki jismoniy shaxslarga 
ular tomonidan gumanitar yoki xayriya faoliyatini amalga oshirish, ilmiy tadqiqotlar 
o’tkazish va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish uchun beriladigan 
mol-mulk, shuningdek o’qish, davolanish va boshqa maqsadlar uchun, keyinchalik 
bu mol-mulkdan foydalanish to’g’risida hisobot bergan holda ajratiladigan mol-
mulk ham grantlar deb e’tirof etiladi.
Siyosiy partiyalar, harakatlar va boshqa shunga o’xshash maqsadlarni qo’llab-
quvvatlash uchun berilgan mol-mulk grant sifatida tan olinmaydi. 
Ushbu Kodeksga maqsadlarida insonparvarlik yordami deb aholining ijtimoiy 
jihatdan nochor guruhlariga tibbiy va (yoki) ijtimoiy yordam ko’rsatish, ijtimoiy 
soha muassasalarini qo’llab-quvvatlash, tabiiy ofatlar, falokatlar va halokatlar, 
epidemiyalar, epizootiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda 
ularni bartaraf etish uchun O’zbekiston Respublikasi Hukumatiga aniq maqsadli 
beg’araz ko’maklashish tan olinadi. Bu yordam O’zbekiston Respublikasi Hukumati 
tomonidan vakolatli tashkilotlar orqali taqsimlanadi. 
Maqsadli tushumlarga nodavlat notijorat tashkilotlarni qo’llab-quvvatlash va 
ularning ustav faoliyatiga yunaltirilgan tushumlar (aktsiz to’lanadigan tovarlar 
ko’rinishidagi tushumlar bundan mustasno) davlat organlarining qarorlari asosida 
bepul olingan, shuningdek boshqa yuridik va (yoki) jismoniy shaxslardan olingan 
va ko’rsatilagan va ko’rsatilgan oluvchilar tomonidan maqsadli foydalanadigan 
tushumlar kiradi. 
Notijorat tashkilotlarni ta’minlash va ularning ustav faoliyatini yuritishga 
yo’naltirilgan maqsadli tushumlarga quyidagilar kiradi: 
1) muassislarning (ishtirokchilar, a’zolarning) O’zbekiston Respublikasining 
notijorat tashkilotlari to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilgan 
badallari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunhujjatlariga 
muvofiq deb e’tirof etilgan xayriyalar; 
2) tegishli shartnomalar asosida ko’rsatilgan notijorat tashkilotlar tomonidan 
bepul olinadigan xizmatlar tarzidagi daromadlar; 


46 
3) ushbu kodeksda belgilangan tartibda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, 
uy-joy kooperativi, bog’dorchilik, garajlar, uy-joy qurish kooperativi yoki boshqa 
ixtisoslashgan imte’molchilar kooperativ jamiyatlari tomonidan tuziladigan umumiy 
mulkni ta’mirlash, mukammal ta’mirlash uchun zaxira tashkil etishga ajratmalar; 
4) notijorat tashkilotlariga vasiyatnoma bo’yicha meros tartibida o’tadigan 
mol-mulk; 
5) notijorat tashkilotlarining ustavdagi faoliyatini amalga oshirish uchun 
berilgan byudjet mablag’lari; 
6) xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun olingan mablag’lar va boshqa mol-
mulk; 
7) kasaba uyushma tashkilotlar tomonidan kasaba uyushma tashkilotlarining 
ustavlarida nazarda tutilgan ijtimoiy-madaniy va boshqa tadbirlarni o’tkazish uchun 
olingan jamoa shartnomalariga (bitimlarga) muvofiq olingan mablag’lar; 
8) notijorat tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq 
bo’lmagan ustav faoliyatini amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi 
qonunlariga muvofiq ular tomonidan soliq to’lovchilar tomonidan tuzilgan tarkibiy 
bo’linmalardan beg’araz olingan mablag’lar; 
9) ushbu qismning 8-bandida ko’rsatilgan notijorat tashkilotlarning tarkibiy 
bo’linmalari tomonidan ushbu notijorat tashkilotlar ustav faoliyatini yuritish va 
yuritish uchun olingan maqsadli daromadlari hisobiga berilgan mablag’lar; 
10) ustavdagi faoliyatini amalga oshirish uchun diniy tashkilotlar tomonidan 
olingan mol-mulk; 
11) notijorat tashkilotlar tomonidan o’zlarining ustavdagi faoliyatini amalga 
oshirish uchun davlat hokimiyati organlari qarorlari bilan olingan davlat mulkidan 
beg’araz foydalanish huquqi tarzidagi mulkiy huquqlar. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish