O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

53-modda. Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari
O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va (yoki) chet davlatlarning 
qo’llaniladigan qonun hujjatlariga muvofiq hosila moliyaviy vosita bo’lgan 
shartnoma ushbu Kodeks maqsadlarida muddatli bitimning moliyaviy vositasi deb 
e’tirof etiladi.
Hosila moliyaviy vositalarning (shu jumladan forvardlar, fyucherslar, optsion 
kontraktlar, svop-kontraktlar) turlarining ro’yxati O’zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasining fuqarolik qonun hujjatlariga va (yoki) chet 
davlatlarning qo’llaniladigan qonun hujjatlariga muvofiq qaysi shartnoma talablari 
bo’yicha sud himoyasi lozim bo’lmasa, ushbu Kodeks maqsadlarida o’sha 
shartnoma muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi deb e’tirof etilmaydi. Mazkur 
shartnoma tufayli ko’rilgan zararlar soliq solishda hisobga olinmaydi.
Muddatli bitimlar moliyaviy vositalarining asos aktivi deganda muddatli 
bitimning predmeti tushuniladi.
Asos aktiv sifatida, xususan, chet el valyutasi, qimmatli qog’ozlar va boshqa 
mol-mulk, foiz stavkalari, kredit resurslari, narxlarning yoki foiz stavkalarining 
indekslari, muddatli bitimlarning boshqa moliyaviy vositalari ishtirok etishi 
mumkin. 
Ushbu Kodeksga muvofiq muddatli bitimlarning ishtirokchilari deganda 
muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalarni amalga oshiruvchi 
yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi.
Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalarini asos aktivlarni etkazib berish 
yo’li bilan yoxud muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari bo’yicha uzil-kesil 
hisob-kitobni amalga oshirish yo’li bilan yoxud muddatli bitimning moliyaviy 


48 
vositalari bilan ilgari amalga oshirilgan operatsiyaga muddatli bitim ishtirokchisi 
tomonidan qarama-qarshi operatsiyani amalga oshirish yo’li bilan bajarish muddatli 
bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo’yicha huquqlar va 
majburiyatlarning bajarilishi deb e’tirof etiladi.
Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir bo’lgan, asos aktivni xarid 
qilishga qaratilgan operatsiyalar uchun qarama-qarshi yo’nalishdagi operatsiya deb, 
asos aktivni sotishga qaratilgan operatsiya, asos aktivni sotishga qaratilgan 
operatsiya uchun esa asos aktivni xarid qilishga qaratilgan operatsiya e’tirof etiladi. 
Soliq to’lovchi asos aktivni etkazib berish shartlarini nazarda tutuvchi bitimni 
muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiya deb yoki ijroni 
kechiktirgan holda bitim predmetini etkazib berishga doir bitim deb tan olib, ushbu 
bitimni mustaqil ravishda, ushbu moddaning talablarini inobatga olgan holda 
tavsiflashga haqli.
Bitimning predmetini etkazib berishni (bundan xejirlash operatsiyalari 
mustasno) nazarda tutuvchi bitimlarni muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga 
doir operatsiyalar toifasi jumlasiga kiritish mezonlari soliq to’lovchi tomonidan 
hisobga olish siyosatida soliq solish maqsadlari uchun aniqlanishi kerak. 
Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyaning tugallanish 
sanasi muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo’yicha 
huquq va majburiyatlarning ijro etilish sanasi deb hisoblanadi.
Muddatli bitimning moliyaviy vositasi bo’yicha majburiyatlar quyidagi 
hollarda ushbu vosita qayta tavsiflanmagan holda tugatilishi mumkin: 
1) bir turdagi talablar va majburiyatlarni hisobga o’tkazish (o’zaro hisobga 
o’tkazish); 
2) belgilangan tartibda tasdiqlangan shartnomalarning namunaviy shartlariga 
muvofiq bo’lgan asosiy bitimda belgilangan tartibda, agar bunday tugatishda netto-
majburiyatlarning summasini belgilash nazarda tutilgan bo’lsa; 
3) tashkil etilgan savdolarning qoidalari yoki kliring qoidalari asosida tuzilgan 
shartnomalardan kelib chiqadigan qarshi talablarni hisobga o’tkazish, agar bunday 
hisobga o’tkazish netto-majburiyatlarning summasini aniqlash maqsadida amalga 
oshirilgan bo’lsa. 
Ushbu Kodeks maqsadlarida bir emitentning, bir turdagi, bir toifadagi (xildagi) 
yoki bitta paychilik investitsiya fondining (paychilik investitsiya fondlarining 
investitsiyaviy paylari uchun) bir xil hajmdagi huquqlarga ega bo’lgan qimmatli 
qog’ozlarini etkazib berishga doir talablar, shuningdek pul mablag’larini ayni shu 
valyutada to’lashga doir talablar bir turdagi talablar deb e’tirof etiladi.
Ijro etishni kechiktirgan holda bitim predmetini etkazib berishga doir bitim deb 
malakalangan bitimlarga soliq solish bunday bitimlarning tegishli asos aktivlari 
uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ushbu Kodeks maqsadlarida muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari 
uyushgan bozorda muomalada bo’lgan bitimlarning moliyaviy vositalariga 
(muddatli bitimlarning muomaladagi moliyaviy vositalariga) va muddatli 
bitimlarning uyushgan bozorda muomalada bo’lmagan moliyaviy vositalariga 
(muddatli bitimlarning muomalada bo’lmagan moliyaviy vositalariga) bo’linadi.


49 
Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari quyidagi shartlarga bir vaqtning 
o’zida rioya etilgan taqdirda uyushgan bozorda muomalada deb e’tirof etiladi: 
1) bitimlarni tuzish, ularning muomalada bo’lish va bajarilish tartibi 
savdolarning O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga yoki chet davlatlarning 
qonun hujjatlariga muvofiq shunday huquqqa ega bo’lgan tashkilotchisi tomonidan 
belgilansa; 
2) muddatli bitimlar moliyaviy vositalarining narxlari haqidagi axborot 
ommaviy axborot vositalarida (shu jumladan elektron) e’lon qilinsa yoki 
savdolarning tashkilotchisi yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan har qanday 
manfaatdor shaxsga muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar 
amalga oshirilgan sanadan keyin uch yil ichida berilishi mumkin bo’lsa. 
Agar bitim uyushmagan bozorda tuzilsa va uning shartlarida asos aktivni 
etkazib berish nazarda tutilgan bo’lsa, bitim muddatli bitimlarning moliyaviy 
vositasi sifatida faqat, basharti asos aktivni etkazib berish bunday bitimning 
shartlariga muvofiq bitim tuzilgan kundan keyin ko’pi bilan uchinchi kunda amalga 
oshirilsa, muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi sifatida malakalanishi mumkin. 
Uyushmagan bozorda tuziladigan va shartlarida asos bazisni etkazib berish 
nazarda tutilmagan bitim faqat muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi sifatida 
tavsiflanadi mumkin. 
O’z shartlarida asos aktivni etkazib berishni nazarda tutuvchi muddatli 
bitimlarning moliyaviy vositalari yoki o’z shartlarida asos aktivni etkazib berishni 
nazarda tutuvchi boshqa moliyaviy vositaning muddatli bitimlarini tuzish etkazib 
berishga oid muddatli bitimlar deb e’tirof etiladi.
O’z shartlarida asos aktivni etkazib berish nazarda tutilmagan muddatli 
bitimlarning moliyaviy vositalari yoki o’z shartlarida asos aktivni etkazib berishni 
nazarda tutmaydigan moliyaviy vositalarning muddatli bitimlarini tuzish hisob-
kitobli muddatli bitimlar deb e’tirof etiladi.
Etkazib berishga doir muddatli bitimlar sifatida, shuningdek ijroni kechiktirgan 
holda bitim predmetini etkazib berishga doir bitim sifatida tavsiflangan bitimlar 
majburiyatlar lozim darajada ijro etishdan farq qiladigan usullar orqali tugatilgan 
taqdirda hisob-kitobli muddatli bitimlar sifatida qayta tavsiflanmaydi. 
Variatsiyali marja deganda savdolarning tashkilotchisi yoki kliring tashkiloti 
tomonidan hisob-kitob qilinadigan va savdolarning tashkilotchilari va (yoki) kliring 
tashkilotlari tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq muddatli bitim 
ishtirokchilari tomonidan to’lanadigan (olinadigan) pul mablag’larining summasi 
tushuniladi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish