44
2) elektron hisobvaraq-faktura axborot tizimida vakolatli organ tomonidan
tasdiqlangan texnik xatolar yuzaga kelganligi. Texnik xatolar bartaraf etilganidan
so’ng qog’oz shaklda yozilgan hisobvaraq-faktura texnik xatolar bartaraf etilgan
sanadan boshlab besh kun ichida elektron hisobvaraq-fakturalar axborot tizimida
ro’yxatdan o’tkazilishi lozim.
Ushbu moddaning birinchi va ettinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar
tovarlarni eksport qilish chog’ida qo’llanilmaydi va agar O’zbekiston Respublikasi
ushbu tovarlarni yoki xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etilmasa,
tovarlarni yoki xizmatlarni realizatsiya qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish chog’ida agar sotuvchi tomonidan
xaridorga kassa cheki yoki belgilangan shakldagi boshqa hujjat taqdim etilsa, ushbu
moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar qo’llanilmaydi.
Elektr va issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari,
temir yo’lda tashishlar, transport-ekspeditorlik xizmati, bank operatsiyalari,
shuningdek tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) uzluksiz etkazib berishni amalga
oshirayotgan soliq to’lovchilar har oyning oxirgi kunida bir marta hisobvaraq-
faktura yozadi.
Realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) qiymati o’zgarganda, shu
jumladan etkazib berilgan tovarlar yoki ko’rsatilgan xizmatlar narxi o’zgargan
yoxud miqdori (hajmi) aniqlashtirilgan hollarda, sotuvchi sotib oluvchiga
o’zgartirish kiritilgan hisobvaraq-fakturani taqdim etishi shart.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hisobvaraq-fakturaning
mavjud emasligi tovarlarga bo’lgan mulk huquqini o’tkazishni yoki xizmatlar
ko’rsatishni bu tovarlarni yoki xizmatlarni realizatsiya qilish deb e’tirof etmaslik
uchun asos bo’lmaydi.
Tovarlarni (xizmatlarni) etkazib beruvchi tomonidan ushbu kodeksning 269-
moddasida belgilangan hollarda soliq solinadigan bazaga o’sish (pasayish) tarafga
tuzatish kiritilganda hisobvaraq-faktura rasmiylashtirilib, u tovarlar (xizmatlar)
oluvchisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hisobvaraq-fakturadagi xatolarni tuzatish, shuningdek taqdim etilgan
hisobvaraq-fakturaga tovarlar va xizmatlarni etkazib beruvchi va (yoki) oluvchini
almashtirishga olib kelmaydigan o’zgartirishlar va (yoki) qo’shimchalar kiritish
zarur bo’lsa, tuzatilgan hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi. Bu holda ilgari
rasmiylashtirilgan hisobvaraq-faktura bekor qilinadi.
Ushbu Kodeksning 290-moddasiga muvofiq soliq hisobiga turishi lozim
bo’lgan xorijiy yuridik shaxslar, ushbu Kodeksning 294-moddasi ikkinchi qismida
ko’rsatilgan xizmatlarni taqdim etish bo’yicha hisobvaraq-fakturalar, xarid
reestrlari, sotish reestrlari, ko’rsatilgan xizmatlar bo’yicha qabul qilingan va berilgan
hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish jurnallarini yuritmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: