O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

48-modda. Tovarlar va xizmatlar
Ushbu Kodeks maqsadlarida tabiat yoki inson faoliyatining (shu jumladan 
intellektual faoliyatning) qiymatli bahoga ega bo’lgan va realizatsiya qilish uchun 
mo’ljallangan har qanday predmeti tovar deb e’tirof etiladi.
Tovarlar deb, xususan, elektr energiyasi, ma’lumotlar bazasi, axborot, 
intellektual faoliyat natijalari, shu jumladan ularga bo’lgan mutlaq huquqlar e’tirof 
etiladi.
Ushbu Kodeks maqsadlarida mulkiy huquqlar ham tovar deb e’tirof etiladi.
Ushbu Kodeks maqsadlarida mulkiy huquq deb nomoddiy xususiyatga ega 
bo’lgan, mol-mulkka qaratilgan, puldagi bahosiga ega bo’lgan va ushbu mol-
mulkdan mustaqil ravishda, unga tobe bo’lmagan holda muomalada bo’lishga qodir 
(oldi-sotdi shartnomasining ob’ekti yoxud shartnomada yoki boshqa tasdiqlovchi 
hujjatda ko’rsatilgan, ushbu mulkiy huquqqa egalik qilish, undan foydalanish hamda 
uni tasarruf etish bo’yicha yuridik huquqqa ega bo’lgan, o’z mulkdoridan o’zga 
shaxsga boshqacha tarzda o’tkazish ob’ekti bo’lishi mumkin bo’lgan) fuqaroviy 
huquq ob’ekti e’tirof etiladi.
Mulkiy huquqlar jumlasiga, xususan: kreditorning qarzdorga talab qo’yish 
huquqi, xo’jalik jamiyatining ustav kapitalida ishtirok etish ulushi, qimmatli 
qog’ozlar, muallifning (yoki boshqa huquq egasining) intellektual mulk ob’ektiga 
bo’lgan huquqi, shuningdek huquqlarning sotilishi yoki o’z mulkdoridan o’zga 
shaxsga boshqacha tarzda o’tkazilishi mumkin bo’lgan boshqa turlari kiradi, ushbu 
huquq turlari o’zining asosi bo’lgan mol-mulk bilan bog’liq bo’ladi.
Ashyoning o’zini o’tkazmay turib, mustaqil muomalada bo’lishi mumkin 
bo’lmagan ashyoviy huquqlarga mulkiy huquqlar sifatida qaralmaydi. 
Bojxona to’lovlarini undirish bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solish 
maqsadida O’zbekiston Respublikasining bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlariga 
muvofiq tovarlar jumlasiga boshqa mol-mulk kiritilishi mumkin. 
Ushbu Kodeks maqsadlarida xizmatlar deb boshqa shaxslarning ehtiyojlarini 
qanoatlantirishga qaratilgan mahsulotlarni (moddiy yoki nomoddiy) ishlab 
chiqarishga doir tadbirkorlik faoliyatining turlari e’tirof etiladi. Xizmatlar jumlasiga, 
xususan, boshqa shaxslar uchun bajariladigan ishlar kiradi.
Jismoniy shaxslarning ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi doirasidagi 
faoliyati xizmatlar jumlasiga kirmaydi. 
Ushbu Kodeks maqsadlarida aynan o’xshash tovarlar (xizmatlar) deb bir xil 
xususiyatli asosiy belgilarga ega bo’lgan tovarlar (xizmatlar) e’tirof etiladi.


42 
Tovarlarning aynan o’xshashligini aniqlashda bunday tovarlarning tashqi 
ko’rinishidagi arzimas farqlar hisobga olinmasligi mumkin.
Tovarlarning aynan o’xshashligini aniqlashda ularning fizik tavsiflari, sifati, 
mo’ljallangan vazifasi, kelib chiqish mamlakati va ishlab chiqaruvchisi, uning 
bozordagi ishbilarmonlik obro’si hamda foydalaniladigan tovar belgisi hisobga 
olinadi.
Xizmatlarning aynan o’xshashligini aniqlashda ijrochining (pudratchining) 
xususiyatlari, uning bozordagi ishbilarmonlik obro’si va foydalaniladigan tovar 
belgisi hisobga olinadi.
Ushbu Kodeks maqsadlarida bir turdagi tovarlar deb aynan o’xshash 
bo’lmagani holda, bir xil xususiyatlarga ega bo’lgan hamda ayni bir vazifani bajarish 
imkoniyatini beradigan o’xshash tarkibiy qismlardan iborat bo’lgan va (yoki) tijorat 
jihatidan bir-birining o’rnini bosa oladigan tovarlar deb e’tirof etiladi.
Tovarlarning bir turdaligini aniqlashda, ularning sifati, bozordagi mavqei, tovar 
belgisi, kelib chiqish mamlakati hisobga olinadi.
Bir turdagi xizmatlar deb aynan o’xshash bo’lmagani holda, tijorat jihatdan va 
(yoki) bajaradigan vazifasi jihatidan bir-birining o’rnini bosish imkoniyatini 
beradigan bir xil xususiyatlarga ega xizmatlar e’tirof etiladi.
Xizmatlarning bir turdaligini aniqlashda ularning sifati, tovar belgisi, bozordagi 
mavqei, shuningdek turlari, hajmlari, noyobligi va tijorat jihatidan bir-birining 
o’rnini bosa olishi hisobga olinadi.
Tovarlarning bozori deb bu tovarlarning muomalada bo’lish sohasi e’tirof 
etiladi va bu soha xaridorning (sotuvchining) bu tovarlarni O’zbekiston Respublikasi 
hududida yoki uning tashqarisida uncha ko’p bo’lmagan qo’shimcha xarajatlarsiz 
olish (realizatsiya qilish) imkoniyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Xizmatlar 
bozori ham xuddi shunday tartibda belgilanadi.

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish