134
TABIAT, INSON, EKOLOGIYA BIR BUTUN TUYG’U
Karimova L.F. (BuxDU)
Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
to'g'risidagi qonunlarga rioya qilish mamlakatimizning hamma fuqarolari uchun
majburiydir. Asta-sekin insonning tabiatga ta'siri kuchayib bormoqda. Ayniqsa,
keyingi yuz yillikda fan texnikani rivojlanishi natijasida inson ta'sirida
elementlarning biogen migratsiyasi juda kuchayib ketdi. Butun tarixi davomida
insoniyat o'z mehnat faoliyati bilan atrof-muhitdan iloji boricha ko'proq va tez foyda
olishga harakat qilib kelgan.
Tabiat hodisalariga aralashish keyinchalik qanday
natijalarga olib kelishini inson xayoliga ham keltirmagan. Inson o’z qo’li bilan juda
ko’p turdagi hayvonlar, o’simliklarning yo’qolib ketishiga sababchi bo’lmoqda.
Ilmiy manbalarda keltirilishicha, taxminan 200 turdagi qush, hayvon va bebaho
o’simlik turlari yo’q bo’lib ketish arafasida turibdi.
O'zbekistondagi tabiiy sharoitlar xilma-xil (har xil tipdagi cho'llar, tog'li
cho'llar va alp o'tloqlari, tog'li o'rmonlar, to'qaylar, havzalar, madaniy landshaft)
bo'lganligi tufayli o'simlik va hayvonlar olami ham boydir.
“Qizil kitob”ga kiritilishi lozim bo'lgan o'simlik turlari soni tobora ortib
bormoqda. O'zbekistonda 4500 dan ortiq yovvoyi o'simlik turlari mavjud, shulardan
10 - 12 foizga yaqini muhofaza qilishni talab etadi. Biosferaning o'zgarish
qonuniyatlarini inson yaxshi tushunib yetmasligi, tashqi muhitni juda ayanchli
o'zgarishlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun 5-iyun -”Xalqaro atrof- muhitni
himoya qilish kuni” hisoblanadi.
Ekologik muammolar faqat ekologiya va biologiya tadqiqotchilarining
muammosi bo’lmay, o’z mamlakatimiz kelajagiga, tabiiy boyliklarimizni saqlab
qolishga befarq bo’lmagan, bu haqida qattiq tashvish chekkan odamlarning “qalb
nidosi“ bo’lib kelgan. Ekologik xavsizlik muammosi allaqachon milliy va
mintaqaviy doiradan chiqib butun dunyo insoniyatining umumiy muammosiga
aylangan faqat uning keskinlik darajasi dunyoning turli mamlakatlarida va
mintaqalarida turlichadir. Ekologiyaga solinayotgan xavf O’zbekiston uchun, butun
Markaziy Osiyo mintaqasi uchun naqadar yuqori ekanligini hisobga olgan holda
hukumat va davlat atrof-muhitni himoya qilish, tabiiy zaxiralardan oqilona
foydalanish masalalariga katta e’tibor bermoqda. Atrof-muhitni asrashga qaratilgan
qonun hujjatlari qabul qilinmoqda.
O’zbekiston va MDH davlat boshliqlarining 1992 yil 8-fevralda imzolangan
bitimiga muvofiq MDH mamlakatlari davlatlararo Ekologik kengashning to’la
huquqli a’zosidir. Bugungi kunda ekologiyani yaxshilash maqsadida davltimiz
tomondan olib borilayotgan ishlarning natijasida Respublikamizda faoliyat olib
borayotgan “Ekologik harakat” tashkilotchilarining ish ko’lami “Ekologik partiya “
darajasiga yetdi. “Ekologik partiya” boshqa partiyalar qatori O’zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar
strategiyasini amalga oshirishda, tabiatni asrashda, atrof muhit xavfsizligini
ta’minlash maqsadida turli chora tadbirlarni ishlab chiqmoqda va amalga
oshirilmoqda.
135
Atrof-muhitni muhofaza qilish borasida olib borilayotgan chora tadbirlar xalq
xo’jaligining barcha tarmoqlarini, jumladan, ishlab chiqarish sohasini, ijtimoiy aholi
o’rtasida havo va suv muhitini insoning hayot faoliyatiga zararli yoki salbiy ta’sir
etadigan moddalar bilan ifloslanishini to’xtatish, ekologik sohadagi ko’pchilik
kamchilik va xatoliklarni bartaraf etish imkonini beradi.
Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, ekologiyani
yaxshilashda ayniqsa, chiqindisiz texnologiyalardan foydalanish katta samara
beradi. Buning uchun yopiq sikllarda ishlaydigan Klaster usulidagi texnologiyani
yo'lga qo'yish kerakliligi, chetdan bo’lsada, chiqindisiz ishlab chiqarish
texnologiyalarni olib kelish, uni ishga tushirish uchun investitsiyalar kiritish,
ekologik toza mahsulot ishlab chiqarish zarurdir. Chiqindisiz texnologiya bu –
mahsulotni shunday ishlab chiqarish usuliki, xom-ashyo unumli va kompleks
ravishda qo’llaniladi. Chiqindilarni atmosferaga chiqarmay, yana qayta o'sha
siklning o'zida unumli foydalaniladi.
Tabiatni muhofaza qilish – tabiat boyliklaridan ratsional, oqilona foydalanish
demakdir. Bu esa tabiatning xilma-xilligini o'z holatida saqlashga, aholining
turmush sharoitlarini yaxshilashga olib keladi.
O’zbekistonda atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, tabiatni
muofaza etish ko’rsatmalari:
-
yashil - himoya zonalarini tashkil qilish;
-
tabiiy boyliklardan tejab foydalanadigan sanoat va qishloq xo'jalik
texnologiyasiga o'tish;
-
qazib olinadigan tabiiy boyliklardan to'liq foydalanish;
-
ishlab chiqarish chiqindilaridan qayta foydalanish, chiqindisiz texnologiyani
yo'lga qo'yish;
-
energiya olishning ekologik toza manbalaridan — quyosh, shamol, okean, yerosti
issiq suvlari energiyasidan foydalanishni yo'lga qo'yish;
-
transportda benzin tarkibidagi qo’rg’oshin miqdoriga nisbatan standart
talablarini kuchaytirish, etil qo’shilgan benzindan asta - sekin butunlay voz
kechishni ta’minlash;
-
elektr transporti, metroni rivojlantirish siqilgan gaz va dizel yoqilg’isidan asta-
sekinlik bilan voz kechish;
-
jonli tabiatning butun tabiiy genofondini madaniy ekinlar va hayvonlarning yangi
turlarini ko’paytirish hisobiga boshlang’ich baza sifatida saqlab qolish.
Insonning gidrosferaga va atmosferaga ta'sirining tobora kuchayib borishi
biosfera doirasida iqlim ekologiyasini o'zgarishiga olib kelmoqda. Organik
yoqilg'ilardan foydalanish atmosferada kislorodning yonib kamayishiga, karbonat
angidridning esa ko'payishiga sabab bo’lmoqda. Ekologik tanglik tahdidini bartaraf
etish kelajakda insoniyat uchun jismonan sog’lom yosh avlodni dunyoga kelishi va
rivojlanishi uchun zarur shart sharoitlar hamda ekologik jihatdan musaffo hayotiy
muhit yaratish imkonini beradi. Shunday ekan barcha sohada ekologik xavfsiz
jarayonni tashkil etishda jamiyatda ekologik madaniyatni shakllantirish ustuvor
masaladir.
136
Inson qalbiga tabiatni sevish, uni asrab avaylash, o’z farzandlarimiz uchun
muammosiz ekologik muhitni barpo etish kabi tuyg’uni shakllantirish uchun “Tabiat
va Inson bir butun Tuyg’u” shiori ostida butun insoniyat birgalikda kurashmog’i
muhim ahamiyayga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |