89
KIMYO FANINI O’QITISHDA ZAMONAVIY O’QITISH
TEXNOLOGIYALARINI QO’LLASH
Suyarova H.H., Chuliyeva Z.Sh. (NavDPI)
Hozirgi kunda ta’limning turli bo‘g‘inlarida, xususan, umumta’lim tizimida
kimyo fani o‘qitilishini yanada takomillashtirishni, eng so‘nggi ilmiy yangiliklar
asosida boyitishni hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Chunonchi, yoshlarimiz qanday
kasbni egallashidan qat’i nazar minglab turdagi tabiiy, sun’iy va sintetik usullarda
olingan oziq-ovqat,
dori-darmon, kiyim-kechak, sanoat hamda qurilish yoki xalq
xo‘jaligining boshqa mahsulotlari ham kimyoviy ishlab chiqarishning mahsuli
ekanligini anglamoqdalar.
Mazkur mahsulotlarning tarkibi, xossalari va ulardan
oqilona, to‘g‘ri foydalanish uchun esa maktab partasidanoq dastlabki kimyoviy
bilim va tushunchalarni puxta egallashlari kerak.
Kimyo ta’limi jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash
o’qitish samaradorligini oshiradi. Bunday texnologiyalar qatoriga F.S.M.U
texnologiyasi ham misol bo’ladi. Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal
etishda, bahs- munozaralar o‘tkazishda yoki o‘quv
seminari yakunida
(tinglovchilarning o‘quv- seminari haqidagi fikrlarini bilish maqsadida), bir o‘quv
rejasi asosida biron bo‘lim o‘rganib bo‘lingach qo‘llanilishi mumkin, chunki bu
texnologiya -tinglovchilarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin. fikrlash va o‘z fikrini
boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan bir qatorda o‘quvchi-
talabalarni, o‘quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishga, qay darajada
egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni
bahslashish madaniyatiga
o‘rgatadi.
O’qituvchi o’quvchilarga FSMU texnologiyasi qoidalarini tushuntiradi va
o’quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi. O’qituvchi har bir o’quvchiga FSMU
texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan qog‘ozlar tarqatadi,
F -fikringizni bayon eting.
S - fikringizni bayoniga sabab ko‘rsating.
M - ko‘rsatgan sababingizni isbotlab misol (dalil) keltirish.
U - fikringizni umumlashtiring.
O’qituvchi berilgan muammoli savollar bo’yicha har bir o’quvchi yakka tartibda
tarqatilgan qog‘ozdagi FSMU- ning 4 bosqichini o‘z fikrlarini yozma bayon etgan
holda to‘ldiradi.
O’quvchilar qog’ozlarga o’z fikrlarini yozib bo’gach, o’qituvchi har
bir guruhga
FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan katta formatdagi qog‘ozlarni
tarqatadi. O’qituvchi kichik guruhlarga har birlari yozgan qog‘ozlardagi fikr va
dalillarni katta formatda umumlashtirgan holda 4 bosqich , bo‘yicha yozishlarini
taklif etadi. Mavzu bo’yicha o’quvchilar quyidagi
muammoli savollarga javob
berishlari, o’z fikrlarini bildirishlari mumkin:
1.
Modda nima?
2.
Nima uchun moddalar uch xil agregat holatda bo’ladi?
3.
Nima uchun temperature va bosim moddaning agregat holatini o’zgartiradi?
O’quvchilar ushbu muammoli savollarni quyidagi tartibda yechadilar:
90
-
kichik guruhlarda avval har bir tinglovchi o‘zi yozgan har bir bosqichdagi
fikrlari bilan guruh a’zolarini tanishtirib o‘tadi. Guruh a’zolarining barcha fikrlari
o‘rganilgach, kichik guruh a’zolari ularni umumlashgirishga kirishadi;
-
guruh a’zolari FSMU ning 4 bosqichini har biri bo‘yicha
umumlashtirib. uni himoya qilishga tayyorgarlik ko‘radilar;
-
fikrlarni umumlashtirish vaqtida har bir tinglovchi o‘z fikrlarini himoya
etishi, isbotlashi mumkin.
Kichik guruhlar umumlashtirilgan fikrlarini himoya qiladilar: guruh vakili har
bir bosqichni alohida o‘qiydi. Iloji boricha izoh bermagan holda. Ba’zi bo‘limlarni
isbotlashi, ya’ni
guruhning aynan nima uchun,shu fikrga kelganini aytib o‘tishi
mumkin.
FSMU texnologiyasini kimyo darslarida qo’llash o’qitish samaradorligini
yanada oshiradi. Har bir o’quvchini mustaqil ishlashga, fikrlashga undaydi.
O’rgangan bilimlarini hayot bilaan bog’lab, o’zi uchun zarur xulosalar chiqaradi. Bu
esa o’quvchilarning kimyo fanini, kimyoviy bilimlarni o’rganish
naqadar kerak
ekanligini tushinishlariga yordam beradi. Fanga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi.
Bundan tasshqari bu metod kimyo fanini boshqa fanlar bilan bog’lab,
o’quvchilarning fanni kengroq daragada o’rganishlariga yordam beradi. Ularning
ilmiy dunyoqarashini kengaytiradi va rivojlantiradi
Bu metodni boshqa rivojlantiruvchi va muammoli metodlar bilan birgalikda
kimyo fani bo’yicha umumlashtiruvchi va yangi mavzuni bayon qiluvchi darslarda
qo’llash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: