Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti


O’QUVCHILARNING ZOOLOGIYAGA OID BILIMLARINI



Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/183
Sana01.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#624787
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   183
Bog'liq
50996 ТДПУ-ТЎПЛАМ -14.04.2020 (7)

 
O’QUVCHILARNING ZOOLOGIYAGA OID BILIMLARINI 
SAMARODORLIGINI AMALGA OSHIRISHDA DALA VA O’QUV 
AMALIYOTINING ROLI 
Azimov I.T., N.Djumaniyazova, M.Umaralieva (TDPU) 
 
Biologiya yo’nalishi bo’yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda 
o’quv dala amaliyoti g’oyat muhim axamiyatga ega. Asosiy maqsad, dalada 
o’tkaziladigan amaliy ishlar va mashg’ulotlar yordamida talabalarda biologik 
tadqiqot ishlarini mustaqil olib borish uchun ko’nikma va malakalarini 
shakllantirishdan iborat. O’quv dala amaliyoti auditoriya mashg’ulotlarining 
bevosita davomi bo’lib, butun o’quv jaraѐnining asosiy bo’g’ini hisoblanadi.
O’quv dala amaliyotining maqsadi maktab o’quvchilarining biologiya fanidan 
olgan nazariy bilimlarini mustaxkamlash, bu bilimlarni amalda qo’llash, 
kuzatuvchanlik ko’nikmasini hosil qilish va tabiatda sodir bo’ladigan hodisalarni 
mustaqil ravishda kuzatish orkali uning sabablarini aniq tasvirlay olishga 
o’rgatishdan iborat. Dala amaliyoti, biologiya o’qitish shakllaridan biri bo’lib, ochiq 


34 
joyda o’tkaziladigan dars desak ham mubolag’a bo’lmaydi. SHuning uchun darsning 
bu shakliga qo’yiladigan talablar ham yuqori darajada bo’lishi kerak. Ochiq joyda 
o’tkaziladigan biologiya darslarining o’ziga xos tomoni bir vaqtning o’zida ob’ekt 
yashash sharoitlari bilan birgalikda o’rganiladi. U o’quvchilar organizmlar bilan 
muxit 
o’rtasidagi 
bog’liqlikni 
to’la 
anglaganlarida 
dala 
amaliyoti 
mashg’ulotlarining maqsadiga to’la erishilgan bo’ladi. Bunga erishish uchun albatta 
bo’lg’usi biologiya o’qituvchilarning nazariy olgan bilimlarini amaliyot bilan 
bog’lay olish qobiliyatlarini takomillashtirish kerak. Biologiyadan dala 
amaliyotlarini o’tkazish o’simlik va hayvonot dunyosini yashayotgan muhit va 
odamning amaliy faoliyati bilan bir butun ekanligini bilishni faol shakli xisoblanadi. 
Dala amaliyotida xodisalarning o’zaro bog’liqligi yaqqol ko’rinadi va o’quvchilar 
bu bog’liqlikni kuzatganidan so’ng uni o’zlashtirish sinfdagiga nisbatan ancha oson 
kechadi.
Maktab zoologiya kursida hayvonot olami vakillarini ko’paytirish va 
muhofaza qilish asosida ulardan samarali foydalanish sirlari o’rganib chiqildi, bu 
quyidagi tushunchalar orqali o’quvchilarga yetkazib beriladi. “Yomg’ir 
chuvalchangining tuproq hosil qilishdagi ahamiyati”, “Hasharotlarning tabiatdagi va 
inson hayotidagi ahamiyati”, “Baliqlarning xo’jalik ahamiyati va baliq boyligini 
muhofaza qilish” va boshqalar. Hayvonot olami boyliklarining oziq – ovqat sanoati 
uchun ahamiyati, ayniqsa aniq ko’rsatilgan va baliqlarni o’rganishda ovlanadigan 
ob’ektlardan samarali foydalanish masalalari o’rganib chiqilgan.
Ma’lumki insoniyat hayvonlarni ovlashdan ba’zi hayvonlarning 
xonakilashtirish va ko’paytirishga o’tgan. Tabiiyki, maktab zoologiya kursi uy 
hayvonlari va ularning kelib chiqishi haqidagi materialni o’z ichiga oladi.
Zoologiyani amaliyot bilan aloqasining xilma-xil yo’nalishlari tabiiy 
boyliklardan rejali foydalanish, odam uchun foydali uy hayvonlarini ko’paytirishdan 
tashqari, qishloq xo’jalik ekinlariga zarar keltiruvchi hamda odam va hayvonlarda 
kasalliklar qo’zg’atadigan va kasallik tashiydigan hayvonlarga qarshi kurashni o’z 
ichiga oladi. 
O’quvchilar turli hayvonlar guruxini o’rganish davomida qishloq xo’jaligi 
zararkunandalari haqidagi tasavvurga ega bo’ladilar. Misol uchun mollyuskalar 
tipiga umumiy ta’rif berilganda asosiy e’tiborni yalang’och shilliqqa qaratiladi
uning yashash joyi, tuzilishi, hayot tarzi, keltirib chiqaradigan zarari va unga qarshi 
kurash choralari haqida ma’lumot beriladi. 
Hasharotlar sinfi va ularning eng muhim turkumlarini o’rganish davomida 
o’quvchilar foydali hamda zararli hasharotlarni o’rganib chiqadilar, zararkunanda 
hasharotlarni qishloq xo’jalik o’simliklariga yetkazadigan zararini o’rganadilar. 
Misol uchun, to’g’riqanotlilar turkumini o’rganish borasida chigirtkaning xavfli 
qishloq xo’jalik o’simliklarining zararkunandasi ekanligi haqida gapiriladi. Boshqa 
turkumlarni o’rganish jarayonida parazit va zarakunanda hasharotlarning zarari ham 
ko’rib chiqiladi. 
O’quvchilar biologik kurash usullari bilan tanishadilar. Buni isbotlash uchun 
shu mavzuda foydali hasharotlar haqida bilim berish zarur. O’quvchilarga biologik 
kurash vositasi sifatida keng foydalaniladigan foydali hasharotlar xonqizi, tillako’z, 


35 
inkarziya pashshasi, turli yaydoqchilarni ko’paytirish amaliyoti bilan tanishtirish 
lozim va bevosita ularni bu ishlarga jalb etish amaliyotini tashkil etish muximdir.
Hasharotlarnii o’rganishda olingan biologik kurash usuli haqidagi 
tushunchalar umurtqalilar (qurbaqa, kaltakesak va ilonlar, hasharotxo’r qushlar, 
yerqazar, qo’lqanotlilar) mavzusida kengaytiriladi. 
Qishloq xo’jaligiga hasharotlardan tashqari har xil kemiruvchilar ham katta 
zarar yetkazadi, bularni o’rganishga alohida e’tibor beriladi. 
Zoologiyaning tibbiyot uchun ham amaliy ahamiyatini aniqlashda kasallik 
qo’zg’atuvchilari haqidagi ma’lumotlardan foydalaniladi. Ular bilan o’quvchilar 
sodda hayvonlar va parazirt chuvalchanglar (askarida, , jigar qurti, tasmasimon 
chuvalchanlardan qoramol tasmasimon chuvalchangi, exinokokk, cho’chqa 
tasmasimon chuvalchangi, to’garak chuvalchanlardan bolalar gijjasi, bo’rtma 
nematodalar va boshqalar)ni o’rganishganda duch keladilar. Bu hayvonlar 
biologiyasini ularning ko’payishi va rivojlanishini bilish kasalliklardan saqlanish 
uchun juda qulaydir. 
O’quvchilarga amaliyotning fan rivojlanishiga ta’sirini ko’rsatish ham juda 
muhimdir. Zoologiya bu borada ham yetarli materialga ega. Masalan ko’pchilik 
baliqlar biologiyasi, ularning migratsiyasi baliq ovlash maqsadlarida o’rganilgan 
edi. Gelьmintoz kasalliklariga qarshi kurash parazit chuvalchanglar murakkab 
rivojlanish tsiklini o’rganish ehtiyojii tug’diradi. 
Zoologik bilimlarning xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida (qishloq 
xo’jaligida, oziq ovqat va yengil sanoatda) qo’llanilishi o’quvchilarga kasbga 
yo’naltirish bilan bog’liq holda ta’lim berishda boshqa o’quv predmetlari bilan bir 
qatorda katta ahamiyatga ega. 

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish