Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/183
Sana01.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#624787
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   183
Bog'liq
50996 ТДПУ-ТЎПЛАМ -14.04.2020 (7)

 
Фойдаланилган адабиётлар. 
 
1.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 8 октябрдаги 
“Ўзбекистон Республикаси олий таълим тизимини 2030 йилгача 
ривожлантириш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида” ПФ-5847-сон
фармони. 
2.
Абдуқодиров А.А., Ишмухамедов Р., Пардаев А. Таълимда инновацион 
технологиялар (таълим муассасалари педагог-ўқитувчилари учун амалий 
тавсиялар).-Т.: Истеъдод, 2008.-180 бет.
3.
Ишмуҳамедов Р., Юлдашев М. Таълим ва тарбияда инновaцион педагогик 
технологиялар. -Т.: “Ниҳол”, 2013, -279 бет.
4.
Турдиев. Н “STEM таълими технологияси амалиётга”. Т.: Аниқ ва табиий 
фанлар методикаси илмий-педагогик, методик журнал. 10-сон 2018 йил. 2-
3 бет.
5.
Турдиев. Н “Табиий ва аниқ фанлар йўналишида таълим сифатини 
ошириш – муҳим вазифа”. Т.: Аниқ ва табиий фанлар методикаси илмий-
педагогик, методик журнал. 9-сон 2018 йил. 2-8 бет.
TABIIY GEOGRAFIYA KURSLARIDA AMALIY MASHG’ULOTLARNI 
TASHKIL ETISHDA XALQARO PISA DASTURINING O’RNI VA 
AHAMIYATI 
Abdimurotov O.U. (TVCHDPI) 
 
Mamlakatimiz o’z taraqqiyotining yangi davriga qadam qo’ygan hozirgi kunda 
O’zbekiston Respublikasining 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustivor 


22 
yo’nalishi bo’yicha Harakatlar straregiyasi asosida barcha sohalarda keng 
ko’lamli o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ana shu islohatlarning muvaffaqiyati, 
mamlakatimizning dunyodagi rivojlangan, zamonaviy davlatlar qatoridan munosib 
o’rin egallashi, avvalo ilm fan va ta’lim tarbiya sohasining rivoji bilan uzviy bog’liq. 
 
Ta’lim sohasida xalqaro aloqalarni o’rnatish, yosh avlodning ijodiy g’oyalari 
va ijodkorligini har tomonlama qo’llab-quvvatlash hamda rag’batlantirish
maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 8-
dekabrda “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro 
tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. Bu 
qarorga muvofiq, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim 
sifatini baholash bo’yicha milliy markaz tashkil etildi. Umumiy o’rta ta’lim 
muassasalarining xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash, 
2019-2021-yillarda o’quvchilar savodxonligini baholashning milliy tizimini 
takomillashtirish va amaliy ko’nikmalarini shakllantirilishini baholashga qaratilgan 
sinovlarni tizimli ravishda o’tkazish vazifalari belgilangan. Ushbu vazifani amalga 
oshirish maqsadida mamlakatimiz o’quvchilar bilimini baholash bo’yicha xalqaro 
PISA dasturida ishtirok etadigan bo’ldi.
PISA 
(inglizcha - Programme for International Student Assessment) 
– turli 
davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligini (o‘qish, matematika, tabiiy 
fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur. 
Bu dastur 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan 
va 2000-yilda birinchi marta qo‘llanilgan. Bu dastur boʻyicha har uch yilda 
oʻquvchilarning bilimini baholash maqsadida sinovlar oʻtkaziladi. Hozirgi kungacha 
jami 7 marta (2000, 2003, 2006, 2009, 2012, 2015 va 2018-yillar) PISA dasturi 
boʻyicha testlar oʻtkazilgan boʻlib, keyingi sinovlar 2021-yilda boʻlishi 
rejalashtirilgan. Mamlakatimiz ham 2021-yildan bu dasturga qoʻshilishga 
tayyorgarlik koʻrmoqda. Lekin bu dasturdan qatnashishdan maqsad testlarni 
oʻtkazish yoki oʻquvchilarni testga tayyorlash emas, oʻquvchilarimizda XXI asr 
koʻnikmalarini shakllantirish raqobatbordosh kadrlarni yaratish uchun mustahkam 
zamin yaratish hisoblanadi. 
PISA dasturining asosiy maqsadi o’quvchi yoshlarning ijodiy va tanqidiy 
fikirlashlariga, olgan bilimlarini hayotda qo’llay olish qobiliyatlariga, ularni 
maktabni tugatgandan so'ng hayotda o’z o’rnilarini egallashlariga imkon beradigan 
chuqur bilimga ega ekanliklarini baholashdir. Dastur keyinchalik bu ko’nikmalarni 
rivojlantirishga undaydi.
PISA testlari 5 ta yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi: Oʻqish, matematik 
savodxonlik, tabiiy-ilmiy fanlar, hamkorlikda muammolarni hal qilish va moliyaviy 
savodxonlik yoʻnalishlari. Oʻzbekiston 2021-yilda uch yoʻnalish: Oʻqish, matematik 
savodxonlik va tabiiy-ilmiy fanlar yoʻnalishlari boʻyicha testlarda qatnashishni 
rejalashtirgan. 
Tabiiy-ilmiy fanlar savodxonligi boʻlimining asosiy maqsadi: Hayotiy 
hodisalarda ilmiy usulda hal qilinishi mumkin boʻlgan muammolarni aniqlash, 
kuzatuv va tajribalar asosida xulosalar chiqarish kompetensiyasini hamda 
atrofimizdagi olamni tushinish va inson faoliyati natijasida unda sodir boʻlayotgan 


23 
oʻzgarishlarni anglab еtish, shunga koʻra kerakli qarorlar qabul qila olish 
koʻnikmasini rivojlantirishni, ijodiy va tanqidiy fikirlashlarini o’stirishdan iborat. 
Bu savodxonlikning asosi fizika (astronomiya elamentlari bilan birga), 
biologiya, kimyo va geografiya fanlari oʻqitilish jarayonida berilishi koʻzda tutilgan. 
Testlarda asosiy eʻtibor oʻquvchilarning mazkur yoʻnalishlar boʻyicha eng asosiy 
tushunchalarni bilishi, ba’zaviy bilim va koʻnikmalarni egallagani, ulardan hayotiy 
vaziyatlarda foydalana olishiga qaratiladi. Bu testlarda oʻquvchilarning dars 
davomida aniq mavzular boʻyicha oʻrgangan bilimlarini sinovdan oʻtkazish nazarda 
tutilmagan. 
PISA sinovlarida toʻrt xil sinov usulidan foydalaniladi:
- Bir javobli testlar; 
- Bir nechta javobli testlar; 
- Qisqa yoki batafsil javob yoziladigan savollar; 
- Biror muammoning еchimi boʻyicha oʻquvchi fikri (odatda bunday savollarda 
tekshiruvchida umumiy javoblar boʻladi, oʻquvchi javobi test tuzivchi javobiga 
aynan mos kelishi talab qilinmaydi, oʻquvchi ijodkorligi qoʻllab quvvatlanadi). 
Xalqaro baholash dasturi tadqiqotlarida ijobiy natijaga erishish uchun 
nimalarni amalga oshirish lozim: 
-
O’qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalari, interaktiv metodlardan samarali 
foydalanish, 
-
O’qitish jarayonida fanlararo integratsiyani kuchaytirish, fanni turli soxalarida 
hayotiy jarayonlarga bog’lab o’qitish, 
-
Amaliy mashg’ulotlarni yanada samarali tashkil etish, 
-
Darslarda va darsdan tashqari to’garaklarda o’quvchilarni ijodiy va tanqidiy 
fikirlashlarini rivojlantirish. 
Yuqoridagilarni amalga oshirish uchun bo’lajak o’qituvchilarni zamon talablari 
asosida o’qitish lozim hamda o’qituvchilarga PISA test va savollarni qanday tuzish 
kerakligini va tuzishda nimalarga e’tibor berish kerakligini tushuntirishimiz juda 
muhim. Buning uchun amaliy mashg’ulot darslarida talabalarni mustaqil, ijodiy va 
tanqidiy fikirlashlarini o’stirishiga xizmat qiladigan metod va usullarni to’g’ri 
tanlashimiz kerak. Bu esa talabalarga berilgan muammoli savol va topshiriqlarni 
o’zlari mustaqil topishlari va bajarishlariga imkon yaratadi. Shuningdek, ularda 
PISA test va savollarni mustaqil tuza olish ko’nikmalari rivojlanadi. Bu ularda: 
- o’ziga bo’lgan ishonchni oshishida; 
- bilim va iqtidorini yuzaga chiqarishda; 
- hayotda o’z o’rnini topishda yordam beradi. 
Dars davomida auditoriyada 20-30 va undanda ortiq o’quvchilar bilan 
mashg’ulotlar olib boriladi. Auditoriyadagi o’quvchilarning fiziologik, psixologik 
rivojlanishi, xotirasi, diqqati, fikirlash qobiliyati bir biridan farq qiladi. Shuning 
uchun bo’lajak o’qituvchilar o’quvchilarning fiziologik, psixologik rivojlanishi, 
xotirasi, diqqati, fikirlash qobiliyatiga qarab ularga mos ravishda PISA test va 
savollarini tuzish lozim. Shunga muvofiq PISA dasturlarida bilim teranligining 4 ta 
darajasi baholanadi. 


24 
1-darajada. Talabadan darslik matnidagi ma’lumotlarni eslab qolish va gapirib 
berish, xaritadan ma’lum voqea va hodisa bilan bog’liq joylarni ko’rsata olish talab 
etiladi. Bu darajaning kalit so’zlari : “aniqlang “, “eslang “, “o’lchang”, “ta’riflang”. 
2- darajada. G’oya va malakalar: talabadan savol va muammolarga nisbatan 
qaror qabul qilishni talab etadi. Topshiriqni bajarishda axborotlardan yoki 
konseptual bilimlardan foydalanish; berilgan savol yoki muammolarni hal qilish 
uchun ijodiy fikirlash talab etiladi. Bu jarayonlar koproq aqliy tafakkurni talab etadi. 
Bu darajani ajratib ko'rsatadigan kalit so'zlarga “tasniflang”, “tashkil qiling”, “baho 
bering”, “kuzatishlar olib boring”, “ma’lumotlar yig’ing va ko'rsating”, 
“ma’lumotlarni taqqoslang” kabi fe’llar kiradi. Bu harakatlar bir necha bosqichni 
ko'zda tutadi.
3-darajada. Strategik fikirlash: talabadan murakkabroq fikirlash va taxlil qilish, 
chuqur tushuncha xosil qilish talab etiladi. Talabalar muammoni еchishi va xulosa 
chiqarishi kerak. Oldingi darajalarga nisbatan dalil-isbotlar va fikr yuritishning bir 
muncha yuqori darajasi bo'lib, mulohaza yuritish, rejalashtirishni talab qiladi.
4-darajada. Kengaytirilgan fikirlash: Talabadan darslikdan tashqari bir necha 
manbalardan 
olingan bilimlar 
va boshqa 
fanlarda olingan bilimlarni 
integratsiyalashni talab qiladi. Keng dunyoqarashlar uzoq vaqt davomida keng 
kompleks mulohaza yuritish, rejalashtirish, qarashlarni rivojlantirishni talab etadi. 
Agar talab qilinadigan ish faqat takroriy bo’lib, muhim konsteptual tushunchani va 
yuqori darajadagi qarashlarni qo’llashni talab qilmasa, vaqt chegaralanmaydi. 
Masalan, agar talaba har kuni havo haroratini bir oy davomida o’lchashi, keyin esa 
grafik tuzishi kerak bo’lsa, bu 2-daraja deb tasniflanadi. Ammo agar talabadan havo 
haroratining o’zgarishi havoning boshqa elementlariga qanday ta’sir etishini tadqiq 
etish grafigini tuzishi kerak bo’lsa, bu ish 4-darajaga kiradi. 4-darajada topshiriqning 
anglash va bilish talablari yuqori va ish ham juda murakkab bo’lishi kerak.
“Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi” kursida “Yevrоsiyo materigi 
iqlimi” mavzusidagi amaliy mashg’ulot darsida qo’llanilishi mumkin bo’lgan PISA 
savollaridan misollar keltiramiz. 
1- daraja.
1. Yevrosiyo materigida qanday iqlim mintaqalari shakillanganligini aniqlang. 
2. Xaritadan Yevrosiyo materigida mo’tadil iqlim mintaqalari egallagan hududlarni 
ko’rsating. 
2- daraja. 
1. Yevrosiyo materigida iqlim hosil qiluvchi omillardan qaysilarining hissasi 
ko’proq, ularga baho bering.
2. Xaritadan Yevrosiyo materigida mo’tadil iqlim mintaqasining dengiz, kontinental 
va musson iqlim tiplari joylashgan hududlarni taqqoslang va ularning joylashuvida 
nimalarni sezdingiz ? 
3- daraja. 
1. Yevrosiyo materigi iqlimi uning ichki suvlari va tabiat zonalarining shakillanishi 
o’rtasida qanday bog’liqlik bor? 
2. Yevrosiyo materigining tabiiy va siyosiy xaritalarini tahlil qiling va iqlim 
mintaqalari mamlakatlar iqtisodiyotiga qanday ta’sir etadi? 


25 
4- daraja. 
1. Hozirgi kundagi global isish bartaraf etilmasa, kelajakda materik iqlimida qaday 
o’zgarishlar bo’ladi? Global isishni bartaraf etish bo’yicha fikr va 
mulohazalaringizni bildiring. 
2. Xarita va atlaslardan foydalanib, Yevrosiyo materigidagi sovuq va issiq iqlim 
mintaqalarining ijobiy va salbiy tomonlarini izohlang. 
“Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi” kursida amaliy mashg’ulotlarni 
tashkil etish jarayonida qo’llanilishi mumkin bo’lgan PISA testlardan ham misollar 
keltiramiz. 
1-topshiriq. Yerdagi toza va sho’r suvlarning o’zaro bog’liqligi diagrammada 
ko’rsatilgan (sho’r suvning ulushi qorong’u rangda ko’rsatilgan). Javobingizni 
izohlang.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 E) 5 
2-topshiriq. Quyidagi nuqtalarning qaysi birida atmosfera bosimi yuqori? 
Javobizni izohlang. 
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 E) 5 
3-topshiriq. Atlantika okeanidagi kema C nuqtadan B nuqtasiga qaysi 
yo'nalishda suzishi kerak? Javobizni izohlang. 
4-topshiriq. Rasmdagi 16,7 raqami nimani anglatadi? Javobizni izohlang. 
A) shimoli-g‘arbiy, B) shimoliy, C) janubi-g'arbiy, D) sharqiy,
E) Shimoli-sharqiy. 


26 
5-topshiriq. Xaritada belgilangan 3-nuqtaning koordinatalarini toping. 
Javobizni izohlang. 
A) 20 j.k. va 20 g’.u. B) 40 sh.k. va 20 shq.u. C) 40 sh.k. va 20 g’.u. 
D) 40 j.k. va 20 shq.u. E) 20 j.k va 40 g’.u. 
Test jarayonida talabalar testlarni belgilab berishadi, lekin biz ular testni 
to’g’ri tushunganligini va ular ham kelgusi ish faoliyatlarida PISA testlarini mustaqil 
tuzishlari uchun ularga javobingizni izohlang deb qo’shimcha qildik, bu esa ularning 
ijodiy va tanqidiy fikr bildirishlariga imkon beradi va bunday testlarni tuzish 
ko’nikmalarini rivojlantiradi. 
Xulosa qilib aytganda, dars davomida talaba va o’quvchi yoshlarga bilim 
darajasiga qarab savol va topshiriqlar berib borilsa, ularda ijodiy va tanqidiy 
fikirlashlari rivojlanib boradi. Ijodiy va tanqidiy fikirlash qancha ko’p takrorlansa, u 
maqsadga yo’nalgan kuchga aylanadi. Bu esa yuqorida aytib o’tkanimizdek 
talabalarda o’ziga bo’lgan ishonchni orttiradi va o’z kasbiga bo’lgan ishtiyoqni 
oshiradi. Bu esa bo’lajak o’qituvchilarga jamiyatimizga mustaqil fikrlaydigan, o‘z 
muammolarini o‘zi hal qiladigan qobiliyatli yoshlarni tarbiyalashdek ma’suliyatli 
ishni yuklatadi.

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish