3. Relyefni kelib chiqishiga ko’ra turlari
. Yer yuzasi relyefi kelib chiqishiga ko’ra
uchta yirik guruhga bo’linadi: geotektura, morfostruktura va morfoskul’ptura
.
Geotektura - Yer po’stidagi yirik relyef shakllaridir. Geotektura faqat Yerning ichki
kuchlari ta’sirida vujudga keladi va rivojlanadi.
Geotektura relyef shakllarining vujudga kelishi qadimgi yagona Pangeya materigi va Pantalasa
okeanining vaqtlar o’tishi bilan hozirgi holatga kelishi katta rol o’ynaydi. Ularga materik
ko’tarilmalari va okean botiqlari kiradi. Geosinklinallar va platformalar esa ikkinchi darajali
geotekturalar xisoblanadi. Relyefda geosinklinallarga burmali tog’lar zanjirlari to’g’ri keladi.
Platformalarga katta-katta tekisliklar to’g’ri keladi.
Har qaysi materik ning negizida kembriydan oldingi bitta (Evrosiyoda) yoki bir nechta
platforma bor. Ularni geosinklinallar – turli yoshdagi tog’ zanjiri o’rab olgan.
Morfostrukturalarga yirik sayyoraviy relyef shakllari kiradi. Ularni hosil bo’lishida
Yerning ichki kuchlari bilan birga tashqi kuchlari xam qatnashadi. Bunday relyef shakllariga
yirik tog’ tizmalari va tekisliklar kiradi. Masalan, Kordilera tog’lari, Buyuk tekisliklar, Sharqiy
Yevropa tekisligi, Turon tekisligi, Sharqiy Avstraliya tog’lari va x.k .
Morfoskulpturalar asosan tashqi (ekzogen) kuchlar ta’sirida vujudga keladi. Ularga daryo
vodiylari, allyuvial tekisliklar, muz relyef shakllari, shamol ta’sirida hosil bo’lgan relyef
shakllari, suv eroziyasi natijasida hosil bo’lgan relyef shakllari kiradi. Masalan, jarlar, kirg’oqlar,
barxanlar, daryo vodiylari va x.k.
Yer yuzasidagi asosiy relyef shakllari Yer po’stining tuzilishiga mos keladi. Materiklar
va okeanlar quruqlik va okean Yer po’stiga mos keladi.
Materiklarning platformalarida past tekisliklar, tekisliklar, platolar va yassi tog’lar keng
tarqalgan. Materiklarning suv bosgan joylarida shelьf dengizlari tarqalgan. Masalan, Rus
platformasida Sharqiy Yevropa, Germaniya – Polsha, Kaspiy bo’yi past tekisligi shakllangan.
Janubiy Amerika platformalarida esa Amazoniya past tekisligi va Braziliya yassi tog’ligi
shakllangan. Afrika platformasi esa plato va yassi tog’lardan iborat. Sibir platformasi, O’rta
Sibir yassi tog’ligiga mos keladi. Bu esa platformalarning mustahkamligini va uzoq davr
mobaynida yemirilish natijasida ularinig yuzasi tekislik, plato va yassi tog’larga aylanib
qolganligidan darak beradi.
Alp burmalanishi bosqichida hosil bo’lgan tog’lar balandligi, kuchli parchalanganligi
bilan ajralib turadi. Jahondagi eng baland tog’lar Alp burmalanish bosqichida hosil bo’lgan (Alp,
Himolay, Kavkaz, Pomir, And, Hindiqush, Kordilyera).
Do'stlaringiz bilan baham: |