3. Asosiy tog’ hosil bo’lish bosqichlari.
Yer po’stining rivojlanishida va Yer yuzasi
relyefini hosil bo’lishida tog’ hosil bo’lish yoki burmalanish bosqichlari muhim ahamiyati kasb
etadi. Yer po’sti rivojlanishi tarixida Baykal, kaledon, gertsin, mezozoy (kimmeriy va laramiy),
Alp burmalanish bosqichlari ajratiladi.
Baykal tog’ burmalanishi bosqichi proterozoy erasiniing oxiri va kembriy davrining
boshida ro’y bergan. Mazkur burmalanish bosqichida Baykal bo’yi, Baykalorti tog’ tizmalari.
Sayan tog’lari, Braziliya yassi tog’ligi, Koreya yarim orolidagi ba’zi tog’lar, Janubiy Afrikadagi
tog’lar ko’tarilgan. Mazkur burmalanish jarayonida barcha qadimgi platformalar shakllangan.
Kaledon burmalanish bosqichi paleozoy erasining birinchi yarmida (Kembriy, Ordovik,
Silur) sodir bo’lgan. Asosan ilk paleozoy bilan o’rta paoleozoy o’rtasida ro’y bergan. Burmalar,
tog’lar paydo bo’lgan va magma otilib chiqqan. Ikkiga bo’linadi: erta kaledon burmalanish
bosqichi, ordovikning oxiri, silurning boshlarida ro’y bergan; kech kaledon burmalanish
bosqichi, silurning oxiri va devon davrining boshlarida sodir bo’lgan. Unda Grenalandiya,
Britaniya orollari, Skandinaviya, Qozog’iston past tog’larining g’arbiy qismi, Shimoliy
Tyan’shan. Oltoy, G’arbiy Sayan, Shimoliy Monogoliya, Janubi-sharqiy Xitoy tog’lari paydo
bo’lgan.
Gersin burmalanish bosqichi paleozoy erasining ikkinchi yarimida (devon, karbon, perm)
sodir bo’lgan. Gertsin burmalanish bosqichida Britaniya orollaridagi kembriy tog’lari, Kornoul
yarim orolidagi tog’lar, Reyn slanetsli tog’lari, Garts rudali tog’lari, Ural, Tyanshan, Oltoy,
Kunlun, Sharqiy Avstraliya, Appalachi, Atlas tog’lari, Qozog’iston past tog’larining sharqiy
qismi ko’tarilagn. Keyinchalik mazkur gertsinidlar platforma holatiga o’tgan.
Mezozoy burmalanishi. Ikki qismdan iborat: kimmeriy va Larmiy burmalanish bosqichlari.
Kimmeriy (Qoradengiz bo’yidagi qabila nomi) burmalanishi mezozoy erasining boshi va
o’rtalarida sodir bo’lgan. Mazkur bosqichda Verxoyansk-Kolima tog’li o’lkasi, SHimoliy
Amerikada Kordilera tog’larining katta qismi ko’tarilgan.
Laramiy bosqichi (AQSHdagi Laramiy daryosi nomidan olingan). Bo’r davrining oxiri va
paleogen davrining boshlarida sodir bo’lgan. Mazkur burmalanish bosqichida Shimoliy
Amerikadagi qoyali tog’lar, uzoq sharqdagi Sixota-Alin, Saxalin tog’lari ko’tarilgan. Tibetda va
Malay yarim orollarida ham sodir bo’lgan.
Alp burmalanish bosqichi. Kaynazoy erasida sodir bo’lgan. Ushbu burmalanish bosqichi
ro’y bergan Alp tog’lari nomi bilan atalgan. Alьp burmalanish natijasida hozirgi mavjud ko’p
tog’ tizmlari ko’tarilgan. Ular ikkita tog’ mintaqasini hosil qilgan (Alp-Ximolay va Tinch
okean):
- Alp-Ximolay mintaqasi: Pireney, Andalusiya, Atlas, Apennin, Al’p, Bolqon, Karpat,
Kavkaz, Kichik Osiyo, Eron, Hindiqush, Ximolay tog’lari;
- Tinch okean mintaqasi: Koryak, Kamchatka, Saxalin, Yapon, Yangi Gvineya, Yangi
Zelandiya, And tog’lari, Aleut orollari va x.k
41
.
Do'stlaringiz bilan baham: |