Geografik qobiqdagi moddalar va ularning xususiyatlari.
Geografik
qobiqning turli qismlarini kimyoviy tarkibi turlicha. Ammo Olamning bizga
ma’lum bo’lgan qismining tarkibi deyarli bir xil, bu yerda atomlarning 93%ni
vodorod atomi tashkil qiladi. Yerda esa vodorod va geliy nisbatan kam.
Geografik qobiqdagi moddalarning murakkab kimyoviy tarkibining
asosiy sababi uning uzoq vaqt davomida rivojlanishidir. Bunda moddalar kimyoviy
tarkibining shakllanishida Quyosh tizimi va Yerning vujudga kelish sharoiti,
dastlabki mantiya moddasini gravitatsion va fizik-ximik tabaqalanishi (bu
tabaqalanishda Yerning tashqi qobiqlari hosil bo’lgan), geografik qobiqning uzoq
davr moboynida rivojlanishi (bunda Yer yuzasida alohida moddalar va elementlar
to’planishi sodir bo’ladi) juda muhim ahamiyati ega bo’ladi. Natijada Yer
po’stining hozirgi kimyoviy tarkibi shakllandi.
Yer yuzasida kislorod, temir, kremniy, alyuminiy, magniy, kaltsiy, natriy,
uglerod, kaliy ko’proq tarqalgan.
Troposferada asosan azot (75-80%), kislorod (20%), karbonat angidrid (1-
2%); biosferada kislorod (50-60%), karbonat angidrid (20%), vodorod (10%), azot
(10%), litosferada kislorod (50%), karbonat angidrid (5%), vodorod (2,5%), azot
(10%); gidrosferada kislorod (70%), karbonat angidrid (0,5%), vodorod (>10%),
azot (0,1-0,2%), kremniy (0,2-03%) keng tarqalgan. Magmatik tog’ jinslari
tarkibida kislorod (40-50%), karbonat angidrid (2-3%), vodorod (0,5-1%), azot (2-
3%), kremniy (30-35%) mavjud
29
.
5. Geografik qobiqning tarkibi va tuzilishi darajalari.
Yerning havo
qobig’i (asosan troposfera), Yer po’sti, suv qobig’i (okean va quruqlik suvlari) va
29
Vahobov H. va boshqalar. Umumiy Yer bilimi. T.: 2005, 63-64-b (mazmun-mohiyatidan foydalanildi).
31
hayot qobig’i (o’simlik va xayvonlar) geografik qobiqning tarkibiy qismlari
hisoblanadi.
Geografik qobiqda bir nechta tuzilish darajalari ajratiladi: geotarkibli,
geosferali va geotizimli.
Geotarkibli yoki eng oddiy tuzilish darajasi. Geotarkiblar – bu Yer
yuzasidagi nisbatan bir xil xususiyatga ega bo’lgan moddiy hosilalar
birlashmasidir. Asosiy va ikkinchi darajali geotarkiblar ajratiladi. Asosiy
geotarkiblarga tog’ jinslari, havo, suv, o’simlik va hayvonlar kiradi. Ikkinchi
darajali geotarkiblarga esa tuproq, muz, muzloq gruntlar kiradi.
Geotarkiblar hosil bo’lishi, kimyoviy tarkibi va fizik xossalariga qarab bir-
biridan keskin farq qiladi. Geografik qobiqda ilgari aytganimizdek, notirik, tirik va
aralash moddalar ajratiladi Aralash (tirik va notirik moddalar birlashmasi)
moddalarga tuproq, muz va muzloq grunt kiradi. Notirik (noorganik) moddalarga
asosan tog’ jinslari kiradi, ular Yer po’stida keng tarqalgan. Tirik moddalarga
o’simliklar, hayvonotlar va mikroorganizimlar kiradi. Ular biosferada keng
tarqalgan.
Geosferali tuzilma darajasi. Geosfera deb, asosan ma’lum bir geotarkibdan
tuzilgan Yerning aniq bir qismlariga aytiladi. Geosferalar (geoqobiqlar) kontsentrik
bir-birini ichiga kirgan qatamlarni tashkil qiladi. Geosferalar litosfera, gidrosfera,
atmosfera va biosferadan iborat. Litosfera zichligi yuqori bo’lgan va qattiq
moddalardan iborat tog’ jinslaridan tuzilgan. Gidrofera esa suyuq moddalardan,
ya’ni suvdan iborat, atmosfera gazsimon moddalardan iborat. Biosfera esa tirik
moddalardan tashkil topgan. Litosfera, gidrosfera va atmosfera to’xtovsiz, yaxlit
qobiqni hosil qiladi. Biosfera esa tirik mavjudodlar tarqalgan qobiq sifatida yaxlit
qobiqni hosil qilmaydi, u boshqa qobiqlar tarkibiga kiradi va yuqorida aytilgan
qobiqlarning tutashgan joyida yupqa qatlamni hosil qiladi. Mazkur geoqobiqlar
orasida yaxlit qatlam hosil qiladigan asosiy qobiqlar va yaxlit qatlam hosil
qilmaydigan ikkinchi darajali qobiqlar ajratiladi. Ikkinchi darajali qobiqlarga
krisofera (sovuqlik qobig’i), tuproq (pedosfera) va boshqalar kiradi.
Geotizimli tuzilma darajasi. Geotizimlar- geotarkiblarning o’zaro ta’siri
natijasida vujudga keladigan majmuali hosilalardir. Notirik geotarkiblarning o’zaro
ta’siri natijasida oddiy geotizimlar hosil bo’ladi. Masalan, muzliklar, daryo
vodiylari va x.k. Muzliklar atmosfera va gidrosferaning o’zaro ta’siri natijasida
hosil bo’ladi. Daryo vodiylari esa litosfera va gidrosfera hamda atmosferaning
o’zaro ta’siri natijasida vujudga keladi.
Geotizimlilar hozirgi paytda faqat tabiiy tarkiblarni emas, balki antropogen
omillarni ham o’z ichiga oladi. Natijada geografik qobiqda geotexnogen tizimlar
vujudga kelmoqda. Geotexnogen tuzilmalar tabiiy tarkiblardan va kishilik
jamiyatidan iborat (shaharlar, sanoat markazlari, qishloq xo’jalik yerlari,
gidrotexnik inshoatlar va x.k.)
Umumiy Yer bilimi geografik qobiqning bo’ylama va yuzalama tuzilishini
o’rganadi. Ammo geografik qobiqning yuzalama tuzilishini faqat planetar darajada
o’rganadi.
32
Do'stlaringiz bilan baham: |