34
ya’ni 6300 km gacha bo’lgan chuqurliklarda joylashgan. Yadro asosan temir va nikeldan
iborat
30
.
Yerigan qatlamda materiklar og’irligini muvozanatga keltirib turish uchun moddalar bir
joydan ikkinchi joyga oqib turadi. Vulkan va zilzila o’choqlari shu yerda joylashadi.
O’rta va quyi mantiyada moddalar zichligi yuqoridir. Yer po’sti-Erning tashqi qatlamlari
majmuasidir. U mantiyadan Moxo chegarasi bilan ajralib turadi.
Bu yerda moddalar qattiq
holatda bo’ladi. Mazkur Moxo chegarasi aniq chegara bo’lib, Yer yuzasining hamma joyida bor.
Mantiyadan Yer po’stiga o’tishda bosim shunchalik pasayib ketadiki, gabbrodan bazalьtga
o’tiladi. Bundan moddalar hajmi 15% ga oshadi va shunga mos ravishda zichlik kamayadi.
Yerning tashqi va ichki qobiqlari doimo o’zaro ta’sirda bo’ladi. Mazkur ta’sir
quyidagilarda namoyon bo’ladi (Shubaev, 1975):
- dastavval o’zaro ta’sir Yer yuqori qatlamlarining ichki qatlamlariga bosimida namoyon
bo’ladi. Mazkur bosim shunchalik kattaki, u zich yadro va qalin mantiyaning vujudga kelishiga
sabab bo’ladi;
- yuqori bosim radiaktiv parchalanish bilan birga issiqlik hosil qiladi. Bu issiqlik Yerning
ichki qismidan uning yuzasiga chiqib keladi va yiliga 50-60 kal\sm
2
ni tashkil qiladi. Bu
issiqlikning Yer
yuzasi
uchun bevosita ahamiyati katta, u Yer Quyoshdan oladigan issiqlikning
0,001 ulushini tashkil qiladi. Lekin mazkur issiqlik tufayli Yer po’sti ostidagi mantiya qizigan.
Bu esa Yer po’sti va mantiyada tektonik jarayonining faoliyatini ta’minlaydi;
-Yerninig og’ir yadrosi Yer yuzasi og’irlik kuchining katta bo’lishini ta’minlaydi. Buning
yordamida Yer o’zida atmosfera bilan suvni ushlab turadi;
-Yer yuzasi uchun suvning asosiy manbai mantiyadir. Yer yuzasida suv suyuq holda faqat
atmosfera bosimi tufayligina mavjuddir, aks holada suv bug’ga aylanib ketgan va uchib ketgan
bo’lar edi;
-suv havo harakati tufayli materiklarga kirib borib,
okeanlarga oqib tushadigan
quruqlikdagi suvlarni hosil qiladi. Yer yuzasida nurashning ro’y berishi va cho’kindi jinslarning
vujudga kelishiga suv bilan havo sabab bo’ladi;
-daryolardagi oqim tezligi va denudatsiya sur’ati og’irlik kuchining kattaligiga bog’liq;
-Yer po’sti mantiyadagi moddalarning saralanishi mahsuli bo’lib, uning o’zi ham
mantiyaga ta’sir ko’rsatadi. Bu o’zaro ta’sir Yer po’stining-materik, okean va oraliq turlarining
hosil bo’lishida materiklar rivojlanishida va tektonik jarayonlarda namoyon bo’ladi;
-Yerning ichki qismdagi moddalar elastiklik xususiyatiga ega. Buning oqibatida
moddalarning oqishi Yerning shaklida aks etadi. Qalqish qarshiligi Yer aylanishini
sekinlashtiradi. Bu esa qutbiy siqiqlikni kamaytiradi. Bu hol yuqori
mantiyadagi moddalar bir
qismining ekvatorial kengliklardan qutbiy kengliklarga oqib ketishiga sabab bo’ladi. Yer po’sti
ostidagi moddalarga qaraganda qattiqroq bo’lganligidan o’zgarishga uchraydi, yoriladi,
ko’chiriladi va pasayadi. Bu jarayonda qutbiy va ekvatorial radiuslar
mutloq uzunligining
o’zgarishi emas, balki Yer shaklining muvozanatlashishiga intilishi muhim o’rni tutadi;
-Materik va okeanlarning hosil bo’lishi, tektonik jihatdan faol mintaqalar, ya’ni
geosinklinallarning, platformalarning joylashishi Yerning ichki qatlamlari va koinotning o’zaro
ta’siri natijasidir.
Demak, Yerning ichki qobiqlari yadro, mantiya, tashqi qobiqlariga esa Yer po’sti,
gidrosfera, atmosfera va biosferadan iborat.
3.
Do'stlaringiz bilan baham: