olib bordilar.
Kelishik qo'shimchasini va bog'lanishini tegishlicha belgilang.
Kelishik nomini qisqartirib tepasiga yozing.
— Ikkinchi gapni o'qing. Olmoshning qaysi kelishik qo'shimchasini
olganini ayting. Qaratqich kelishigi otni qaysi so'zga bog'lagan? Ularni birikma
tarzida yozing:
Bizning ko'z o‘ngimizda.
Qo'shimchani va so'zlaming
bog'lanishini belgilang.
Qolgan gaplar ustida ham shu taxlitda ishlanadi. Xattaxtaning bir
tomonida quyidagi birikmalar yuzaga keladi:
Bizni olib bordilar.
Bizning ko'z o'ngimizda.
Bizga gapirib berdi va boshq.
O'quvchilar javobi yana suhbat yo'li bilan umumlashtiriladi:
— Kishilik olmoshlari qaysi qo'shimchalami oladi?
— Qaysi kelishik qo'shimchalari olmoshga qo'shilib keladi?
— Bu qo'shimchalar olmoshlarni qaysi so'zlarga bog'laydi? (boshqa
so'zlarga)
— Kelishik qo'shimchasini
olgan
bizning, bizni, bizga, bizda, bizdan
kabilar qaysi so'roqlarga javob bo'lyapti? Ular gapda qaysi bo'lak bo'ladi? (2-
darajali bo'lak)
— Biz olmoshiga so'roq bering, u qaysi kelishikda? Gapda qaysi bo'lak
bo'lib kelyapti? (Ega)
O'quvchilar javobi aniqlashtiriladi va umumlashtiriladi:
— Kishilik olmoshlari ham kelishik qo'shimchalarini oladi. Kelishik
qo'shimchalarini olganda olmoshlar turlanadi. Tushum, qaratqich, jo'nalish,
o'rin-payt, chiqish kelishigidagi olmoshlar gapda 2-darajali bo'lak bo'lib
keladi. Bosh kelishikda esa
ega
vazifasini bajaradi:
Biz mehnatni sevamiz.
Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishi
haqidagi tushuncha
mashqlar yordamida mustahkamlanadi. Bunda kishilik olmoshlarining qaysi
kelishikda ekanligini aniqlash, ularni o'zi bog'langan so'z bilan birikma tarzida
ko'chirish, shaxs-sonini topish, chiziqchalar o'rniga
topshiriqqa mos
olmoshlarni qo'yish, ot o'rnida qo'llangan olmoshlarni aniqlash, ijodiy matnlar
tuzish kabi topshiriqli mashqlar bajartiriladi.
Keyingi darslarda o'quvchilaming kishilik olmoshlarining kelishiklar
bilan turlanishi paytidagi imlosini o'zlashtirishlariga,
ijodiy yozma ishlar
uyushtirishga va ularda kishilik olmoshlaridan to'g'ri foydalanib, nutqda
uslubiy jihatdan to'g'ri qo'llashlariga,
shuningdek, nutqda kishilik
olmoshlaridan o'rinsiz va tinimsiz foydalanishlarini bartaraf etishga ahamiyat
qaratiladi. Kishilik olmoshlarini o'rinsiz ko'p ishlatishlarini bartaraf etish
uchun o'quvchilaming ijodiy yozma ishlari: bayon va insholari o'qib berilib,
tahlil qilinadi.
O'quvchilar nutqida kishilik olmoshlarini
man, san
tarzida sheva ta’siriga
berilib talaffuz qilish holatlari uchraydi. Kishilik
olmoshlariga ajratilgan
darslarning yana bir vazifasi shu kabi kamchiliklami ham yo'qotishdir.
O'quvchilarni kishilik olmoshlaridan nutqda to'g'ri foydalanishga
o'rgatish nutqiy g'alizlikni, talaffuzdagi yoqimsizlikni bartaraf etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: