11-amaliy mashg’ulot: so`z turkumlari o`rganish darslari rejasi va ishlanmasini tuzish (son-olmosh) Reja


Mavzu : Sanoqni bildirgan so’zlar



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana30.05.2022
Hajmi0,58 Mb.
#620089
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11-AMALIY MASHG`ULOT (1)

Mavzu : Sanoqni bildirgan so’zlar 
Darsning maqsadi: nechta?, qancha?, nechanchi? so’roqlariga javob 
bo’lgan so’zlarni so’roqlar yordamida aniqlash, ularni so’roqlar yordamida 
boshqa so’zlardan farqlashga o’rgatish, miqdor bildirgan so’zlarni imloviy 
to’g’ri yozish ko’nikmalarini hosil qilish, o’quvchilar lug’atini sanoq bildirgan 
so’zlar bilan boyitish va so’zlarni o’rnida qo’llashga, tabiatni asrash, 
ardoqlashga, undan oqilona foydalanishga o’rgatish. 
Darsning turi:
yangi bilim beruvchi. 
Darsning uslubi:
suhbat, induktiv uslub. 
Darsning jihozi:
har xil rasmlar, raqamlar, tarqatma materiallar. 
Darsning borishi. 
Tashkiliy qism:
O’quvchilarni darsga tayyorlash. 
1. O’quvchilarga rasm ko’rsatilib: — Rasmda nechta kapalak bor? — deb 
so’raladi. — Rasmda bitta kapalak bor. 
Xattaxtaga quyidagicha yoziladi: Nechta? - bitta kapalak. 
Keyin uchta kapalakli rasm ko’rsatiladi. 
Endi rasmda nechta kapalak bor? 
Uchta kapalak bor (nechta? — uchta kapalak) 
Xattaxtada quyidagicha ko’rinish paydo bo’ladi: 
nechta? — bitta kapalak 
nechta? — uchta kapalak 
O’quvchilarga birikma tarkibidan so’roq yordamida bitta, uchta so’zlari 
aniqlatilib, tagiga to’lqinli chiziq chiziladi. Shu bitta, uchta so’zlari nimani 
bildiryapti? Nimaning miqdorini bildiryapti? so’roqlari beriladi. Bolalar: 
kapalakning miqdorini bildiryapti, deb javob beradilar. 
Bilasizmi, bitta, uchta so’zlari nima deyiladi? — O’quvchilar 
o’ylaydilar.Ular ayta olmasa, o’qituvchi sanoq bildiradi, deb aytadi. 
O’quvchilarga 1dan 10gacha sanatiladi. Shu so’zlar doskaga yozib 
boriladi. So’roq berdiriladi. O’quvchilar diqqati ikki, yetti, sakkiz, to’qqiz 
so’zlarining imlosiga qaratiladi. Matematikada sanoq bildirgan so’z nimalar 
yordamida, ona tilida nima yordamida yozilishi so’raladi. 
Suhbat orqali xulosa chiqariladi: So’zlar harakat, belgi bildirishdan 
tashqari sanoqni ham bildiradi. Narsalarning nechta ekanini sanoq so’zlar 
bildiradi. Ularning tagiga to’lqinli chiziq chiziladi. 
2.150-mashq shartiga ko’ra bajariladi. Ishlash namunasi ko’rsatiladi, 
o’quvchilar davomini mustaqil bajaradilar. O’quvchilar bu mashq orqali 
mantiqiy fikrlashga o’rganadilar. 
3.Yangi mavzuni mustahkamlash. 151-mashqdagi she’r ifodali o’qitiladi. 
Qisqa suhbat o’tkaziladi: 
Shoir nima uchun daraxtlar haqida so’zladi? 
Daraxtlar nima uchun kerak? 
Qushlar qayerlarga uy quradi? 


She’rni qaysi shoir yozibdi? 
Topshiriq: She’r matnini husnixat bilan ko’chiring. Nechta? so’rog’iga 
javob bo’lgan so’zlarni so’roqlar yordamida aniqlab, tagiga to’lqinli chiziq 
chizing. 
So’ng suhbat orqali bir, uch, ikki, so’zlari nimaning sanog’ini bildirishi 
(chinor, baqaterak, laylak), bu so’zlarning so’rog’i (nima?), ma’nosi (narsani 
bildiradi) o’quvchilarga aniqlatiladi. 
Lug’at ishi. Qo’sh olmurut: qo’sh — ikkita; 
olmurut — nok. 
Bir juft chinor: bir juft — ikkita. 
Ark qildi — saroy, qasr qurdi. 
Ark qildi jumlasining ma’nosini izohlash jarayonida Vatan mavzusida, 
unga munosabat haqida qisqa suhbat uyushtiriladi. 
152-mashq uyga vazifa qilib beriladi. O’quvchilarga raqamlarni harfiy 
ifodalar bilan yozish, ularga so’roq berishni bilib kelishi, topishmoqlarning 
javobini topib yozishi aytiladi. 
Darsda o’rganilganlarni umumlashtirib yakunlash: O’ylang: Harakat 
bildirgan so’zlar nimaning harakatini bildiradi? Belgi bildirgan so’zlar-chi? 
Sanoq bildirgan so’zlar-chi? Sanoq bildirgan so’zlarni qanday aniqlaysiz? 
Ularni ona tilida nimalar bilan ifodalaysiz? 
Darsda qatnashganlarning reyting ballari qo’yiladi. 
Sonning grammatik shakllari ustida ishlash darslari va ishlanmasini 
tuzish. 
Sonning grammatik shakllarini o’rganishning xususiyatlari. 
Sonning grammatik shakllarini o’rganish bo’yicha nazariy-metodik savol-
javoblar uyushtirish. 
Darsda o’tkazilgan husnixat daqiqalarini kuzatish.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish