11-amaliy mashg’ulot: SO`Z TURKUMLARI O`RGANISH DARSLARI
REJASI VA ISHLANMASINI TUZISH (son-olmosh)
Reja:
1.
Boshlang’ich sinflarda son so’z turkumini o’rganish tizimi.
2.
Sonlarning talaffusi va ma’nosi haqidagi
mavzu yuzasidan talabalar
tayyorlagan didaktik materiallar va mashqlarni muhokama qilish.
3.
Mavzu yuzasidan nazariy-metodik savol-javoblar uyushtirish.
4.
Mavzu yuzasidan dars fragmentini kuzatish va tahlil qilish.(1-2-sinf)
5.
Talabalar faoliyatini baholash
Mavzu yuzasidan talabalar to’plagan didaktik materiallar va taqdimotini
muhokama qilish.
Mavzuga oid dars fragmentini tahlil qilish.
1-topshiriq. Son so’z turkumining mazmuni. Nimani bildirish. Son so’z
turkumining so’roqlari ustida fikr yuriting.
2-topshiriq. Sonlarning otga bog’lanishi.
Otlarning son,sanog’uni
bildiruvchi so’zlar. Sanoq sonlar va tartib sonlarning mazmuni.
3-topshiriq. Sonlardagi -ta, -nchi, -inchi, -ov, -ala, qo’shimchalari va
gramm, kilogram, litr, metr hisob so’zlarining ishlatilishi
haqida mashqlarni
kuzating va yozing.
4-topshiriq. Sanoq sonlar haqida 3-sinfda berilgan mashqlarni kuzating.
Ularning qaysi so’zga bog’langanini aniqlab o’zi bog’langan so’z bilan birga
ko’chirib yozing.
5-topshiriq.
Tartib
sonlarni
hosil
qiluvchi
–nchi,
-inchi,
qo’shimchalarining vazifasini tushuntiring.
6-topshiriq. Tartib son hosil qiluvchi –nchi, -inchi, qo’shimchalarining
yozilishi haqidagi qoidalarni eslang. 3-sinf ona tili o’qitishga oid o’qituvchi
kitobining 123-betidagi “Umumxalq bayramlari” tarmoqlash metodi asosida
tuzilgan jadvalni kuzating va kuchirib oling.
7-topshiriq. Sonning Grammatik shakllari bo’yicha Grammatik o’yinlar
tanlang va o’quvchilarni faollashtirish usullari haqida fikrlang.
8-topshiriq. Sonning Grammatik shakllari mavzuga oid 3-sinf o’quvchilari
uchun dars ishlanma tuzing.
9-topshiriq: Kishilik olmoshlarining kelishiklar
bilan turlanishida
misollar keltiring.
10-topshiriq: Kishilik olmoshlarini o'rgatishning eng qulay usuli haqida
gapiring.
11-topshiriq: Olmoshlarning kelishiklar bilan turlanishi qay tarzda
o'rgatiladi?
Sonlarning talaffuzi va ma’nosi ustida ishlash darslari va ishlanmasini
tuzish.
“Son”ni o'rganish tizimi ham son haqidagi
materialni leksik va
grammatik tomondan sinfdan-sinfga o'tgan sayin boyitib, murakkablashtirib
borishni nazarda tutadi.
Boshlang'ich ta'limda son uch yo'nalishda o'rganiladi:
Sonlarning talaffuzi va ma'nosi ustida ishlash.
Sonning grammatik shakllari ustida ishlash.
Sonlarning imlosi ustida ishlash.
Son boshlang'ich sinflarda quyidagi izchillikda o'rganiladi:
—2-sinfda nechta?, qancha? so'roqlariga javob bo'lib, shaxs va narsaning
sanog'ini, nechanchi? so'rog'iga javob bo'lib, shaxs
va narsaning tartibini
bildirishi;
—3-sinfda “Son - so'z turkumi" tushunchasi kiritiladi. O'quvchilarda son
predmetning miqdorini bildirishini otga bog'lanib kelishi yordamida aniqlash
ko'nikmasi o'stiriladi. Bularni o'rganishda sonning leksik xususiyatlariga
asoslaniladi. Sonning leksik ma'nosi uni ot bilan bog'liq hoida o'rganishni
taqozo etadi.
—4-sinfda sanoq va tartib sonlar,
tartib sonlarning harf, rim va arab
raqamlari bilan yozilishi, qo'sh
undoshli sonlarning, grammatik shakllangan
sonlarning (ikkov, o'ntacha, beshtadan) imlosi, sonlarning gramm, kilogramm,
metr, litr, so'm, tiyin so'zlari bilan qo'llanishi va shu so'z bilan bitta so'roqqa
javob bo'lishi o'rganiladi. O'quvchilarning sonlarni otga bog'lanishi, so'roqlar
yordamida sonni o'zi bog'langan so'z bilan ko'chirish ko'nikmalari o'stiriladi.