Июнь 2021 10-қисм
Тошкент
ilmiy abstraksiyadan foydalaniladi. Ko‘pchilik o‘quvchi-talabalar ilmiy abstraksiya metodini
tezda tushunishmaydi.
O‘rganilayotgan mavzu, nazariy qonun-qoidalar keng ko‘lamda real faktlar dalillarni talab
qilsa, bunda rasmiy ma’lumotlar asosida tuzilgan jadval yordamida bajariladigan masala,
mashqlar qo‘l keladi. Savolni o‘qituvchi tushuntirish jarayonida statistik ma’lumotlarni tahlil
qilib, talabalarni nazariy fikrlashga o‘rgatadi. Amaliy tavsiyalar beradi.
Men ham o’z matematika darslarimni tashkillashtirishda masala va misollar o’quvchilarni
mushohada qilish, xulosa chiqarishga o‘rgatish bilan birga kam vaqt sarflanishi, ayrim
masalalarda ikkilanib turgan o‘quvlarni to‘g‘ri javob topishga o‘rgatishga harakat qilgan holda
yangi innovatsion usullarni qo’llayman.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.S.Muzrapov, A.Mamayusupov, X.Nazarov, Q.Ostonov ―Matematika tarixi‖ darslik Toshkent
2013.
2. M.Ahadova ―O’rta Osiyolik olimlarning matematikaga doir ishlari‖ O’qituvchi 1984.
3. X.Nazarov, Q.Ostonov ―Matematika tarixi‖ o’quv qo’llanma Toshkent 1996.
4. Muhаmmаd ibn-Musо аl-Хоrаzmiy. Tаnlаngаn аsаrlаr. Tоshkеnt: Fаn, 1983.
5. www.ziyonet.uz
53
Июнь 2021 10-қисм
Тошкент
KASBIY MOTIVATSIYALARINI NAZARIY ASOSLARI
Nosirova Dilfuza Saydullaevna
Guliston Davlat Universiteti o’qituvchisi
Annotatsiya.
Maqolada kasbiy faoliyat motivatsiyasi kasb tanlashni va bu kasb bilan bog‘liq
majburiyatlarni davomiy bajarishni shartlaydigan aniq undovchi ta’sir sifatida ochib berilgan.
Kalit so’zlar.
Zamonaviy ta’lim, pedagogik, ijtimoiy-siyosiy ta’lim, mehnat bozori, motivat-
siya.
Zamonaviy ta’lim tizimida talabalarni tayyorlashni takomillashtirish bitiruvchilar
tayyorgarligining ko‘plab omillari va ularning kasbiy faoliyatga real tayyorlik darajasi bilan
shartlangan. Ular orasida pedagogik oliy o‘quv yurtlari talabalarining o‘qishga oid faoliyat
motivatsiyasi o‘ta muhim hisoblanadi. Pedagogik oliy o‘quv yurtlarining ta’limiy jarayonida
bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligiga o‘sib boruvchi talablar va ularni kasbiy faoliyatga
tayyorlashning real darajasi o‘rtasidagi ziddiyat yaqqol ko‘rinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida
talabalarni tayyorlashni takomillashtirish bitiruvchilar tayyorgarligining ko‘plab omillari va
ularning kasbiy faoliyatga real tayyorlik darajasi bilan shartlangan. Ular orasida pedagogik oliy
o‘quv yurtlari talabalarining o‘qishga oid faoliyat motivatsiyasi o‘ta muhim hisoblanadi. Shaxsiy
kasbiy motivatsiyasi o‘zi va boshqa odamlarni kasbiy muvaffaqiyatga erishishga rag‘batlantirish
jarayoni sifatida ham gavdalanishi mumkin. Bundan tashqari, kasbiy faoliyat motivatsiyasi
kasb tanlashni va bu kasb bilan bog‘liq majburiyatlarni davomiy bajarishni shartlaydigan aniq
undovchi ta’sir sifatida ochib berilishi mumkin. Biz olib borgan tadqiqotimiz doirasida kasbiy
faoliyat motivatsiyasi tushunchasi ostida aynan shu faoliyatga undovchi tizimni tushunamiz.
Kasbga yo‘naltirish muammosini hal qilish nafaqat u yoki bu shaxsning, oilaning, balki butun
bir davlatning muhim strategik vazifasi hisoblanadi. Shuning uchun ushbu jarayonni har jihatdan
puxta o‘rganish, tahlil qilish va tegishli tavsiyalarni ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq etish orqali
shaxs va jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga ma’lum darajada hissa qo‘shish mumkin. Qolaversa,
kasb tanlashdagi muvaffaqiyatsizliklar shaxs faoliyati va faolligiga salbiy ta’sir etishi, ayni paytda
u yoki bu sohalarda mehnat unumdorligining pasayishi shaxs va faoliyat nomutanosibligining yu-
zaga kelishi kabi ayanchli ijtimoiy psixologik asoratlarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Ushbu
muammolarni bartaraf etish uchun davlat tomonidan muhim vazifalar belgilangan.
Bu vazifa yoshlarni turli kasblarga yo‘naltirish imkonini beradigan maktablardagi ijtimoiy-si-
yosiy ta’lim yo‘li bilan, shuningdek, matbuot, kino, radio, televidenie vositasida kasbiy ma’rifat
berish va kasbiy targ‘ibot qilish bilan yoshlarning qobiliyatini aniqlashga imkon yaratadigan va
ularga tavsiyalar beradigan kasb bo‘yicha konsultatsiyalar o‘tkazish bilan amalga oshiriladi. Shun-
ingdek, qobiliyatiga ko‘ra kasbni tanlab olish va kasbga ko‘niktirish (biologik, jismoniy, muhit
sharoitiga ko‘nikish, ijtimoiy-kasbiy ta’lim orqali kasbga kirishish va ishlab chiqarish jamoalari-
ga qo‘shilish) yo‘li bilan ham joriy qilinadi. Umuman, shaxsni kasbga yo‘naltirish muammosiga
o‘ziga xos ijtimoiy psixologik tamoyillar asosida yondashish tendensiyasini ko‘rish mumkin. Jum-
ladan, olimlar tomonidan «kasbga yo‘naltirish uchburchagi» tavsiya etiladi. Mazkur uchburchak-
ning birinchi tomoni - turli xil kasblarning insonga qo‘yadigan talablarini yaxshi bilishdir. Ik-
kinchi tomoni - ehtimol kutilgan mehnat bozorini, jamiyatning u yoki bu mutaxassisga bo‘lgan
ehtiyojini bilish. Bu mohiyatiga ko‘ra iqtisodiy va ijtimoiy muammodir, biroq usiz kasb tanlashga
yo‘llash mumkin emas. Kasbga yo‘naltirishning uchinchi tomoni va bunga oid barcha ishlarning
asosi shaxs xususiyatlarini, eng avvalo kasbga yo‘naltirilayotgan shaxsning qobiliyati va istagini
bilishni o‘z ichiga oladi.
Bu borada yana eng muhimi shundaki, maktab davrida o‘quvchilarga nafaqat bilim berish, bal-
ki, faol shaxsiy faoliyat yurita bilish va o‘z-o‘zini anglash ko‘nikmasini doimo shakllantirib borish
lozim. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» bizni shu maqsadga yo‘naltiradi, bunday yondashuv har
bir umumta’lim muassasasining aniq kasbga yo‘naltirish dasturi bo‘lishi lozim.
Maktab ta’lim tizimi o‘quvchilarda kasbiy o‘z-o‘zini anglash jarayonining shakllanishiga ta’sir
etadi. Bu jarayon muvaffaqiyatli kechishi uchun kasbga yo‘naltirish ishlarining mazmunini, prin-
siplarini, tashkiliy shakllarini, usul va vositalarini belgilovchi, o‘quvchiga kasblar dunyosi va
shaxsiy xususiyatlarni o‘rgatishda yordam beruvchi, kasblarni ongli ravishda tanlashni ta’minlov-
chi, faoliyat sohalariga, qobiliyat va qiziqishlariga javob beruvchi, shaxsning salomatlik holatiga
54
Do'stlaringiz bilan baham: |