61
Июнь 2021 10-қисм
Тошкент
SHARQ MUTAFAKKIRLARINING PEDAGOGIK QARASHLARIDA BARKAMOL
AVLOD TARBIYASI.
Kurbanova Gullola Bahramovna
Guliston Davlat Universiteti
Katta o’qituvchi
Annotatsiya:
Maqolada sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlarida barkamol va komil
insonni tarbiyalash to’g’risidagi fikrlari xususida so’z boradi.
Kalit so’zlar:
g’oya, tarbiya, shaxs, sharq, mutafakkir
Tarbiya – insonning insonligini ta’minlaydigan eng qadimiy va adabiy qadriyat. Tarbiyasiz alo-
hida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo’la olmaydi.Chunki odam va jamiyatning mav-
judligini ta’minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga o’tadi.
“Tarbiya” atamasi keng va tor ma’nolarda ishlatiladi.Keng ma’noda tarbiya inson shaxsini shak-
llantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol ishtirokini
ta’minlashga qaratilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig’indisini anglatadi.
Ta’lim va ma’lumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi ko’payibgina qolmay, balki ahlo-
qiy-ma’naviy sifatlari qaror topishi ham unda biz ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning: «Tarbiya
bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir», degan
o’gitiga amal qilishimiz zarur.
Sharqona odob-axloq va umumbashariy g’oyalarni ongiga singdirib olgan kishi yuksak
ma’naviyatli, ya’ni ma’naviy barkamol, komil insonhisoblanadi. Ma’naviy barkamollik insonning
dunyoqarashi, e’tiqodi, ruhiyati, xulq-atvor normalari, axloq-odobi bilan bevosita aloqadorligi bi-
lan ajralib turadi.
Xalqimizning ma’naviy merosida, ulug’ shoirimiz, faxr-iftixorimiz, ma’naviy dahomiz Alish-
er Navoiyning o’rni beqiyosdir. Alisher Navoiy o’zining butun ongli faoliyatini umuminsoniy
maqsadlarga qaratadi. U asarlarida taqsimot munosabatlariga, ularning adolatli tashkil etilishiga
e’tibor qaratadi, xizmatga yarasha taqdirlash masalasi doimo diqqat markazida turadi. U yasavul
misolida shunday deydi: “ agar u xizmatiga yarasha haq olish hayolida bo’lsa, u ota merosi va ona
suti kabi haloldir”. (“Maxbub-ul qulub” T. 1983 y.).
Voiz Koshifiy insonni bilim orqali tarbiyalash, uning aqli qobiliyatini o’stirish mumkin deb
bilimni insonni shakllantirish mezoni sifatida qaraydi. SHuning uchun ham bolaga ta’lim – tarbiya
beradigan muallimning o’zi ham bilimli, dono, ahloqi yuksak bo’lishini targ’ib qiladi. Shuning-
dek, har bir muallim ta’lim – tarbiya yo’llari, uslubini yaxshi bilishi zarur, deya, ayniqsa muallim
–murabbiyning muloyim, xushfe’l bo’lishi zarurligini ta’kidlaydi.
Naqshbandiylik ta’limotidagi “Dil ba yoru-dast ba kor”(qul ishdayu qalb Ollohda) g’oyasi
kishilarni mehnatsevarlik, haqqoniylik va poklikka, ya’ni kamolot sari intilishga tarbiyalab kelgan.
Shunday qilib, sufiylik tariqatlarining barchasida markaziy g’oya-bu komil inson bo’lib, kishilarni
kamolot sari yetaklagan va chorlab kelgan.Ushbu o`gitlar bugungi kunlarda ham o’zining axlo-
qiy-tarbiyaviy axamiyatiga ega bo’lib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: