Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abdullayeva Sh., Axatova D., Sobirov B., Sayitov S. Pedagogika. T.: “Fan”, 2004.
2. Sh.Abdullayeva, X.Ibragimov «Pedagogika nazariyasi va tarixi» fanidan ma’ruzalar matni .
T.: “Fan”, 2004.
3. www.arxiv.uz
62
Июнь 2021 10-қисм
Тошкент
O’ZBEK DO’PPILARI.
Mattiyeva Mo'tabar Qahramonovna
Olot tumani 17-IDUM texnologiya fani o'qituvchisi
Annotatsiya:
ushbu maqolada o’zbek do’ppilari va ularning xalqimiz uchun qay darajada
ahamiyatli ekani haqida bayon etilgan.
Kalit so’zlar:
milliy bosh kiyim, o’tmish, chust do’ppisi, iroqi do’ppi, zardo’zi.
Dunyoda xalqlar ko`p, elatlar ko`p. Barchasining o`tmishdan meros milliy urf-odatlari,
an`analari bor. Xalqlar, elatlar shu jihatlari bilan bir-biridan farqlanishadi. Masalan, o`zbek deyil-
sa, o`z-o`zidan do`ppi tushuniladi. Boshda do`ppisi bormi, demak u o`zbek deyiladi..
Do`ppi - bu bizning qadimiy va umrboqiy milliy bosh kiyimimiz. Agar do`ppi bozoriga kirib
borsangiz, o`z-o`zingizdan yayrab ketasiz. Do`ppi ushlab turgan chevar ayollarni ko`rib beixtiyor
faxrlanasiz.
“Do`ppi tikdim, ipaklari tillodan...” degan yoqimli ashula yodingizga tushadi. Bozorda esa qiz
uzatmoqchi bo`lgan ota-onalarga ko`zingiz tushadi. Ularning birinchi xaridlari kuyov bolaga do`p-
pi tanlashdan boshlanadi. Ana shunaqa, o`zbekning do`ppisi juda azizdir. Shu bois, do`ppini aziz
bilib, ehtiyot qilishadi, avaylab saqlashadi. Bu e`zozlarga yarasha o`zbek do`ppilarining shakllari,
bezaklari ham o`zgarib bormoqda. “Iroqi chokli Toshkent do`ppisi”, mashhur “Chust”, “Andijon”,
“Marqilon”, “Injiq nusxa” va “Setora” kabi turlarini hozirda ko`pchilik yaxshi bilishadi. G`urur va
faxr bilan kiyishadi.
O’zbekiston xalq amaliy san’atining eng ommaviy va hamma yerda tarqalgan turlaridan biri har
doim do’ppi - adrasli qattiq yoki yumshoq qalpoqcha bo’lgan edi. Do’ppi o’zbek milliy kiyimining
ajralmas qismi bo’lib, o’zbek xalqining hayoti va an’analariga chuqur kirib borgan. Do’ppi (turk-
cha tepa so’zidan) nafaqat o’zbeklar, balki boshqa Markaziy Osiyo xalqlarining ham milliy bosh
kiyimidir. Do’ppilar turlariga qarab ajratilgan: erkaklar, ayollar, bolalar uchun, qarilar uchun tur-
lari. Bolalarning do’ppilari (kulohcha, qalpoqcha, do’ppi, kallapo’sh) matolarining turli-tumanligi
va rang-barangligi bilan, popuk va sharchalarining kattaligi, kashtalari, zarlari va tumorlarining
ko’pligi bilan farqlanadi. O’zbek do’ppilarining eng ko’p tarqalgan shakllari ozgina konussimon
kabi to’rt qirrali do’ppilardir. Do’ppilar bir yoki undan ortiq mato qatlamlaridan tikilib, ipak yoki
oddiy iplar bilan qavilib, mutahkamlanar edi. Tayyor do’ppi ustidan ipak, zar yoki kumush ip bilan
kashta tikilar edi. Do’ppilar bir yoki undan ortiq mato qatlamlaridan tikilib, ipak yoki oddiy iplar
bilan qavilib, mutahkamlanar edi. Tayyor do’ppi ustidan ipak, zar yoki kumush ip bilan kashta
tikilar edi.
Do‘ppi — yengil bosh kiyimi. Qadimdan eron va turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan. Turk-
iston xalqlari orasida (ayniqsa O‘zbekiston va Tojikiston hududida) milliy kiyim turiga aylangan.
Boshqa xalqlar do‘ppilaridalaridan o‘zbek do‘ppilarilari o‘ziga xos shakli, bezagi bilan farqlana-
di. Do‘ppi uch qismdan iborat — tepa (aylana va to‘rtburchak shaklida bichila-di), kizak (gard-
ish shaklida) va jiyakdan tuzilgan, respublikaning turli joylarida turlicha bezatiladi; qismlari bir-
lashtirilganda turlicha ko‘rinishga ega bo‘ladi. Do‘ppi tikuvchi usta do‘ppido‘z, do‘ppini. tikish
kasbi esa do‘ppido‘zlik deb ataladi. Do‘ppi asosan baxmal, sidirg‘a shoyi, satinga ip, ipak, zar iplar
bilan kashta tikib tayyorlanadi. Tayyorlangan joyi (Chust, Marg‘ilon, Toshkent, Shahrisabz va b.),
mo‘ljallangan kishilarning yoshi va jinsi(erkak, ayol, bolalar), shakli (o‘tkir uchli, konnussimon,
yarim doyra, chuqur tubli, dumaloq, karjli va b.)ga kura do‘ppilar xilma-xil va rang-barangdir.
Dastlabki do‘ppilar shakli o‘tkir uchli qilib salla bilan kiyishga mo‘ljallab ki-zagi keng ji-yakli
qilib tayyorlangan. 20-a. 20-y.laridan do‘ppi shakli o‘zgardi: tepasi dumaloq yoki murabba shakl-
ga ega bo‘ldi, kizakdagi jiyagi ingichkalashdi.
O‘zbekistonda Chust, Andijon, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Boysun, Shahrisabz do‘ppilari
mashhur. Chust do‘ppisi to‘q yashil shoyi yoki satindan karjli qilib tayyorlanadi: tepasining har
bir karjida 4-kalampirnusxa yoki bodom shakli, kizagining har bir karjida 4-tadan mehrob (yarim
doyra) shakli kashta bilan sidirg‘a qoplab oq (ip yoki ipak) ipda tikiladi. Tayyor do‘ppining tepasi
kizagidan murabba shaklida bo‘rtib chiqadi (boshqa do‘ppilarning tepasi yarim doyra shaklida
bo‘ladi). Shakli ko‘p jihatdan chuyet do‘ppisiga o‘xshash bo‘lgan marg‘ilon do‘ppisi gullari (nis-
batan ingichka va uzun qalampir shakli)ning sidirg‘a qoplanmasligi bilan farklanadi.
Toshkentning duxoba do‘ppisi sidirg‘a baxmaldan, buxoro do‘ppisi sidirg‘a yoki gul-li baxmal-
63
Do'stlaringiz bilan baham: |