Июнь 2021 10-қисм
Тошкент
va jismoniy qobiliyatlariga mos keluvchi va shu bilan birga mehnat bozorining kadrlarga bo‘lgan
ehtiyojini tasavvur etuvchi kasbga yo‘naltirish ishlari tizimida munosabat mavjud bo‘lishi kerak.
Motivatsiya – bu psixika orqali hosil bo‘ladigan determinatsiyadir, motiv - bu shaxs xulq-at-
vorining kognitiv jarayonini bevosita tashqi olam bilan bog‘lovchi subyektiv tarzda aks etishi
demakdir.
Professor E.G‘oziyev ma’lumotlariga qaraganda, motivning tuzilish tarkibiga shaxsning
yo‘nalganligi, xarakter xususiyatlari, his-tuyg‘ulari, ichki kechinmalari, faoliyat yo‘nalishlarida
ifodalangan ehtiyoji, qiziqishi kiradi.
Zero, u yoki bu shaxsning motivlari tuzilishini, ularning asosiy funksional mexanizmlarini
hamda shakllanish jarayoniga yo‘naltirishning strategik rejasini ishlab chiqishni psixologik jihat-
dan tushunish muhim ahamiyat kasb etadi.
Motivatsiyasining shakllanishi professor E.G‘oziyev modifikatsiyasi bo‘yicha quyidagi yo‘nal-
ishlarga asoslanadiki, bu yo‘nalishlar, bizningcha, kasb tanlashga kasbiy faollik motivatsiyasining
nazariy asoslarini belgilashga xizmat qiladi.
Motivatsiya shakllanishining birinchi yo‘li - bu ko‘pincha «yuqoridan pastga» deb nomlanib,
talabalarda o‘quv motivining namunalari ideal darajadagisini tarkib toptirishda o‘z ifodasini to-
padi. Talaba uchun tanish motivlar o‘z xulqini ular bilan qiyoslash orqali o‘zlashtiriladi, shaxsiy
motivlar esa jamiyat tomonidan taklif qilinganlari bilan mujassamlashtiriladi.
Motivatsiya shakllanishining ikkinchi yo‘li «pastdan yuqoriga» deb atalib, talaba ijtimoiy hayo-
tdagi faoliyat turlarida bevosita ishtirok etadi, axloqiy xulq-atvor, faoliyat ko‘nikmalarini amaliy
jihatdan egallab boradi, unda real, haqiqiy, adekvat motivlar yuzaga kela boshlaydi.
Foydanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimida psixologik xizmat. Xalq ta’limi tizimi-
da ishlaydigan psixologlarning malakasini oshirish va ularning attestatsiyasi haqida Nizom. - T.,
1986.
2. O‘zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidan lavhalar. (Akad. M.Xayrullaev tahriri osti-
da). -T.: «O‘zbekiston», 1995.
3. O‘rta Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotidan lavhalar. (Tuzuvchilar: A.Zununov, M.Xayrul-
laev va boshq.). -T.: «Fan», 1996.
4. Xoxlova L.P. Talabalar uchun psixologiyadan topshiriqlar. - T.: «O‘qituvchi», 1992.
5. Shodiev N. Studentlarga o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash ishlarini o‘rgatish. – T.:
«o’qituvchi», 1987.
55
Do'stlaringiz bilan baham: |