107
Fototropizm deb o‘simliklarning yorug‘lik energiyasining yo‘nalishiga qarab burilish qobiliyatiga
aytiladi. Yosh o‘simliklar va ularning o‘sish qismlari yorug‘lik manbasi tomonga qarab buriladi. Bunday
harakat musbat fototropizm deyiladi. Bunday fototropizmni uylarda o‘stiriluvchi o‘simliklarda
yaqqol
kuzatish mumkin. O‘simlik o‘stirilgan tuvaklar derazaga yaqinroq joyda saqlansa, o‘simliklar yorug‘lik
tushgan tomonga egiladi. Yorug‘lik manbaidan teskari tomonga qarab egilish manfiy fototropizm
deyiladi. Barg plastinkasining quyosh nurlariga perpendikulyar ravishda joylanish qobiliyatiga
diafototropizm deyiladi. Umuman darzoventral tuzilishga ega bo‘lgan organlar, ya’ni ustki va ostki
tomonlarining tuzilishi farq qiladigan (barglar) organlar diafototropizmga, radial tuzilishdagi o‘q organlar
esa - musbat yoki manfiy fototropizmga ega bo‘ladilar.
Fototropizm qobiliyati asosan o‘simlikning yer ustki organlariga xos. Musbat va manfiy
fototropizm doimiy bo‘lmay yorug‘lik kuchiga ham bog‘liq. Masalan,
kuchsiz yoki meyoridagi
yorug‘likda musbat xarakterga ega bo‘lsa, musbat egilishlar manfiy egilishlarga aylanadi.
O‘simlik hayotida fototropizm katta ahamiyatga ega. Chunki o‘simliklar va ularning barglari
yorug‘lik energiyasidan yaxshiroq foydalanish uchun eng qulay holatda joylashadi. Fototropik harakatlar
umuman daraxtlarning soyasida, uy ichida va yorug‘lik siyrak bo‘lgan joylarda, ochiq joylarga nisbatan
yaxshiroq seziladi. Fototropizm xlorofillning bo‘lishiga bog‘liq emas. Aksincha xlorofilli o‘simliklar
(qorong‘ida o‘stirilgan) yashil o‘simlikga nisbatan ko‘proq sezgir bo‘ladilar. Shuning uchun ham odatda
aniq fototropik tajribalar uchun qorong‘ida o‘sgan o‘simliklar ishlatiladi. Bunday tajribalar qorong‘i
qutilarda va xonalarda olib boriladi. Yorug‘lik bir tomondagi kichkina teshik orqali kiradi. Bunday
tajribalarda o‘sgan o‘simliklar yorug‘lik tushadigan teshik tomonga egiladi. Agar o‘simlikning o‘sish
nuqtasini qora qog‘oz bilan yoki boshqa qalpoqcha bilan yopib,koyeoptil qismini butunlay qoplasak,
poyada yorug‘lik tomonga egilish bo‘lmaydi. Aksincha poyaning pastki qismini ochiq qoldirsak, o‘simlik
butunlay yoritilgandek egiladi. Demak yorug‘likni faqat o‘simliklarning apikal
qismidagi meristematik
to‘qimalar sezadi va unga javob qaytaradi.
Musbat fototropizim mexanizmi shundan iboratki, poyaning yoritilgan tomonidagi o‘stiruvchi
gormonlar (ISK) qarama-qarshi tomonga (yoritilmagan) tomoniga ko‘proq siljiydi. Natijada poyaning
yoritilgan tomonidagi hujayralarning o‘sishidan yoritilmagan tomonidagi hujayralarning o‘sishi jadalroq
bo‘ladi va poya egiladi.
Yorug‘lik spektrining hamma nurlari ham bir xil fototropik ta’sir qilavermaydi. Uning qizil
nurlari eng oz ta’sir etadi va qisqa to‘lqinli nurlar tomoniga ortib boradi. Spektrning ko‘k rangli (465 nm)
qismida eng yuqori fototropik sezgirlik bo‘ladi, keyin spektrning ko‘k-binafsha rangli qismida pasaya
boshlaydi.
O‘simliklarda kimyoviy moddalarning ta’siri natijasida sodir bo‘ladigan harakatga xemotropizm
deyiladi. Bu hodisa organizmlarga o‘zlarining ildiz, gif va so‘rg‘ichlarini ozuqa manbaiga yo‘naltirishga
yordam beradi. Xemotropizm musbat va manfiy bo‘lishi mumkin. Musbat xemotropizm asosan turli
ozuqa moddalari ta’sirida vujudga keladi. Chunki ildizlar ular tomonga o‘sadi.
Manfiy xemotropizm
kislotalar, ishqorlar va boshqa har xil zaharli moddalar ta’sirida vujudga keladi. Bu xususiyatlar ildizlar
uchun katta ahamiyatga ega. Xemotropizm tufayli ildizlar tuproqdagi organik va anorganik o‘g‘itlarga
tomon o‘sadi va ulardan yaxshi foydalanadi. Ildizlar noqulay kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan tuproq
qatlamidan qochadi.
O‘simliklarda muhitning namligi ta’sir qilishi natijasida sodir bo‘lgan harakatga gidrotropizm
deyiladi. Bu harakat ko‘proq ildizlarda bo‘ladi. Nam tuproq ichida notekis tarqalgan vaqtda ildizlar
namliroq joylarga yo‘naladi. Hatto ochiq havoda ham ildizlarning namlangan sathlar tomonga qarab
egilganliklarini kuzatish mumkin. Gidrotropik sezgirlik ham ildizning ichida bo‘ladi.
O‘simliklarda harorat ta’siri natijasida sodir bo‘ladigan harakat termotropizm deyiladi. Bunda
haroratning notekis tarqalishi natijasida ildizlarning va poyalarning egilishi yuzaga keladi.
Bu holda
musbat va manfiy termotropizmlar mavjud. Optimumdan pastroq nisbiy haroratda o‘simliklar issiqroq
tomonga egiladi (musbat termotropizm), optimumdan yuqori haroratda, ular aksincha sovuqroq tomonga
egiladi (manfiy termotropizm). Harorat darajalari o‘simlik turlariga bog‘liq. Masalan, harorat no‘xatlar
uchun 320S va makkajo‘xori uchun 38 0S dan kam bo‘lganda musbat egilishlar, undan oshganda - manfiy
egilishlar sodir bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: