Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti botanika va ekologiya kafedrasi



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/137
Sana29.05.2022
Hajmi5,36 Mb.
#618240
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   137
Bog'liq
2 5323726613249008818

O‘SIMLIKLARNING TINIM HOLATLARI 
 
Yusak o‘simliklarning o‘sish jarayoni ma’lum davriylik xususiyatiga ega. Eng faol o‘sish,sekin 
o‘sish va tinimk davrlari ritmik ravishda navbatlashib turadi. Bunday ritmik davriylik yil fasllarining 
almashinib turishi bilan bog‘liq. Faqat doim nam va havo harorati kam o‘zgaradigan tropik yerlarda 
o‘simliklar butun yil davomida to‘xtovsiz o‘sa oladi. Fasllar asosida iqlim sharoiti o‘zgaradigan barcha 
yerlarda o‘simliklar, kuzdan boshlab, asosan qishda o‘sishdan to‘xtaydi, barglarni to‘kadi, hatto yosh 
navdalaridan ham ajraladi, ya’ni tinim holatiga o‘tadi. Tinim holatida barcha hayotiy jarayonlar to‘la 
to‘xtamaydi balki faol modda almashinuv jarayoni juda sekinlashadi. Tinim holatiga o‘tgan daraxtlar, 
butalar, ko‘p yillik o‘tlar, tuganaklar, ildizpoyalar, urug‘lar va umuman tirik hujayralarga ega bo‘lgan 
o‘simlik organlari va butun o‘simlikda nafas olish to‘xtamaydi. Faqat nafas olish jadalligi juda past 
bo‘ladi. 
O‘simliklardagi ikki xil tinimlik yaxshi o‘rganilgan: 1) majburiy tinimlik, 2) fiziologik tinimlik. 
Majburiy tinimlikning asosiy sababchisi tashqi sharoit omillaridir. YA’ni o‘sish uchun zarur 
sharoitning yo‘qligi sababli o‘simlik tinimlik holatiga o‘tishga majbur bo‘ladi. Majburiy tinimlik 
davriyligi ayniqsa daraxtlar,mevali daraxtlarda va ko‘p yillik o‘simliklarda har yili takrorlanib turadi. Bu 
o‘simliklarda tashqi o‘zgarishlardan tashqari, ichki zapas moddalarning ximik o‘zgarishlari ham yuz 
beradi. Kuzda va qish boshlarida daraxtlarning novdalari va kurtaklarida to‘plangan kraxmal zapaslari 
asta-sekin shakarlarga aylanadi. To‘qimalarda suvning miqdori ham kamayadi. Buning natijasida ularning 
sovuqqa chidamliligi oshadi. Bahorga kelib, buning aksicha o‘zgarishlar bo‘ladi va faol o‘sish boshlanadi. 
Ko‘pchilik o‘simliklar tinimlik holatini maxsus organlari - ildiz tuganaklar, piyozboshlar, ildiz poyalar 
holatida o‘tkazadilar. Yozning jazirama issiqlarini ham shu holatda o‘tkazishlari mumkin. Urug‘lar ham 
suvning miqdori kam bo‘lganda o‘zgarishning tinchlik holatini saqlaydi. Agar ular yetarli suv bilan 
ta’minlansa faol o‘sish boshlanadi. 
Fiziologik tinimlik - o‘simlikning ichki sabablari asosida sodir bo‘ladi. Masalan, ichki murtak va 
tashqi qobiqning xususiyatlari tufayli unmasligi mumkin. Bunga murtakning fiziologik va morfologik 
to‘la yetilmagani yoki boshqalar sabab bo‘lishi mumkin. Ma’lum darajada fitogormonlarning balansi 


105 
(IAK, sitokininlar, gibberellinlar va ABK) orqali tinimlik boshqariladi. Tinimlik holatida ABK- ning 
miqdori ko‘p. Tinimlikdan chiqqanda esa aksincha gibberellin va sitokininlarning miqdori ko‘payadi. 
Yozgi kurtaklar ham ichki omillar ta’siri natijasida tinimlik holatida bo‘ladi. 
Yangi qazib olingan kartoshka issiq joyda va nam tuproqda ham unib chiqmaydi. Bir necha oydan 
keyin esa uning unib chiqishini quruq havo va sovuq joyda ham to‘xtatib bo‘lmaydi. Ko‘p 
o‘simliklarning yangi yig‘ishtirib olingan urug‘lari ma’lum vaqt o‘tmaguncha unmaydi. Buni ularning 
yig‘ishtirib olingandan keyingi tinimlik davri yoki pishib yetilish muddati bilan izohlash mumkin. Bu 
davr o‘simliklar turlariga bog‘liq. Masalan, bug‘doy donlarida 2 haftadan 2 oygacha, chigitda bir oy, 
giloslarda 150-160 kun va hokazo bo‘ladi. Tinimlik holatining xususiyatlarini o‘rganish natijasida ularni 
boshqarish usullarini ishlab chiqish va bundan samaradorlik bilan foydalanish mumkin. 
Urug‘larni ekish oldidan qizdirish usuli bilan tinimlik davrini qisqartisa bo‘ladi. Efirizatsiya va 
issiq vannalar usuli ham yaxshi natija beradi. Masalan, siren butalari yopiq idishda bir-ikki sutka 
davomida efir bug‘larida saqlansa, tinimlikdan chiqib, tez o‘sa boshlaydi va gullaydi. O‘simlikning yer 
usti qismi 30-350 gacha isitilgan suvga tushirib 9-12 soat tutiladi. Shundan so‘ng o‘simlik o‘sish uchun 
qulay sharoitga ko‘chiriladi. Endigina yig‘ishtirib olingan kartoshka tuganaklarini qayta ekish uchun 
ularni 30 minut mobaynida 0,00025-0,0005% li gibberellin va 2 tiomochevina eritmalarida ivitish yetarli. 
Mevali daraxtlarning urug‘larini tezroq tinimlikdan chiqarish uchun starifikatsiya usulidan 
foydalaniladi. Bunda olma, nok, shaftoli, o‘rik kabi bog‘dorchilik daraxtlarining urug‘lari nam qumga 
ko‘milib sovuqroq joyda (+50 ga yaqin) saqlanadi. Natijada urug‘larning tinimlik davri bahorga chiqish 
bilan tamom bo‘ladi va ular bir tekis unib chiqadi. Urug‘larning tarkibidagi tabiiy ingibitor abssizin 
kislotaning (ABK) miqdorini o‘zgartirish usuli bilan ham tinimlikni boshqarish mumkin. Masalan, tissa 
daraxtining tinimlikdagi urug‘i ABK ni yuvib chiqaradigan ozuqa eritmasida ivitilsa, urug‘lar una 
boshlaydi. Aksincha yuvilgan urug‘lar ABK eritmasida ivitilsa ular yana tinimlikka o‘tadi va unmaydi. 
Ayrim vaqtlarda hosil sifatini yaxshi saqlash uchun tinimlikni uzaytirish ham zarur bo‘lib qoladi. Qishda 
saqlanadigan kartoshka erta bahordan una boshlaydi va zapas ozuqa moddalarni ko‘p sarflaydi. Buning 
oldini olish uchun 0,5% gidrel eritmasini purkash tavsiya etiladi. Bunday kartoshkalar 5 oygacha yaxshi 
saqlanadi. Shunday qilib, maxsus usullardan foydalanib urug‘lar va o‘simlik organlarini tinimlik davrini 
boshqarish mumkin. Bu jarayonlarning fiziologik asoslarini o‘rganish qishloq xo‘jaligida katta 
ahamiyatga ega. 
9-MAVZU.

Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish