Tasdiqlangan fan dasturiga muvofiq ishlab chiqildi



Download 10,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet340/458
Sana29.05.2022
Hajmi10,64 Mb.
#617246
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   458
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA UMK 2 KURS

ichki
 
ishtiyoqqa
 
moyil
deya olamiz. 
Ko’pincha ikkala boshqariluvchi hamda javobiy ko’nikma ichki va tashqi ishtiyoqni 
bir vatni o’zida keltirib chiqaradi. Bularning jamlanmasi yuqorida ta’kidlab o’tgan 
misollarimda ahamiyatli ro’l o’ynagan desam mubolag’a bo’lmaydi. Shuni 
ta’kidlash kerakki, har bir yuqoridagi holatda o’quvchi o’zini ichki tomonlama 
ma’lum darajada ruhlantirilganligini his qilishi taqsinga loyiq.Bu esa xulq-
atvorning qay darajada ta’sirlanishi – kulgili nigoh tashlash, atletika mashg’uloti 
yoki baxslashuvdagi maqtov singari xulq-atvorni kuychaytirilganidan dalolat 
beradi. Shu o’rinda o’quvchining tashqi muhitdan ham kuch olgadi – 
tashqi
 
ishtiyoq
; boshqa bir kuchaytiruvchi tajriba va natijalar tufayli namoyon bo’ladi.
238
Boshqaruv psixologiyasida menejerlar xodimlarning tashabbusini doimo 
rag`batlantirib turish maqsadida quyidagi maslahatlarga rioya qilishlari muhim: 
yangiliklar qo`llab-quvvatlashib, rag`batlantirib borilgandagina vaziyat 
yaratish uchun mas’uliyatni o`z ustingizga oling; 
topqir bo`ling, mehnatni doim tashkil etishning yangi shakllarni izlash va 
xodimlar o`rtasida o`zaro ijodiy ishlarni avj oldirishga harakat qiling; 
tashkiliy ishlar madaniyatiga, tashabbusni bo`g`ib, cheklab qo`yadigan 
odatdagi rasm-qoidalarga o`z diqqatingizni jalb qiling; 
qo`l ostingizdagi kishilar o`z fikrlari va bilgan narsalari to`g`risida bir-biri 
bilan, siz bilan o`rtoqlashishni istaydigan bo`lishlari uchun ochiq ko`ngillik va 
erkinlik vaziyatni yarating;
boshqalarning o`z umrini yashab bo`lgan eski uslubidan voz keching. 
Mayda-chuyda narsalarga ahamiyat bermang;
befarqlik va hatto qarshilikka ham duch kelib qolishingiz mumkin, bunga 
tayyor turing. Ishning foydasi uchun ijodiy tashabbusi kerakligini izchillik bilan 
tushuntirib berish yo`li bilan bularni asta-sekin yengib o`tish mumkin; 
yangi vazifalarni aniq-ravshan, tushunarli va yaqqol qilib ta’riflab bering. 
Ularning qanday ado etilayotganligini doimo nazorat qilib boring. Ijodiy ravishda 
yondashishni talab qiladigan vazifalarni alohida ko`rsatib o`ting. Qimmatli 
resurslarni, odamlarning vaqt va kuch-quvvatlarini sarflaydigan, lekin ish 
faoliyatingizning rivojlanishiga yordam bermaydigan eski mahsulotlar, xizmatlar, 
chora-tadbirlardan voz keching; 
o`z xodimlaringizning shaxsiy xususiyatlarini bilib oling va hisobga 
oladigan bo`ling. Har bir kishining qobiliyatlarini alohida baholang; 
maqsad va vazifalarni shu tariqa shakllantiringki, toki ular mazkur ishlarni 
bajarishda qatnashadigan xodimlarning shaxsiy manfaatlariga imkoni boricha 
ko`proq mos keladigan bo`lsin;
xodimning o`z qadrini bilishiga va oldiga qo`yilgan vazifani uddalashga 
bo`lgan istagini qo`llab-quvvatlab boring; 
xodimlarning o`z shaxsiy fazilatlari va bilimlarini namoyon qilishlari 
uchun hamma imkoniyatlarni yaratib bering. Kishi nechog`li ko`proq bilimdon 
238
Kelvin Seifert and Rosemary Sutton, Educational Psychology © 2009, Second Edition. 54-b. 


339 
bo`lsa, mehnatga rag`bati, o`ziga ishonch bilan qarab mustaqil ishlay olsa, 
mehnatining qadri shuncha yuqori bo`ladi.
Shu bilan bir qatorda, boshqaruvning tabiatan har xil odatlarga bir xilda mos 
tushadigan usuli yo`q. Yaxshi boshliq kerak paytda boshqarishning yo liberal yoki 
demokratik usuli yoki avtoritar usulini tanlay oladigan yaxshigina psixologdir. 
Muammolarni ijodiy yo`l bilan hal etish uchun mehnat resurslari va moddiy 
resurslardan foydalanishning mumkin qadar ko`proq usullarini qo`llash, mehnat 
intizomiga rioya etilishini nazorat qilib borish, turli xodimlar o`zlarining ijodiy 
qobiliyatlariga qanday baho berishini va shu qobiliyatlarini ularning har biri qay 
tariqa namoyon qilmoqchi ekanliklarini o`ylab ko`riish, vazifani aniq-ravshan 
qilib o`rtaga qo`yish va kutiladigan natijani taxminan tasvirlab berish mehnat 
unumdorligini samarali bo`lishiga o`z ta’sirin ko`rsatadi. 


Download 10,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   458




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish