295
ikkilanamiz? Nima uchun bir toifa odamlar uchun to‘g‘ri deb hisoblangan qaror
boshqa toifa odamlar tomonidan to‘g‘ri bahosini olmaydi? Sharoitlarni, vaziyatlarni
hisobga olgan xolda qaror qabul qilish va optimal natijaga erishish uchun nima
qilish kerak?
200
Ma’lumki, qarorlarning standart variantlari mavjud emas va ularni algoritmik
tarzda qabul qilib ham bo‘lmaydi. Bu esa qaror qabul qilishda sub’ektiv, psixologik
omillarning, shu jumladah shaxsning irodaviy sifatlari juda yuqoriligini ko‘rsatadi.
To‘g‘ri, qaror qabul qilish jarayonini engillashtiruvchi qoidalar, amallar va
metodlar mavjud. Lekin har birimiz o‘z tajribamizdan bilamizki, qaror qabul qilish
jarayonida formallashtirilmagan, sub’ektiv, xatto ko‘pincha intuitiv omillarning roli
juda katta bo‘ladi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda qaror qabul qilish ham boshqaruv nazariyasi,
ham psixologiya nuqtai nazaridan tadqiqot predmeti bo‘lib hisoblanadi. Shunday
ekan, qaror qabul qilish funksiyasi jarayonini tahlil etish ikkita asosiy, bir-biridan
juda farq qiluvchi, lekin juda o‘zaro bog‘liq ikkita sohani – tashkiliy va psixologik
sohani o‘z ichiga oladi.
201
Qarorlarni quyidagi belgilarga asosan klassifikatsiya qilish mumkin:
qamrab olish kengligiga qarab – umumiy va xususiy qarorlar;
ta’sir muddati va kelgusi qarorga ta’sir ko‘rsatish darajasiga qarab – operativ,
taktik va strategik qarorlar;
funksional belgisiga ko‘ra – rejalashtirishni, tashkillashtirishni, motivatsiya
hosil qilishni, nazoratni mukammallashtirishga yo‘naltirilgan qarorlar;
mazmuniga ko‘ra
- siyosiy, texnik, texnolgik qarorlar;
yangilik darajasiga ko‘ra – oddiy (rutin), standart, ijodiy, universal qarorlar;
aniqligi darajasiga ko‘ra – muammo aniq sharoitda qabul qilinadigan,
tavakkalchilik sharoitida, noaniqlik sharoitida qabul qilinadigan qarorlar;
shaxsning intellektual yoki emotsional –irodaviy sohasiga yo‘nalganligiga
ko‘ra - intellektual, irodaviy va
emotsional qarorlar;
Bu erda qaror qabul qilayotgan odamning shaxsi xususiyatlariga bog‘liq ravishda
qaror qabul qilinadi. SHunga ko‘ra:
147-rasm
200
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry,
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 158.
201
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry,
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 159.
Muvozanatlashgan
Impulsiv
Inert
Tavakkalchi
Ehtiyotkorona qarorlar bo‘lishi mumkin
296
qaror qabul qilishda ishtirok etadigan odamlar soniga ko‘ra individual va
guruhiy qarorlar bo‘lishi mumkin.
Bunda kollegial (mas’uliyat rahbarda bo‘ladi) va guruhiy (ovozga qo‘yish orqali
mas’uliyat rahbarda bo‘lmaydi) qaror qabul qilinishi mumkin.
Qaror qabul qilish jarayoni psixologik jarayon bo‘lganligi sababli shaxsning
qaror qabul qilishiga ta’sir ko‘rsatadigan qator
psixologik mexanizmlar va
qonuniyatlarga, ularning fanda o‘rganilganligiga e’tibor qaratish zarur.
Inson psixologiyasida qator qonuniyatlar mavjudki, ularning qaror qabul qilish
jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatishi fanda o‘rganilgan. Bular idrok, xotira va
emotsional-irodaviy
xususiyatlari, informatsiyaning qanday kontekstda kelganligi
bilan bog‘liq xolatlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: