294
Irodaviy zo`r berish natijasida bir xil motivlarning harakati to`xtatlib, boshqalarining
harakatini haddan ziyod kuchaytirish mumkin bo`ladi.
Burch hissi bilan tug`ilgan irodaviy kuch-g`ayrat tashqi to`siqlarni bartaraf
etishga va harakat qilishga safarbar etadi. Irodaviy kuch-g`ayrat
ishlatish natijasida
dangasalik, qo`rquv, charchash kabilar ustidan qozonilgan g`alaba anchagina hissiy
zavq beradi, o`z ustingdan erishilgan g`alaba kabi boshdan kechiriladi.
Tashqi to`siq yengib o`tish lozim bo`lgan ichki qiyinchilik, ichki qarshilik kabi
boshdan kechiriladigan bo`lsa u irodaviy zo`r berishni talab qiladi. Irodaviy kuch-
g`ayrat sarflash odati matonatli fe’l-atvorni shakllantirishning majburiy sharti bo`lib
xizmat qiladi.
Muammolarni echish chog‘ida chidamlilik-shaxs tomonidan qabul qilingan
qarorni amalga oshirishga halal beruvchi fikrni, hissiѐt va xatti-harakatni
tizginlovchi (tormozlovchi) inson uquvchanligidir. Tashkillanganlik-o‘z harakati va
xulqini rejalashtirish, xususan uni ijro etishda shaxsni rejaga asoslanish
malakasidir. Matonatlilik-qo‘yilgan maqsadni muqaddas his etgan holda o‘zini
oqlaydigan xavf-xatarga qo‘l urish, qo‘rqinchga nisbatan yuzma-yuz tura olish
fazilatidir.
Ishbilarmonlik - har qanday o‘ylanilgan ishni qiyinchiliklar va qarshiliklardan
qat’i nazar omilkor yo‘llar qo‘llash tufayli oxiriga etkazish xislatidir.
Mustaqillik - o‘z e’tiqodiga qat’iy ishonch, shaxsiy kuch-quvvatiga ishonish,
boshqalarning ѐrdamiga muhtojlik sezmaslik malakasidir. Shaxsning xulq-atvorida,
mehnat va o‘quv faoliyatida, agarda ishlab chiqarish va ta’limiy mashg‘ulotlar
oqilona, haqqoniy ravishda, to‘g‘ri uyushtirilsa, unchali muhim bo‘lmagan irodaviy
sifatlar ham paydo bo‘lishi mumkin, chunonchi intizomlilik, o‘zini qo‘lga olishlik
va hokazo.
199
Inson
hayoti turli xil vaziyatlar, xolatlar, sharoitlar jarayonida amalga oshar
ekan, har bir lahzada, har bir qadamda qaror qabul qilish zaruriyatiga duch kelinadi.
U ish faoliyati bo‘ladimi,
yaqinlar, tanish-bilishlar bilan munosabatlar bo‘ladimi,
xatto o‘z-o‘zimizni holatimizga, o‘z-o‘zimizni tushunishga taalluqli jarayonlar
bo‘ladimi, barchasida qaror qabul qilish vazifasi ko‘ndalang bo‘lib turadi. Va
bizning
faoliyatimizning, munosabatlarimizning, qisqasi, butun hayotimizning
qanday tashkil ettirilishi va natijalari aksariyat xollarda
qabul qilgan qarorimiz
xarakteriga bevosita bog‘liq bo‘lib qoladi.
Nima uchun bitta shaxsning o‘zi turli xil vaziyatlarda, sharoitlarda aynan bitta
masala bo‘yicha bir xil qaror qabul qilmaydi? Vaholanki o‘sha qarorning oldingi
o‘xshash sharoitda to‘g‘riligini bilgan bo‘lsa ham? Nega biz qaror qabul qilishda
199
David G. Mayers Psychology,© 2010 by Worth Publishers. 459-b.
Do'stlaringiz bilan baham: