Tasdiqlangan fan dasturiga muvofiq ishlab chiqildi



Download 10,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet300/458
Sana29.05.2022
Hajmi10,64 Mb.
#617246
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   458
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA UMK 2 KURS


Flegmatik
 
- senzitivligi sust, his-tuyg`usi kam o`zgaruvchan, shunga ko`ra 
bunday shaxsni kuldirish, jaxlini chiqarish, kayg`iyatini bo`zish qiyin bo`lib, 
ko`ngillsiz hodisa xavf-xatar haqidagi xabarga xotirjamlik bilan munosabatda 
bo`ladi. Vazmin, kam harakat, imo-ishorasi, mimikasi ko`zga yaqqol tashlanmasada, 
lekin serg`ayrat, ishchan, faol, chidamli, matonatlidir. Uning nutq va harakat sur’ati 
sust. Diqqatni to`plashi osoyishta, rigid ko`rinishida bo`lib, diqqatni ko`chirishi 


302 
qiyin kechadi. Introvertlashgan, kam gap, ichimdagini top toifasidan bo`lib, 
yangilikni qabul qilishi murakkab va tashqi taassurotlarga sustlik bilan javob 
beruvchandir. Kuchsiz mimikaga ega. Harakatlari ig`odasiz. Ishchan. Faollik 
reaktivlikdan ustuvor. Sabr-bardoshli, o`z-o`zini boshqara oladi. Nutqi sekin, rigid, 
diqqatni sekin to`playdi. Bir ishdan ikkinchi ishga sekin o`tadi. Yangi ish, vaziyatga 
sekin ko`nikadi. Ish boshlasa qat’iy va bir yo`nalishda ish qiladi. 
Melanholik
- senzitivligi yuksak, tortinchoq, g`ayratsiz, arazchan, xafaqon, 
jimgina yig`laydi, kam kuladi, qat’iyligi va mustaqilligi zaig`, tez toliqadi, ishchan 
emas. Diqqati barqaror, his-tuyg`usi sust o`zgaruvchan. Rigid va introvert. Yuqori 
senzitivlik, yuqori tuyg`uga beriluvchanlik. Uyatchan, tez xafa bo`ladi. Mimika va 
jestlar yaxshi namoyon bo`lmaydi. Sust faollik. O`z-o`ziga ishonch yo`q, arzimagan 
narsalardan tushkunlikka tushadi. Qat’iy emas, tez charchaydi, ishchan emas, diqqati 
tez bo`ziladi.
151-rasm 
Barcha odamlarni to`rtta tip bo`yicha 
taqsimlash mumkin emasligi tushunarli. 
Temperamentlarning turli-tumanligi 
to`g`risidagi masala fanda hali batafsil hal 
qilingan emas. Ammo keltirilgan 
temperament tiplarini asosiy deb hisoblash 
mumkin. 
 
Temperamentning xususiyatlari xarakterning ko‘rinishlariga oz bo‘lsa-da o‘z 
ta’sirini o‘tkazadi. Temperament va xarakterning xususiyatlari insonning umumiy 
qiyofasini belgilaydigan amalda ajralmaydigan qotishmasini tashkil etadi. Xarakter 
- bu shaxsning faoliyat va muloqot jarayonida tarkib topadigan, namoyon 
bo‘ladigan individual xususiyatlar bo‘lib, individ uchun u tipik xulq-atvor xislatlari 
bo‘lib hisoblanadi.SHaxsning faoliyati va muloqoti davomidagi asosiy vazifasidan 
biri yaxshini yomondan ajratishni o‘rganish, tashqi olamga moslashish uchun 
psixologik holatni tarbiyalashdan iborat. Mukammal xulq-atvorga ega inson chuqur 
o‘ylaydi va axloq – qoidalariga qat’iy amal qiladi. Garchi buyuk fransuz olimi 
Montel aytgandek; “Gapiryotgan gapingiz bilan qilayotgan ishingiz bir-biriga 
to‘g‘ri kelsa qanday yaxshi” – lekin bunday hamjihatlikga etib bo‘lmaydi. Nemets 
shoiri Gyote yozganidek – “O‘z g‘oyalaringizni amalga oshirish eng qiyin 
ishdir”.
205
 
Temperament va xarakter bir-biri bilan bog‘liq holda insonlarda o‘ziga xos 
xarakter xususiyatini namoyon etadi. Temperamentning ba’zi bir jihatlari xarakter 
xususiyatlarini namoyon etishda xizmat qiladi. Temperament alohida olingan har 
bir insonning umumiy va asab tizimiining asosiy tavsifi bo‘lib, bu tavsif shaxsning 
butun faoliyatiga ta’sir etadi. Temperament orqali inson ba’zida o‘ziga xos xarakter 
xususiyatlarini ham namoyon etadi. Xolerik yoki sangvinik tipidagi insonlarda o‘z 
temperamentidan kelib chiqib, tashabbuskorlik va qat’iylik kabi xarakter 
205
David G. Mayers Psychology,© 2010 by Worth Publishers 451-b. 


303 
xususiyatini 
tarkib 
toptirish 
mumkin. 
Flegmatik 
tipidagi 
odamda 
esa 
tashabbuskorlikni tarkib toptirish nihoyat darajada qiyin jarayon hisoblanadi. 
Xarakter xususiyatlari insonda oila muhitida, jamiyat ta’siri ostida va ta’lim - 
tarbiyada shakllanadi. Insonga tug‘ma ravishda berilgan temperament xususiyatlari 
jamiyatning faoliyat turlariga qarab ijtimoiylashadi. Temperament alohida olingan 
har bir insonning umumiy va asab tizimining asosiy tavsifi bo‘lib, bu tavsif 
shaxsning butun faoliyatiga ta’sir etadi. 
Kundalik hayotimizda “xarakter” so`zi ko`p ishlatiladigan so`zlardan. Uni biz 
doimo birovlarga baho bermoqchi bo`lsak, ishlatamiz. Bu so`zning ma’nosini 
olimlar “bosilgan tamg`a” deb ham izohlashadi. 

Download 10,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   458




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish