qo`zg`alish va tormozlanish kuchi bo`yicha
og`ir va vazminligiga ko`ra
xatti-harakatchanligiga ko`ra
299
Temperamentning faollik darajasi va harakatchanlik darajasi kabi
xususiyatlari ta’limning muvaffaqiyatiga qarama-qarshi ta’sir ko‘rsatadi. SHu bilan
birga faoliyatning ba’zi turlarida temperament xususiyatlaridan faqat ularning
bajarilish jarayonining borishi emas, balki ma’lum darajada natijasi ham bog‘liq
bo‘lishidir. Faoliyatning bu turlariga nisbatan psixikaning ancha maqbulroq va
kamroq darajada barqaror belgilar to‘g‘risida gapirish mumkin.
Harakatlar sur’ati va jadallashuviga qat’iy talablar qo‘yiladigan mehnat
sohalarida psixikaning individual xususiyatlari mehnat faoliyati qobiliyatiga ta’sir
etuvchi omil bo‘lishi mumkin. Har bir sohada – fan, texnika, san’at sohasidagi har
xil kasb egalari orasida temperamentning turli xil tiplari vakillarini uchratish
mumkin.
Ko‘pchilik shoir va yozuvchilarda ta’sirchanlikning yuqori darajasini
kuzatgan holda ularni melanxolik temperamentli shaxslar sirasiga tegishli deb aytish
mumkin. Kasb tanlashda ham temperamentning ahamiyatli jihatlari ma’lum
ma’noda o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ba’zi bir kasblar borki, ular oldiga yuqori darajada
talablar qo‘yiladi.
Masalan, futbolchi bo‘lish uchun chaqqonlik, serharakatchanlik talab etilsa,
aktyor yoki san’atkor bo‘lish uchun emotsional qo‘zg‘alish, tartibga solish, asabning
ma’lum darajada zo‘riqishini belgilab beradi. Temperamentning faollik darajasi va
harakatchanlik darajasi kabi xususiyatlari ta’limning muvaffaqiyatiga qarama-
qarshi ta’sir ko‘rsatadi. SHu bilan birga faoliyatning ba’zi turlarida temperament
xususiyatlaridan faqat ularning bajarilish jarayonining borishi emas, balki ma’lum
darajada natijasi ham bog‘liqdir.
203
Shaxs uchun xarakterli bo`lgan ayrim psixologik xususiyatlar asosida
kishining temperamenti qandayligi haqidagi tasavvur vujudga keladi. Temperament
tiplarining psixologik tavsifi quyidagi muhim xususiyatlar yordami bilan aniqlanishi
haqida mashhur psixolog V.S.Merlin temperamentning psixologik tastig`ini keltirib
o`tgan:
senzitivlik – tashqi ta’sirlarga ma’lum miqdordagi psixik javob berish kuchi;
reaktivlik – emotsional reaksiya kuchi, emotsionallik, ta’sirchanlik,
taassurotga berilish;
faollik – tashqi olamga ta’sir etish;
raktivlik va faollik munosabati;
ta’sirga javob tempi – psixik jarayonlar va ta’sirlar kechishi tezligi;
plastiklik – egiluvchanlik, beriluvchanlik;
rigidlik – interlik, xulq -atvor ikkiluvchanligi;
ekstravertlik - inson reaksiyasini tashqi ta’sirga bog`liqligi;
introvertlik – inson reaksiyasini ichki obrazlar, fikrlar o`tmish va kelajakka
bog`liqligi;
emotsional qo`zg`aluvchanlik – emotsional jarayonlarning kechishi va tashqi
ifodalanishi.
Yuqorida keltirilgan sifatlardan kelib chiqqan holda, temperament turlariga
psixologik xarakteristika quyidagi jadvalda berilgan:
203
David G. Mayers Psychology,© 2010 by Worth Publishers 498-b.
300
21-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |