Tasdiqlangan fan dasturiga muvofiq ishlab chiqildi



Download 10,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/458
Sana29.05.2022
Hajmi10,64 Mb.
#617246
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   458
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA UMK 2 KURS

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Hukm
Umumiy tushunchalarda
bir jinsda bo’lgan ko’p narsa va hodisalar 
gavdalantiriladi, masalan: kitob, maktab, yulduz, talaba, er va boshqalar. 
To’planma
 
tushunchalar
bir jinsda bo’lgan narsa va hodisalar to’plami 
haqida yaxlit fikr yuritiladigan tushunchadir. Masalan, paxtazor, kutubxona, yig’ilish 
va xokazolar. To’planma tushunchalarning bir qanchasi birdaniga tatbiq qilinganda
 
umumiy tuplanma tushunchalar bo’ladi. Masalan: Alisher Navoiy nomidagi 
Respublika Davlat kutubxonasi tushunchasi yakka to’planma tushunchasiga oiddir. 
Guruh, sinf, jamoa, xalq, olomon va boshqalar umumiy to’planma tushunchasiga 
misol bo’la oladi. 
Tushunchalar mohiyati hukmlarda yoritiladi, mavjud hukmlar asosida xulosa 
chiqariladi, yangi hukm hosil qilinadi, topilgan yangi belgilar, alomatlar 
tushunchalarni yanada boyitadi. 
Hukm -
 
narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki 
inkor qilib aytilgan fikrdir. Moddiy olamda haqiqatdan bog’liq bo’lmagan narsa 
hukmda bog’liq qilib ko’rsatilsa, bunday hukm
 
xato yoki yolgon hukm
deb ataladi. 
Chunki bu hukmda aks ettirilgan sifatlar (belgi va alomatlar) bu narsalarga aslo 
muvofiq kelmaydi. Masalan, «Atom - moddaning bo’linmas zarrachasidir» degan 
noto’g’ri hukmdir. 
Borliqdagi narsa, hodisa va voqelikning miqdoriga, ularning biror hukmda aks 
ettirilgan aloqa va munosabatlariga qarab hukm quyidagi turlarga bo’linishi mumkin: 
tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm; 
yakka, juz’iy, xususiy va umumiy hukm; 
shartli, ayiruvchi va qat’iy hukm; 
taxminiy hukm. 
Narsa bilan belgining aloqasi va bog’liqligi aks ettirilgan hukm tasdiqlovchi 
hukm deb ataladi. Masalan, «Alisher Navoiy buyuk o’zbek shoiri va mutafakkiridir» 
va x.k. Narsa bilan belgi o’rtasidagi biror bog’lanish yo’qligini aks ettiruvchi hukm
 
inkor hukm deb ataladi. Masalan: O’zbekistonda paxta ekilmaydi va boshq. 
Voqelikda ajratilgan narsa inkor qiluvchi hukmda fikran ajratilishi mumkin. 
Yakka (yolgiz) narsa va hodisa to’g’risidagi hukm
 
yakka hukm deb ataladi. Misol 
uchun: Alisher Navoiy nomli katta opera va balet teatri Respublika faxridir. 
Belgining biror turkumigagina taalluqli tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm
 
juz’iy 
hukm deb ataladi. Masalan: qarzdor talabalar sessiyaga qo’yilmaydi. Bir turkumdagi 
narsa va hodisalarning hammasi to’g’risida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan hukm
 
umumiy hukm deb ataladi. 
Hukmda narsa va hodisa belgisining borligini muayyan sharoitlarda tasdiqlab 
yoki inkor qilib aytilgan hukm
 
shartli hukm deb ataladi. Masalan: Agar talaba 
sessiyalarga qunt bilan puxta tayyorlansa, u «yaxshi» va «a’lo» baholar oladi. 
Hukmda narsa va hodisalarga bir necha belgi nisbatan berilib, shu belgilardan farq 
qilib, bittasi unga tegishli bo’lsa, bunday hukmga
 
ayiruvchi hukm deb ataladi. 
Masalan: er yuzasi fasllarning o’zgarishiga qarab goh qattiq isib ketadi, goh ilib 
qoladi, goho keskin soviydi. Narsa bilan belgi o’rtasidagi aloqaning bor yoki yo’qligi 
qat’iy shaklda aks ettirilsa,
 
qat’iy hukm deb ataladi. 
Narsa va hodisalar bilan ularning xususiyatlari o’rtasida aloqa bo’lishi 
ehtimoli faqat faraz qilinsa, u
 
ehtimollik hukmlari deyiladi, masalan: ehtimol, 


270 
Marsda organik hayot bordir. Narsa bilan xususiyat o’rtasidagi aloqani taxminan 
emas, balki haqiqatdan aniq bilganda
 
voqelik (assertorik) hukmlari deb ataladi, 
masalan: institutimiz kutubxonasida ko’p yangi kitoblar bor. 
Hukmning shunday yuqori shakli borki, unda faqat haqiqatda bo’lgan voqea 
qayd qilinmasdan, balki narsa bilan xususiyatning aloqasi qonuniy ekanligi aniqlab 
berilib,
 
zarurlik (apodiktik) hukmlari deb ataladi. Masalan, butun dunyoda tinchlik 
g’alaba qozonishi muqarrar. 

Download 10,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   458




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish