Tasdiqlangan fan dasturiga muvofiq ishlab chiqildi


shaxsning fazilatlari, xarakterologik xislatlari.  



Download 10,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/458
Sana29.05.2022
Hajmi10,64 Mb.
#617246
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   458
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA UMK 2 KURS

 
shaxsning fazilatlari, xarakterologik xislatlari. 

 
xissiy jabhalari va irodaviy sifatlari. 

 
insonning kognitiv va regulyativ imkoniyatlari. 

 
ehtiyoji, motivi, motivatsiyasi, motivirovkasi. 

 
kasbiy mayli, qiziqishi, layoqati. 

 
professiogramma talablariga mosligi, kasbiy yaroqligi. 

 
iqtidori (iste’dodi), qobiliyati, salohiyati. 

 
kasbiy bilimlari, ko‘nikmalari, malakalari, mahorati. 

 
umumiy saviyasi, dunyoqarashi, maslagi (e’tiqodi). 

 
salomatligi, jinsiy xususiyatlari, yoshi, izlanuvchanligi, ijodiy imkoniyatlari, 
innovatsiyaga nisbatan munosabati. 

 
ijtimoiy etukligi, tashkilotchilik qobiliyati. 

 
ekstrovertligi va introvertligi.

 
yuksak insoniy tuyg‘ularga (axloqiy, aqliy, nafosat, praksik) egaligi. 

 
fidoiylik, altruistik, vatanparvarli fazilatlari ustuvorligi va boshqalar. 
Yuqorida sanab o‘tilgan mezonlar bo‘yicha tekshirish ishlari bir nechta metodlar, 
metodikalar 
orqali 
ko‘p 
seriyali 
tajribalar 
negizida 
amalga 
oshiriladi. Buning uchun testlardan qobiliyatga, shaxsga ijodiyotga, xotiraga 
shaxslararo munosabatga (oid) maxsus ishlab chiqilgan materiallardan, maqsadli 
vaziyatlardan 
qiyinlashtirilgan 
topshiriqlardan, 
muammolardan 
psixologik 
treninglardan, psixodramalardan va boshqalardan foydalaniladi. 


192 
Olingan natijalar sifat va miqdor jihatdan tahlil qilingandan keyin muayyan 
xulosalar chiqariladi. Xulosalar asosida reorientatsiya sub’ekti roziligida ishga 
muhtoj shaxs taklif qilingan kasbga yo‘naltiriladi. Ish joyining masofasi, uning 
ekologiyasi, sangigienasi, maoshi, istiqboli, muammoli jihatlari yuzasidan 
mukammal fikr almashiniladi, toki shartnoma qonuniy hujjat ekanligi (qiymatiga)
zarar keltirmasin (ba’zan kelishuvdan voz kechish holatlari ham yuz berib 
turadi). 
Mavzuda o’zgarishlari paradigmalarni o’zgartiruvchi kashfiyotlar bilan 
bog’liq bo’lgan yoki texnologik rivojlanishlardan bu kabi o’zgarishlar kelib chiqqan 
texnologik fanlar; yoki tijorat va yuridik o’zgarishlarga javoban kasbiy amaliyotdagi 
o’zgarishlar kelib chiqadi ba’zi kasbga oid fanlar o’xshamasdan san’at va 
gumanitar fanlar madaniyat elementlarining doimiy o’zgarish sharoitida bo’lishi 
sababli muntazam o’zgarib turadi. Shunday qilib, ular ichki munozara, tortishuv, 
did va metodlarning qaytarilishi, kashfiyot yoki mukammal tadqiqot, siyosat va 
falsafa orqali o’zgaradi. Mavjud me’yorlarga qarshi chiquvchi, diskursiv faoliyat 
sohasiga turtki beriladi; yangi tarixiy nazariyalar, dalil va kashfiyotlar qilinarkan, 
o’zgacha va undovchi tarixiy qissalar kelgusida munozarada sinovdan o’tkazilib 
yangi yozuvchi va rassomlar paydo bo’larkan (yo kashf etilarkan) bu fanlar doimiy 
munozara va muhokamada bo’lib qoladi. Bu barcha fanlar talaba uchun ham 
o’qituvchi uchun ham bir xilda shu yo’sinda olib boriladi: ularning amaliyotida 
muhokama va dalil asosiy ekan, ular faol qatnashuvchi talabalarni talab etadi, 
ammo qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Ishning yangi sohalari doimo 
rivojlanuvchi, bu kabi dinamik sohalarda talabalarning mos ravishda qanday 
qo’llab-quvvatlanishini diqqat bilan ko’rib chiqilishi muhimdir.
133
Psixologik kuzatishlarning ko‘rsatishiga qaraganda, reorientatsiya kabi 
bosqichlardan tashkil topgan bo‘lib, ular qisqa fursatda o‘tishi bilan o‘zaro muayyan 
darajada tafovutlanadi. Jumladan, kasbiy maorif, kasbga yo‘llash, kasbga saralash, 
kasbiy moslashish tezkorlikda, mukammal o‘ziga xos xususiyatlari bilan 
tavsifdanadi. Ayniqsa, kasbiy moslashish davri o‘ziga xos tarzda kechadi, bir 
bosqich ikkinchisi bilan silliq uzviy bog‘lanib ketadi. Kasbning moddiy, iqtisodiy 
tomoni, ijtimoiy faollik, nufuzga egalik, ma’naviy ta’minlanganlik, ruhiy 
ko‘tarinkilik hissiyotining ustuvorligi) insonning qaytatdan ijtimoiy hayotdan o‘z 
o‘rnini topish imkonini yaratadi, uning umrini uzaytiradi, ruhiy imkoniyatlari, 
zahiralari, potensiyasi, rezervi ishga tushishiga puxta negiz hozirlaydi. 

Download 10,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   458




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish